1-mavzu: Maxsus ta’limning hozirgi zamon tizimi Reja
Download 270.99 Kb. Pdf ko'rish
|
1-mavzu Maxsus ta’limning hozirgi zamon tizimi Reja
Nutq nuqsonlari
Nutq nuqsoni logopediya fanida muayyan tilning meyorlaridan chetga chiqishi deb ta‘riflanadi. Nutq nuqsonlari quyidagicha xarakterlanadi: 1. Nutq nuqsoni о‗z-о‗zidan barham topmaydi, balki vaqt о‗tgan sari yanada mustahkamlanib boradi. 2. Nutq nuqsoni gapiruvchining yoshiga mos kelmaydi 3. Nutq nuqsonlari bо‗lgan kishilar logopedik yordamga muxtoj bо‗ladi. 4. Og‗ir nutq nuqsoni kishining nafaqat nutqiga, balki umumiy rivojlanishiga ham salbiy ta‘sir kо‗rsatadi. Alohida yordamga muhtoj anomal bolalar toifalari- Bolaning xoh ona qornida, xoh tugilganidan keyin rivojlanib borishi uchun zarur bо‗lgan ma‘lum shartsharoitlarning buzilishi turli xil anomaliyalarga, ya‘ni jismoniy yoki psixik nuqsonlar, kamchiliklarga olib kelishi mumkin. Inklyuziv ta‘lim ijtimoiy adabtatsiya, reablitatsiya ishlari- Inklyuziv ta‘lim bu maxsus yordamga muhtoj bolalar va yoshlar uchun individuallashgan va sharoitga qarab о‗zgaruvchan, g‗amxо‗rlik bilan yondasha oladigan ta‘lim tizimidir. Ushbu ishlar oddiy, sog‗lom bolalar о‗quv muassasalarida amalga oshiriladi. Inklyuziv jalb etish (vklyucheniye) degan ma‘noni anglatadi, ya‘ni jismoniy yoki Psixik rivojlanishida nuqsoni bor bolalarni sog‗lom tengdoshlari bilan о‗zaro bog‗lanib, birgaliqda ta‘lim olishidir. Rivojlangan mamlakatlarda "Maxsus ta‘lim zaruriyati" nomli xujjatga javoban SVR —Reabilitatsiya tashkiloti tashkil etildi. Tashkilot nogironlar jamiyati, nogironlar oilalari, Sog‗liqni saqlash vazirligi, Ijtimoiy ta‘minot vazirligi hamda kasaba uyushmalarining vakillarini о‗z ichiga qamrab olgan. Uning asosiy maqsadi — jismoniy yoki psixik rivojlanishida nuqsoni bо‗lgan bolalarni himoyalash, huquqlarini tiklash, vakolat berish, ta‘limtarbiya tizimini shakllantirish, jamiyat va rahbariyat diqqatini bu narsaga jalb etishdir. Shaxs, ta‘lim xizmatlarining ishlab chiqaruvchisi sifatida bilim va tajribani magistrga tushuntirishda, moddiy ishlab chiqarish muxiti sharoitida, shuningdek, fan, madaniyat va xizmatlar kursatish soxalarida xam faol ishtirok etadi. Shu sababli, ta‘limning belgilangan vazifalaridan biri magistrlarni yukori saviyada о‗qitishni ta‘minlash va malakali kadrlarni zamonaviy ta‘lim dasturlari asosida о‗qitishdan iborat. Ta‘lim muassasasi usib kelayotgan shaxsni о‗qitish jarayonida ularga bulajak mutaxassisliklari bо‗yicha ta‘lim olish sharoitlarini yaratadi. Magistrlarning pedagogik va psixologik bilimga bulgan extiyojlari va kobiliyatlarini shakllantirish xamda rivojlantirishning bosh maksadga yunaltirilgan bulishi professor о‗qituvchi faoliyatining ma‘suliyatini oshiradi. Oliy ta‘lim muassasasi о‗qituvchisining malakasi maxsus va pedagogik fanlarni urganish natijasida vujudga keladigan ikki kirraga ega bulishi lozim va doimo: ―Nima uchun о‗qitish kerak?‖, ―Kdnday о‗qitish kerak?‖ degan savollarga javob izlashi, topishi, shuningdek, ta‘lim-tarbiya xususiyatlari e‘tiborga olingan maxsus bilimlarga asoslangan bulishi lozim. Oliy ta‘lim muassasalarida, defektologiya, logopedagogi mutaxassisligi bо‗yicha ta‘lim olayotgan magistrlarga muljallangan zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida tashkil etiladigan interfaol darslarni utishda ijodiy foydalanish mumkin bulgan takdimot materiallari keltirilgan Pedagog - olimlarning pedagogik tajribasi davomida oliy pedagogik ta‘lim tizimida: Nega о‗qitamiz? Nimani о‗qitamiz? Kanday о‗qitamiz? savollariga javob izlash bilan bir qatorda, kanday qilib samarali va natijali о‗qitish mumkin? - degan savoliga xam javob kidirdilar. Bu esa, professor о‗qituvchilarni о‗quv jarayonini texnologiyalashtirishga, ya‘ni о‗qitishni ishlab chiqarishga oid anik kafolatlangan natija beradigan texnologik jarayonga aylantirishga urinib kuriit mumkin, degan fikrga olib keldi. Bunday fikrning tugilishi pedagogika fanida yangi pedagogik texnologiyalar yunalishshini yuzaga keltirdi. Xozirgi davrda oliy pedagogik ta‘lim muassasalarining о‗quv- tarbiyaviy jarayonida yangi pedagogik texnologiyalardan foydalanishga aloxida e‘tibor berilayotganining asosiy sababi kuyidagilardir: Birinchidan, yangi pedagogik texnologiyalarda shaxsni rivojlantiruvchi ta‘limni amalga oshirish va bulajak pedagog mutaxassislarni tayyorlash imkoniyatining kengligida. Shuning uchun xam ―Ta‘lim tо‗g‗risida‖gi Qonun va ―Kadrlar tayyorlash milliy dasturi‖da oliy pedagogik ta‘limni takomillashtirish masalasiga aloxida e‘tibor karatilgan. Ikkinchidan, yangi pedagogik texnologiyalar oliy pedagogik ta‘limdagi о‗quv-tarbiya jarayoniga tizimli yondashuvni chukur joriy etish imkoniyatini beradi. Uchinchidan, yangi pedagogik texnologiya professor о‗qituvchilarni ta‘lim- tarbiya jarayonining maksadlaridan boshlab, tashxis tizimini tuzittt va bu jarayon kechishini nazorat qilishgacha bulgan texnologik zanjirni oldindan loyixalashtirib olishga undaydi. Turtinchidan, yangi pedagogik texnologiya zamonaviy ta‘lim vositalari va axborot usullarini о‗quv jarayonida kullashga asoslanganligi sababli, ulardan samarali foydalanish ―Kadrlar tayyorlash milliy dasturi‖ talablarini amalga oshirishni ta‘minlaydi. О‗quv-tarbiya jarayonida pedagogik texnologiyalarning о‗quv jarayoniga keng joriy etilishi о‗qituvchining bu jarayonda asosiy tashkilotchi yoki maslaxatchi sifatida faoliyat yuritishini talab kiladi. Bu esa magistrdan о‗quv materiallarini uzlashtirishda kuprok mustaqil fikrlashni, ijodiy yondashuvni va irodaviy sifatlarni talab etadi. Maxsus maktab va maxsus maktabgacha ta‘lim muassasalarida tarbiyalanuvchi har bir bolani zamon talabi asosida har tomonlama shakllangan shaxs bо‗lib, jamiyat ishlarida faol qatnashishida nutqning tо‗g‗ri rivojlanishi juda katta ahamiyatga ega. Hozirgi davrda ta‘lim sohasida eng muhim vazifalar eskirgan tamoyillar va bir qolipdagi о‗qitish metodlaridan voz kechib, zamon talablariga javob beradigan yangi yо‗nalishlarni izlashni taqozo etmoqda. О‗qitishning eng samarali yо‗li - mashg‗ulotlarda о‗quvchilarning haqiqatni bilishga, fikrlashga, erkin muloqotga, hamkorlikka intilishidir. Darslarda bu ruh bо‗lmasa, bunday mashg‗ulotlar jonsiz, zerikarli va samarasiz bо‗ladi. Zamonaviy ta‘limni tashkil etishga qо‗yiladigan muhim talablardan biri ortiqcha ruhiy va jismoniy kuch sarf etmay, qisqa vaqt ichida yuksak natijalarga erishishdir. Qisqa vaqt orasida muayyan nazariy bilimlarni о‗quvchilarga yetkazib berish, ularda ma‘lum faoliyat yuzasidan kо‗nikma va malakalarni hosil qilish, ular tomonidan egallangan bilim, kо‗nikma hamda malakalar darajasini baholash о‗qituvchidan yuksak pedagogik mahorat hamda ta‘lim jarayoniga nisbatan texnologik yondashuvni talab etadi. Ta‘lim jarayonida о‗qituvchi о‗quvchi shaxsiga mos metodlarni qо‗llay olmasa, о‗quvchi shaxsini о‗zgartirish uchun sharoit yaratilmasa, uning tarbiyasida chekinish yuz beradi Ayni paytda о‗qituvchi oldida mas‘uliyatli va mashaqqatli vazifa – о‗quvchilarni erkin fikrlashga о‗rgatish hamda ijodiy fikrlashni shakllantirish turibdi. Innovatsiya biror yangi narsani, yangi tartib qoidani kiritishni anglatadi. Yangilik kо‗pincha yangi metodlar, vositalar, yangi konsepsiyalar, yangi о‗quv dasturlari kiritishni hamda qо‗llanishga xosdir. Innovatsiyaning turli ta‘riflari mavjud: innovatsiya (lotincha inovatis)-bu yangilik, yangi tartib qoida, о‗zgarish degan ma‘noni anglatadi. Yangilik va о‗zgarish? Yunesko hujjatlaridan birida «... Yangilik albatta yangi bо‗lishi shart emas, biroq u albatta nimasi bilandir yaxshiroq va о‗z-о‗zidan namoyon etilishi mumkin bо‗ladi»-deb kо‗rsatilgan. Innovatsion muammolari bilan bog‗liq bir qator tadqiqotlarda о‗zgarishlar yangilik bо‗lishi, biroq har doim butunlay yangi g‗oyalar yoki shakllar bо‗lmaslik mumkinligi faraz qilinadi. Shunday qilib, innovatsiya tushunchasi orqali о‗quv - tarbiya jarayonini yaxshilash va takomillashtirishga yо‗naltirilgan didaktik, metodik, tashkiliy-texnik о‗zgarishlarni tushunamiz. Pedagogikada innovatsion muammolarni hal etishda о‗qituvchining ijodiy faoliyati eng dolzarb muammo bо‗lib qolmoqda. (yeng zarur pedagogik texnikani egallash, tarkibiy qismlari). Shu boisdan о‗qituvchi mahoratiga kо‗p narsa bog‗liqligi uning pedagogik tizimda tutgan о‗rni haqida batafsil tо‗xtalamiz. 1. О‗qituvchi davlat buyurtmasiga mos keladigan ta‘lim-tarbiya maqsadini aniq va ravshan belgilashi kerakki, natijada ma‘lum vaqt ichida unga erishish uchun ta‘minlaydigan didaktik jarayonni tuzish va joriy etish tо‗g‗risida xulosa qilish mumkin bо‗lsin. 2. О‗qituvchi pedagogik tizimida belgilangan maqsadga tо‗g‗ri keladigan о‗quv-tarbiyaviy jarayon mazmunini о‗quv dasturi bо‗yicha chuqur egallashi, muntazam ravishda о‗z pedagogik mahoratini ilmiy-texnikaviy taraqqiyot talablariga mos xolda mustaqil ravishda kengaytirib borishi zarur. 3. О‗qituvchi pedagogik tizimning tarkibiy elementi sifatida didaktik jarayonni amalga oshirish bilan tanish bо‗lishi kerak: bu-jadallashtirish va tabiatan monandlik talabidir. Jadallashtirish didaktik masalalarni ma‘lum vaqt doirasida birmuncha tez va yuqori saviyada hal eta oladigan didaktik jarayonni qо‗llashni talab etadi. Ta‘lim va tarbiyaga bu talabni aniqlab beruvchi omil - talablarning ma‘lum faoliyatini о‗zlashtirish tezligi hisoblanadi. Ikkinchisi о‗quv-tarbiyaviy jarayonni shunday tashkil etishga asoslanganki, bunda mumkin qadar magistrlarning keng doirada tajriba egallashiga imkon tug‗diradigan va ularning aqliy malakasini rivojlantira oladigan mexanizmi vujudga kelsin! Bu talabni aniqlab beruvchi omillar: magistrlarning о‗qishga bо‗lgan xoxishi, о‗quv mehnatiga munosabati. 4. О‗qituvchi didaktik jarayonni amalga oshirishga о‗qitishning samarali shakllaridan foydalana olishi kerak. О‗qitishning tashkiliy shakllari tо‗g‗ri tanlanishi pedagogik tizim elementlarining ma‘lum qonuniyat asosida bir-birlari bilan bog‗liq ekanligini bildiradi. Bu bog‗lanishlardan foydalanish va eng maqbul bо‗lgan tashkiliy shakllar topish ta‘limda rasmiyatchilikni yо‗qotishga yо‗l ochadi. 5. О‗qituvchi pedagogik tizimning ishtirokchisi bо‗lgan magistrning ta‘lim mazmuni va tarbiya ta‘sirini qay darajada egallayotganligini eng maqbul usullar yordamida doimo nazorat qilib borishi lozim. Bu tо‗g‗rida olingan axborotlar esa pedagogik tizimni maqsadga muvofiq tarzda boshqalar imkoniyatini beradi yoki tizimdagi qaysi elementning mazmuniga tuzatish kiritish kerak ekanligini aniqlaydi. Shunday qilib, pedagogikaga xos bо‗lgan texnologik jarayonni amaliyotga tadbiq qilishdan pedagog mahoratining ta‘zi qirralari tо‗g‗risida tо‗xtaldik. Ptning ilmiy xarakterga ega ekanligiga e‘tiboran qaratgan holda, uning amaliy yо‗nalishga xosligini, uni aniq masalalarni hal qilishda qо‗llash mumkinligini e‘tirof etish kerak. Pedagogik texnologiyalar asosida tashkil etilgan darslar tashkiliy usullari, о‗tkazish metodlariga kо‗ra nutqida kamchiligi bо‗lgan bola ehtiyojiga mos tushishi kerak. Chunki bunday darslar bola ruhiyatiga yaqinroq bо‗ladi. О‗quvchilarning о‗quv materiallarini о‗zlashtirishga bо‗lgan qiziqish, xohish va istaklarini qо‗zg‗atish asosida maqsadga erishish motivasiya bо‗lib, bu о‗qituvchi va о‗quvchilarning о‗zaro ichki yaqinlashuvidir. Bolalarni logopedik о‗qitishda ichki imkoniyatlarini ishga solish, u yoki bu bilimni olishga undash va qiziqishlarni uyg‗otish demakdir. Ammo bu jarayon nutqida kamchiligi bо‗lgan bolalarda qiyinchilik bilan kechadi, kо‗rishida nuqsoni bor bolalarda esa jismoniy kamchiliklari xalaqit beradi. Bolalarni logopedik о‗qitishda nutqida kamchiligi bо‗lgan bolalar faolligi oshib boradi va uni quyidagi omillar ta‘minlaydi: - О‗quv materialini ongli ravishla о‗zlashtirib olishga tayyorligi; - Mustaqil faoliyat yuritishga tayyorligi; - Faoliyatni yuritishga tayyorligi; - О‗zining shaxsiy darajasini oshirishga moyilligi; О‗quv jarayonining samarali kechishida nutqida kamchiligi bо‗lgan bolalarning mustaqil faoliyat yuritishi dars samaradorligini ta‘minlaydidi. Quyidagi motivlar darsda о‗quvchi faolligini oshiradi: - О‗z fikrini himoya etish; - Munozara, muhokamada faol faol ishtirok etish; - О‗rtoqlari javoblariga tanqidiy qaray olish javoblariga tanqidiy qaray olish; - Qoloq, о‗zlashtirishi qiyin, bо‗sh о‗quvchilarga yordam berish; - О‗ziga ijodiy faoliyat nazoratidan topshiriqlarni tanlay olish; - О‗z qiziqishlari asosida mustaqil mashq, masalalar echish. О‗qituvchining о‗z ishiga fidoyiligi, о‗quv materialida yangiliklarning mavjudligi, zamonaviy darslarni tashkil etishi, dars shakllarini yangilash, ommalashtirib borish, muammoli, evristik, komnyuterli darslarni tashkil etish, darslarda multimedia tizimidan foydalanish, о‗zaro bir-birini о‗qituvni yо‗lga qо‗yish. olgan bilim va kо‗nikmalari yuzasidan test-sinovlarini «tashkil etish, musobaqalar tashkil etish, pedagogik takt va о‗qituvchining mahorati, о‗qituvchining о‗z о‗quv predmetiga munosabati, bolaga dо‗stona munosabatda bо‗lish о‗quvchilarning darsga qiziqishlarini oshirishdagi asosiy motivlardir. Yuqoridagi omillar о‗quvchining о‗quv mehnatiga bо‗lgan ijobiy munosabatini shakllantiradi va о‗z navbatida, dars samaradorligini oshirib о‗zlashtirishni kafolatlaydi. Xulosa qilib aytganda, bolalarni logopedik о‗qitishda о‗quvchining faol ishtiroki darsning samarali kechishga yordam beradi. Maxsus ta‘lim jarayonida yoshlarni о‗qish va о‗qitishga bо‗lgan qiziqishlarini shakllantirishda ta‘lim texnologiyalaridan bо‗lgan о‗yin usullaridan foydalanish ham muhim ahamiyatga egadir. Pedagogik о‗yinlarni ta‘lim jarayoniga tatbiq etishda ular fanning maqsadi, vazifasi va xususiyatiga qarab tanlab olinadi. Pedagogik о‗yinlar quyidagi asosiy yо‗nalishlarda bо‗lishi mumkin: a) didaktik maqsad о‗yinli vazifa shaklida qо‗yiladi; b) о‗quv faoliyati о‗yin qoidalariga bо‗ysunadi; v) о‗quv materialidan о‗yin vositasi sifatida foyodalaniladi; g) о‗quv jarayoniga qо‗yilgan didaktik vazifaga о‗yinga aylantirilgan tarzdagi musobaqalashtirish unsurlari kiritiladi. Bu didaktik vazifaning muvaffaqiyatli bajarilishi о‗yin natijalari bilan bog‗lanadi Pedagogik о‗yinlar faoliyat turlari, pedagogik jarayon xarakteri, о‗yin metodikasi, soha xususiyati, о‗yin muhiti kabi omillar bо‗yicha tasnif qilingan. Bunda didaktik maqsadlar quyidagicha qо‗yilishi ham mumkin: pedagogik о‗yinli mashg‗ulotlar orqali bilimlar tizimini mustahkamlash; pedagogik о‗yinli mashg‗ulotlarni ishlab chiqish va ularni amalga oshirish bо‗yicha uslubiy malakalarni shakllantirish; pedagogik о‗yinli mashg‗ulotlarni ishlab chiqish borasida tajriba almashish; guruh bо‗lib qarorlar qabul qilish malakasini takomillashtirish. har xil masalalarni tashkil qilish. Masalan, tarbiyalanuvchilarni ijodiy fikrlashga о‗rgatish; pedagogik о‗yinli mashg‗ulotlarni amalda qо‗llash bо‗yicha kо‗rsatmalar berish; odamlar bilan о‗zaro aloqada bо‗lish jarayonida о‗zini tuta bilish kо‗nikmalarini shakllantirish. Pedagogik mashg‗ulotlarni ishlab chiqishda quyidagilar e‘tiborga olinadi: о‗yinli mashg‗ulotlarning pedagogik faoliyatni shakllantirishi; ishlab chikuvchi tomonidan о‗yinlarni yaratish usullarini namoyish etish. Pedagogik о‗yinli mashg‗ulotlar hozirgi kundagi о‗quv- tarbiyaviy jarayonga quyidagi yangi sifatlarni olib kiradi: о‗quv jarayonini namoyon etuvchi taqlidli modelning, ya‘ni о‗quv materialining mazmunini; о‗rgatuvchi о‗yinli modelda bо‗lg‗usi kasbiy faoliyat shakli va vazifalari bо‗limlarini; ta‘lim va tarbiya berish jarayonining birligini faoliyatni logoped tomonidan tashkil etilishi va boshqarilishi mashg‗ulotlardan keng miqyosda foydalanishni. Pedagogik о‗yinli mashg‗ulotlarning an‘anaviy usullardan sifat jihatidan farqi shundaki, bunda о‗quv jarayoni nutqida kamchiligi bо‗lgan bolalarning birgalikda bor muammoni yechishga kelishi natijasida kasbiy faoliyat qonuniyati hosil bо‗ladi, lekin bu kasbiy faoliyat va kasbiy tafakkur harakatlari didaktik asoslangan, uslubiy tomondan ta‘minlangan va xujjatlar bilan isbotlangan bо‗lishi kerak Buni shunday amalga oshirish kerakki, pedagogik о‗yinli mashg‗ulotlarda qatnashuvchilar shu davrgacha egallagan jami bilimlarini namoyon eta bilsin. Ta‘lim mazmunini xalqimizning milliy qadriyatlari, tarixiy obidalari xususidagi ma‘lumotlar bilan boyitish, ilg‗or pedagogik texnologiya va axborotlarni kiritish kabi bir qator chora-tadbirlarnn bosqichma-bosqich amalga oshirish davr talabi ekanligi davlatimiz tomonidan aniq belgilandi. О‗tgan qisqa vaqt mobaynida mamlakatimizning barcha jabhalarida ta‘lim islohotlari izchil va tezlik bilan amalga oshirilib, kо‗plab ijobiy natijalarga erishildi. Bu о‗rinda jamiyatimizning bir qismi bо‗lgan ijtimoiy himoyaga muhtoj imkoniyati cheklangan bolalarni ta‘lim-tarbiya olishi uchun qulayliklar yaratish davlatimizning alohida e‘tiborida bо‗lib kelmoqda. «Ta‘lim tо‗g‗risida»gi Qonunning 23-moddasiga binoan psixik va jismoniy muammolari bо‗lgan bolalar va о‗smirlarni ta‘lim olishi va sog‗ligini muhofaza qilish uchun qulay shart-sharoit yaratish maqsadida maxsus ta‘lim muassasalari tashkil qilingan. Hozirgi kunda Respublikamizda alohida yordamga muhtoj bolalar va о‗smirlar ta‘limi, ularning nuqson turlari va uning darajalarini inobatga olgan holda maxsus ta‘limning 8 yо‗nalishi (aqli zaif, ruhiy rivojlanishi sustlashgan, nutqida, kо‗rishida va eshitishida nuqsoni bо‗lgan bolalar) bо‗yicha korreksion ta‘lim tashkil etilgan. Maxsus ta‘lim tizimi va mazmunini takomillashtirish, moddiy- texnik bazasini rivojlantirish, maxsus ta‘lim jarayonida yangi pedagogik texnologiya, axborot vositalarini qо‗llash, о‗quv-metodik asoslarini yaratish, dastur va darsliklar bilan ta‘minlash borasida keng qamrovli ishlar olib borilmoqda. Qonunchilik tomonidan ma‘lum toifadagi bolalar uchun о‗rta maxsus, kasb-hunar va oliy о‗quv yurtlariga о‗qishga kirishda imtiyozlar belgilangan. Shuningdek xalqaro miqyosda ta‘lim islohotini demokratlashtirish va diskriminatsiyaga qarshi kurashish natijasida jamiyatning dunyoharashi о‗zgarib, har xil toifadagi kishilar orasida yangicha yondashuv, о‗zaro hurmat, ijobiy munosabat shakllandi. Maxsus ta‘lim sohasining rivojlanishini qayta kо‗rib chiqish siyosati amalga oshirila boshlandi. Keyingi 10-15 yil davomida О‗zbekistonda imkoniyati cheklangan bolalarni umumta‘lim tizimiga kiritish integratsiya usulida о‗qitish, tarbiyalash masalasi ham amalga oshirib kelinmoqda. О‗zbekistonda ta‘lim islohotlarining ustuvor yо‗nalishi barcha sog‗lom bolalar qatori imkoniyati cheklangan bolalar ta‘limiga demokratii yondashuv asosida tarbiyalash, ta‘lim berish, ijodiy qobiliyatini rivojlantirishga optimal darajada sharoit yaratish, kasbiy maxoratini rivojlantirish, shuningdek iqtidorini ruyobga chiqarishdan iborat. Vigotskiyning muhit va shaxsning uyg‗unligi tо‗g‗risidagi ta‘limotiga kо‗ra, ijtimoiy muhit imkoniyati cheklangan bolalar uchun birinchi darajali ahamiyatga egadir. Hozirgi kunda Respublikamizda alohida yordamga muhtoj bolalarning rivojlanish darajasi, imkoniyati, nuqson xususiyatlari va qobiliyatlariga kо‗ra maxsus yoki umumta‘lim tizimida о‗qitish, tarbiyalash masalalariga katta e‘tibor qaratilmokda. Shuningdek jahon miqyosida qо‗llanib, targ‗ibot-tashviqot qilinib kelinayotgan integratsiya va inklyuziv ta‘lim О‗zbekistonda ham xalqaro tashkilotlarning hamkorlik loyihalari asosida bosqichma-bosqich amalga tatbiq etilmoqda. Imkoniyati cheklangan bolalarni umumta‘lim muassasalarida о‗qitish va ular uchun qulay sharoitlar yaratish masalasi О‗zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi va «Bola huquqlarini kafolati tо‗g‗risida»gi Qonunning 29- moddasida alohida qayd etilgan. Tajriba shuni kо‗rsatdiki, mamlakatimizda inklyuziv ta‘limni joriy qilishning о‗ziga xos xususiyatlari mavjud. Respublikamizni ijtimoiy, iqtisodiy rivojlanishini, milliy qadriyatlarimizni e‘tiborga olgan holda hamda tarixiy shakllangan maxsus ta‘lim tizimidan voz kechmasdan, qishartirmasdan, aksincha umumta‘lim bilan uzviy bog‗lanib hamkorlikda inklyuziv integratsiya ta‘limiga bosqichma-bosqich о‗tib borishning milliy modulini yaratish maqsadga muvofiqdir. Kelajakda maxsus ta‘lim muassasalari umumta‘lim muassasalari uchun korreksion fanlar uslublari bо‗yicha maslahat beruvchi markaz vazifasini bajarishi lozim. Maxsus ta‘lim pedagoglari va defektologlari umumta‘lim muassasalarida ta‘lim oluvchi imkoniyati cheklangan bolalarni о‗qitish bо‗yicha umumta‘lim fan о‗qituvchisiga zaruriyat tug‗ilganda korreksion ta‘lim metodikasidan maslahat beruvchi resurs pedagog vazifasini о‗taydi. Bunday yordamlar maxsus ta‘lim muassasalarining tibbiyot xodimlari, psixologlari tomonidan ham kо‗rsatiladi. Hozirgi kunda Respublikamiz miqyosida imkoniyati cheklangan bolalar va о‗smirlarni inklyuziv ta‘limga jalb etishning huquqiy asosini mustahkamlash bilan bir qatorda kо‗plab ilmiy- amaliy tajriblar olib borilmoqda. Respublikamizda olib borilayotga barcha islohotlarning maqsadi davlatimz kelajagiga mustaxkam poydevor qurishdan iborat. Bu poydevor sog‗lom, yetuk va barkamol shaxslarni tarbiyalab voyaga yetkazish natijasida yaratiladi. Shuning uchun ham «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» va «Ta‘lim tо‗g‗risida»gi Qonun qabul qilindi. Ta‘lim sohasidagi bu islohotlar bugungi kunda о‗z samarasini bermoqda. Mazkur huquqiy meyoriy hujjatlar doirasi maxsus ehtiyojli bolar ta‘lim- tarbiyasini ham qamrab olgan. Inklyuziv ta‘lim joriy qilishda ijtimoiy integratsiya ijtimoiy tafovutni kamaytirishga, nogiron va sog‗lom bolalarnn о‗zaro dо‗stlashishga, birbiriga xurmat bilan qarashga undaydi, sog‗lom bolalarni muruvnatln bо‗lishga о‗rgagadi. Jamiyat nogiron kishilarga tо‗g‗ri munosabatda bо‗lishi kerak, Konstitusiyamizdagi barcha bandlar ular uchun xam taalluqli. Har kanday ta‘lim integratsiyasi inklyuziv ta‘lim sifatini oshiradi. Inklyuziv ta‘lim markazida jismoniy yoki ruhiy rivojlanishida nuqsoni bor bola turadi, unga xar tomonlama g‗amxо‗rlik kо‗rsatiladi. Integral — mujassam, ajratib bо‗lmaydigan kism degan ma‘noni bildiradi. Har bir bola ta‘limga jalb etilishi lozim. Integratsiyalashgan jamiyatda barcha teng xuquqka ega, bu yaxlit jamiyatdir. Inklyuziv ta‘lim tufayli jamiyat integratsiyalashgan jamiyatga aylanadi. 2001 yilda YUNESKO "Hamma uchun ta‘lim" dasturini qabul qiladi. О‗zbekiston Respublikasi ushbu dasturga imzo chekdi. Keng miqyosda "Hamma uchun ta‘lim"(Obucheniye dlya vsex) joriy etilishi YUNESKO tomonidan boshlab yuborildi. 2001 yildan boshlab О‗zbekiston Salomon deklaratsiyasiga binoan yaratiltan (Ta‘lim tizimi anomal bolalarni qabul etib, ularning ta‘limtarbiyasi uchun zarur shartsharoitlarni yaratishi lozimligi haqida) ("Obucheniye dlya vsex") "Hamma uchun ta‘lim" dasturini amalga oshirishga imzo chekkan ekan, barcha ta‘lim xodimlari bu ishga о‗z xissalarini kо‗shib, inklyuziv ta‘limni takomillashtirishda qatnashishlari lozim. Anomal bolalar sog‗lom tengdoshlari orasida inklyuziv ta‘limda yoki maxsus ta‘lim tarbiya muassasalarida tarbiyalanishi va о‗qitilishi kerak. Maxsus ehtiyojli bolalar ta‘lim tarbiyasi masalasi bugungi kunda eng dolzarb masalalar sirasiga aylanib bormoqda. Maxsus ta‘lim imkoniyati cheklangan bolalar uchun ta‘lim tizimi sifatida rivojlangan. Ushbu ta‘lim imkoniyati cheklangan bolalarning ehtiyojlarini umumta‘lim muassasalarida qondirib bulmaydi degan taxminlar asosida qurilgan. Maxsus ta‘lim butun dunyoda maktab yoki internat shaklida, shuningdek umumta‘lim maktablarining katta bо‗lmagan qismlari sifatida faoliyat yuritadi. Maxsus ehtiyojli bolalarning maxsus ta‘lim tizimda о‗qitilishi ularning maktabni tugatgach ijtimoiy jamiyatga moslashib ketishlarini qiyinlashtiradi. Shuningdek, ularning о‗z oilasidan uzoqda bо‗lishlariga majbur qiladi. Bu toifa bolalar boqimandalikka о‗rganib qoladilar, о‗z-о‗ziga xizmat qilishlarida qiyinchiliklarga duch keladilar. Bundan tashqari juda kо‗plab maxsus ehtiyojli bolalar ta‘limdan chetda qolib ketmoqdalar. Nogiron bolani oddiy sharoitga joylashtirish integratsiyaga qarab qо‗yilgan birinchi qadamdir. Integratsiyalashgan ta‘lim bu-diqqat markazida bolaning aynan maktabga kelib ketish muammosi turgan, maxsus ehtiyojli bolaning maktabga qatnash jarayonidir. Integratsiyalashgan ta‘limda bolaga muammo sifatida qaraladi. Bu ta‘lim tizimining quyidagicha shakllari mavjud: A) Jismoniy integratsiY. Integratsiyaning bu shakli nogiron va nogiron bо‗lmagan bolalar о‗rtasidagi jismoniy farqni kamaytirishga qaratilgan. Oddiy maktab bilan yonma-yon joyda nogiron bolalar uchun maxsus bо‗lim yoki sinf tashkil qilish mumkin. B) Funksional integratsiY. Bu shakl nogiron va nogiron bо‗lmagan bolalar о‗rtasidagi funksional muammolarni kamaytirishga qaratilgan. V) Ijtimoiy integratsiY. Itegratsiyaning bu shakli ijtimoiy muammolarni kamaytirishga qaratilgan va u nogiron hamda nogiron bо‗lmagan bolalar о‗rtasidagi о‗zaro aloqani qо‗llab – quvvatlaydi. G) Jamiyatga integratsiya qilish kabilar. Integratsilashgan talim tizimining bir qator quyidagicha chegaralangan tomonlari mavjud: Umumta‘lim muassasalarda kompleks tibbiy-pedagogik yordam olish imkoniyati bо‗lmaydi. Umumta‘lim maktab pedagogi maxsus metodikani bilmaganligi sababli imkoniyati cheklangan bolalarning maxsus ehtiyojlarini qondirmaydi. Umumta‘lim maktablarida tiflo, surdotexnik vositalar, maxsus tibbiyot uskunalar bо‗lmaydi. Sinfda о‗quvchilar soni 25 tadan-35 gacha yetadi va oqibatda ularning barchasiga kо‗p vaqt ajrata olmaydi. Umumta‘lim maktablarda о‗quvchilarda maxsus malaka va kо‗nikmalarni shakllantirish uchun mutaxassislar bо‗lmaganligi sababli, imkoniyat topish qiyin. Har qanday jamiyatda kelajak vorislari bо‗lmish farzandlarni mas‘ulayatni his etadigan, ularni davlat taraqqiyoti va gullab-yashnashiga salmoqli ulush qо‗shadigan munosib fuqarolar bо‗lib etishishlariga katta umid bilan qaraladi. Dunyoga ―О‗zbek modeli‖ deb nom olgan rivojlanish yо‗li bilan tobora kо‗proq tanilayotgan О‗zbekistonda ham bolalar huquqlarini himoya qilishga juda katta e‘tibor berilmoqda. Mamlakatimizda maktab, litsey, gimnaziya, kollej kabi bilim dargohlari bilan birgalikda turli maxsus maktab internatlar, mehribonlik uylari faoliyat kо‗rsatayotganligi ham fikrimizning isbotidir. Kо‗plab davlatlarda bо‗lgani kabi О‗zbekistonda ham imkoniyati cheklangan bolalar uchun maxsus tashkillangan maktablar bor. Ularning vazifasi bolalarni maxsus о‗quv yurtlariga tayyorlashdir. Maktab darajasida integratsiyani muvaffaqiyatli kiritishga bir necha о‗zaro bog‗liq omillar ta‘sir kо‗rsatadi. Markaziy omil о‗quv dasturiga kiritish imkoniyatidir. Shuningdek, binolarning jismoniy joylashuvi, о‗qish uchun imkoniyat va moliyalashgan imkon ham asosiy omilllardandir. Maktabdagi jismoniy sharoit ham katta о‗rin tutadi. Oddiy qilib aytadigan bо‗lsak, barcha maktablar eshigiga о‗quvchilar zinapoyalar orqali kirib boradilar. Lekin bu zinapoyalardan maxsus aravachalarda yuradigan nogiron bolalar kо‗tarila olmaydilar, hatto qо‗ltiqtayoqda yuradigan bolalar ham, qiynalishlari mumkin. Demak, zinapoyalardan ham eshiklardan ham sog‗lom bolalar bilan birga nogiron bolalar ham bemalol о‗tishlari uchun qulay sharoit yaratilishi shart. Bundan tashqari, sinf xonalari va laboratoriyalardagi maxsus о‗rindiq hamda moslamalar ham nogiron bolalarga mos bо‗lishi kerak. О‗qishga imkon yaratish ham juda muhimdir. Yozish qobiliyatlarida buzilish mavjud bо‗lgan bolalarga tovush va tasvirni kattalashtirish etarli bо‗lmaydi. Bunda о‗quvchilar imo-ishora yoki Brayl xatini puxta о‗rganishlari kerak. Aqliy nuqsoni bor bolalar soddalashtirilgan yozma yoki og‗zaki informatsiyani olishlari kerak. О‗quv rejasini bunday differensiyalash о‗qituvchilarda о‗z ishlariga ijodiy yondashishni taqozo etadi. Maktab ma‘muriyati buning uchun о‗qituvchilarga imkon yaratib berishi kerak. Bunday ijodiy yondashuv о‗quv rejasiga qattiq talab qо‗yilgan joylarda birmuncha qiyinchilik tug‗dirishi mumkin. Download 270.99 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling