Tayyorlov guruhida dekorativ rasm chizishga o‘rgatishning mazmuni va vazifalari. Yetti yoshdagi bolalarni dekorativ rasm so- lishga o‘rgatish vazifalari quyidagicha:
kompozitsiyalash hissini rivojlantirish: yassi va hajmli shakl- larda predmetning ahamiyatliligiga va belgilangan maqsadiga nisbatan naqshlarni tuzish;
ranglar hissini rivojlantirish: turli xildagi ranglardan, ularning nozik rang jilosi (ottenok)dan turli moslashuvlarda foydalanish (qizil-pushti rang; ko‘k-moviy rang; yashil-och yashil rang; qora-kulrang);
xalq dekorativ naqshlari turli ko‘rinishlarining ahamiyati- ni ko‘ra olishni o‘rgatish; rasmlarda xalq naqshining alohida ele- mentlaridan foydalanish;
qalam va bo‘yoqlar bilan chizish texnik koiiikmalarini tako- millashtirish.
Maktabga tayyorlov guruhiga yumaloq to‘g‘ri burchakli shakl- larda naqsh chizishning asosiy prinsiplari bilan tanish bo‘lgan bolalar keladi. Ularga yangi shakllar — to‘g‘ri to‘rtburchak va ko‘p- burchak hamda turli xildagi yassi shaklli predmetlar — vazalar, ko‘za (kuvshin)lar, piyola (chashka)lar, qo‘lqoplar, qalpoqlar va hokazolar tavsiya qilinadi. Bu predmetlar to‘g‘ri geometrik shakl- ga ega emas, va ularda naqsh chizish turli prinsiplardan foydala- nishni talab qiladi. (Masalan, ko‘zacha bo'ynining chetiga chiziqli ornament (naqsh) chizilsa, yumaloq qismiga esa markazda chizila- digan naqshdan foydalaniladi). Undan tashqari, simmetriya haqidagi tushuncha ham murakkablashadi. Bir xil shaklni chap va o‘ng tomonga joylashtirishdan tashqari, bolalar ko‘zgusimon aks bilan tanishadilar (Zerkalnoe otrajenie); ko‘zgusimon aksda naqshning qismlari o‘z o‘rnini o‘zgartiradi. Undan so‘ng bolalar to‘rsimon bezak prinsipi asosida bir turdagi naqsh bilan elementlarni shax- inat ketma-ketligida qaytarib, galma-gal chizish bilan butun shaklni to‘ldirish usulini egallaydilar. Bolalar matolar uchun, qo‘g‘irchoqning ko‘ylagi uchun turli naqshlarni chizadilar. Tayyorlov guruhida bolalar faqat bo‘yoqdan emas, balki rangli qalamlardan ham foydalanishni o‘rganadilar. Kichikroq guruhlarda rangli qalamlardan faqat mazmunli rasm mashg'ulotlarida foyda- lanilar edi, chunki bolalar qalam bilan kerakli ranglarni me’yoriga yetkaza olmasdilar; bu esa dekorativ rasmda juda katta ahamiyatga rga. Ozoda, bir tekisda yorqin shtrixlash kabi texnik qiyinchiliklar ko'pgina diqqatlarini va kuchlarini olib qo‘yar edi. Tayyorlov guruhlardagi bolalarda maium ko‘nikmalar mavjud boiib, ular qalaning turli rang jilolarini hosil qila oladilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |