1-mavzu: “Matematika o’qitish metodikasi” fanining predmeti. Matematika o’qitishni tashkil etish formalari


Konkretlashtirish metodi O’rganilayotgan obyektdagi narsalarning xossalarini bir tomonlama xususiy holda fikrlash konkretlashtirish deyiladi


Download 10.94 Kb.
bet4/5
Sana19.06.2023
Hajmi10.94 Kb.
#1618682
1   2   3   4   5
Bog'liq
1-mavzu “Matematika o’qitish metodikasi” fanining predmeti. Mat-fayllar.org

Konkretlashtirish metodi O’rganilayotgan obyektdagi narsalarning xossalarini bir tomonlama xususiy holda fikrlash konkretlashtirish deyiladi. 1-misol. — bu formulani konkret hollar uchun quyidagicha qo’llash mumkin: 2-misol. Bizga ma’lumki, kosinuslar teoremasini formula bilan ifodalaymiz: Agar C = 90° bo’lsa, cos90°=0, u holda Pifagor teoremasi kelib chiqadi.

Induksiya va deduksiya. Induksiya yo’li bilan chiqarilgan xulosani matematik induksiya deb atalgan usul yordamida qilingan isbot bilan aralashtirish yaramaydi, bu usul esa quyidagidan iborat: «Agar fikrimiz birinchi hol uchun to’g’ri bo’lib, uning n- hol uchun ham to’g’ri degan farazdan keyin, n+1 - hol uchun ham to’g’riligi shubhasiz kelib chiqsa, bu fikr istalgan hol uchun ham to’g’ri bo’ladi ». Matematik induksiya metodining tadbiq etilishiga misol keltiramiz. Progressiyaning ta’rifiga (istalgan bir hadi bilan undan oldingi hadi orasidagi ayirma o’zgarmas bo’lgan ketma-ketlik ekaniga) suyanib, arifmetik progressiyaning 2-,3- va 4- hadlari uchun tegishli iborani yozish juda oson:

Klassifikatsiyalash metodi Ta’rif. Jins tushunchalaridan tur tushunchalariga o’tish klassifikatsiyalash deyiladi. Klassifikatsiyalash jarayonida o'quvchilar (muhim yoki o'xshash) belgiga asoslangan holda, ularni bir sinfga birlashtirishga harakatqiladilar, ya’ni ularni o ‘xshash, umumiy va farqli tomonlarini qarabbir-biridan ajratadilar, buning natijasida ular tushunchalarni klassifikatsiya qiladilar.

Taqqoslash va analogiya. Analogiya so’zi «analog» atamasidan olingan bo’lib o’xshatish, o’xshash ma’nosini anglatadi. Matematika fanida ham analogik ravishda tushunchalarning o’xshash va o’xshamasligini, xossalarini o’xshashligiga qarab endi o’rganilmoqchi bo’lgan xossalarini o’rgatish mumkin. Masalan, differensial geometriyada qandaydir egri chiziqni o’rganmoqchi bo’lsak, u murakkab chiziq bo’lsa uning yopishma chizig’ini bilgan holda analogiyani qo’llab murakkab chiziqni ham o’rganish mumkin.


Download 10.94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling