1-mavzu: Maxsus ta’limning hozirgi zamon tizimi Reja


Ruxiy rivojlanishi sustlashgan bolalar


Download 270.99 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/6
Sana10.11.2023
Hajmi270.99 Kb.
#1760760
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
1-mavzu Maxsus ta’limning hozirgi zamon tizimi Reja

Ruxiy rivojlanishi sustlashgan bolalar 


Ulgurmovchi о‗quvchilar orasida ruxiy rivojlanishi sustlashgan bolalar kam 
uchrab turadi. Ularning bilish faoliyati-intellekti mantiqiy tafakkur, idroki, xotirasi, 
ixtiyoriy diqqati, ish qobiliyati va boshqa xislatlariga birinchi о‗rinda markaziy 
nerv sistemasining kasalliklari natijasida ruxiy rivojlanishi sustlashadi. Bunday 
bolalarda xissiyot, iroda sferasidagi kamchiliklar birlamchi, aqliy zaiflik esa 
ikkilamchi xodisa bо‗lib xisoblanadi. 
T.A. Vlasova, M.S. Pevzner, V.I. Lubovskiy, T.V. Yegorova, K.S. 
Lebedinskaya, N.A. Nikashina, K.K. Mamedov, B.V. Shoumarov, N.A. Spina, 
R.D. Triger va boshqa olimlarning malumotlariga kо‗ra boshlang‗ich sinf 
о‗quvchilarining 5,8 foizini ana shunday bolalar tashkil etadi. Ruxiy rivojlanishi 
sustlashgan bolalar aqliy darajasi jihatidan asosan ikki Guruhga bо‗linadi: 1. 
Yengil nuqsoni bor bolalar –bular maxsus sharoitda 1-3 yil talim – tarbiya 
olganlaridan keyin о‗qishni ommaviy maktabning tegishli sinfda davom ettirishi 
mumkin. 2. Ruxiy rivojlanishida sezilarli darajada orqada qolgan bolalar – bular 
maktabni bitirguniga qadar maxsus sharoitda о‗qitilishi kerak. Bunday bolalar 
maktab dasturini sog‗lom tengdoshlari qatorida о‗zlashtira olmaydi. Ruxiy 
rivojlanishi sustlashgan bolalarni ommaviy maktabda hamma qatori о‗qishi talim 
jarayoniga ham salbiy tasir kо‗rsatadi, yani о‗rtacha о‗quvchining saviyasini 
orqaga tortadi, yaxshi va alo о‗zlashtiruvchi о‗quvchilarni yetarli darajada 
о‗stirishga tо‗sqinlik qiladi. Dastur materiallarini yaxshi о‗zlashtira olmaganligi 
tufayli ruxiy rivojlanishi sustlashgan bolalar doim muvaffaqiyatsizliklarga 
uchrayveradi, bu narsa ularning xulq - atvorida aksariyat turli salbiy xislatlar 
yuzaga kegishiga sabab bо‗ladi.
Olimlardan K.S. Lebedinskaya, G.P. Berton, YE.M. Dunayeva, va boshqalar 
ruxan sust rivojlanganlikni klinik-psixologik jihatidan quyidagi xillarga bо‗lishni 
tafsiya etadilar: 1) konsitusional shakli; 2) somatogen shakli; 3) psixogen shakli; 4) 
serebral shakli.
Ruxan rivojlanish kamchiliklarining ba‘zi bir shakllarida, bolalarni vaqti vaqti 
bilan maxsus psixonevrologik sanatoriyalarda davolash foydalidir. Sanatoriyada 
bola kollektiv ishiga asta-sekinlik bilan jalb etiladi. Unda charchash alomatlari 
paydo bо‗lganda, u о‗quv mashxulotlaridan vaqtincha ozod etiladi yoki unga 
soddaroq vazifalar beriladi. Sanatoriyadan davolanib qaytganlaridan sо‗ng, bola 
о‗qishni о‗z maktabida davom ettiradi. 
RRS bolalar uchun mamlakatimizda maxsus maktabgacha tarbiya 
muassasalari, maktab – internatlar, maktablarda kuni uzaytirilgan sinflar joriy 
etilgan. Ushbu muassasalarda ta‘lim umum о‗rta ta‘lim maktablari va 
bog‗chalarining dasturlari asosida olib borilib, ximoyalaydigan muloyim 
davolovchi maxsus tartib tashkil etadi. Ta‘lim – tarbiyaviy ishlar bolalarning 
fkirlash qobiliyati diqqati, ish qobiliyati, xotirasi, nutqi va tafakkuridagi 
kamchiliklarni bartaraf etishga qaratilgan bо‗lib, bunday bolalarga bilim berishda 
о‗qituvchi uning о‗ziga xos individual xsusiyatlarini etiborga olgan xolda maxsus 
sharoitda, maxsus usullar bilan ishlaydi, tegishli yordam tashkil etadi. 
О‗z vaqtida va tо‗g‗ri tashkil etilgan yordam tufayli ushbu toifadagi aloxida 
yordamga muxtoj bolalar keyinchalik yaxshi rivojlanib ketib, maktabni bitirgach 
oliy о‗quv yurtlarida ham muvaffaqiyatli ta‘lim oladilar. 



Download 270.99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling