Geometriyadan esa figuralarning o’xshashligiga asoslanib bu figuralarning yuza va hajmlarini, metrika munosabatlarini tomonlari orqali ifodalash qonuniyatlarini o’rganamiz. Xuddi shuningdek taqqoslash ham ilmiy bilish uslubining asosiy uslubi hisoblanib, katta, kichik yoki tengligiga qarab taqqoslash yordamida bu tushunchani to’la o’rganish mumkin. Ammo bir xil jinsdagi tushunchalargina taqqoslanadi. Analogiya va taqqoslash yordamida biz o’rganilayotgan matematik tushunchaning umumiy tomonlarini va xususiy tomonlarini o’rganishimiz mumkin. Bu esa matematika fanini tushunishga, umumiy qoidalar chiqarishga va o’xshamaydigan tomonlarini farqlashga asos bo’lar ekan.
http://fayllar.org
Do'stlaringiz bilan baham: |