1-mavzu: Maxsus ta’limning hozirgi zamon tizimi Reja
Download 270.99 Kb. Pdf ko'rish
|
1-mavzu Maxsus ta’limning hozirgi zamon tizimi Reja
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch sо‘zlar
1-MAVZU: Maxsus ta’limning hozirgi zamon tizimi Reja: 1. Defektologiya fani umumiy pedagogikaning tarmog‗i sifatida 2. Defektologiya fanining kategorial apparati: (tayanch tushunchalari). 3. Defektologiya fanining ilmiy - nazariy asoslari. 4. Defektologiya fanining metodologik asoslari. Xulosa. Adabiyotlar. Tayanch sо‘zlar: Milliy defektologiya, metodologik asoslari, Bola xuquqlari kafolatlari, konvensiya, surdopedagogika, tiflopedagogika, oligofrenopedagogika, logopediya, ruxiy rivojlanishi sustlashgan bolalar, harakat – tayanch a‘zolari jaroxatlangan bolalar, murakkab nuqsonli bolalar, nutq nuqsonlari, innovatsiya, pedagogik texnologiyal, didaktik, о‗quv faoliyati, integratsiya, funksional integratsiya, ijtimoiy integratsiya, jamiyatga integratsiya qilish, inklyuziv ta‘lim. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RО‘YXATI 1.Mо‗minova L.R. va boshqalar. Maxsus psixologiya. -T.: ―Noshir‖, 2013 y. 2. Pо‗latova P. va boshqalar. Maxsus pedagogika. -T.: ―Fan va texnologiya‖ nashriyoti, 2014 y. 3. Nazarova N.M. Sravnitelnaya spetsialnaya pedagogika. -M.: «Akademiya», 2012g. 4. Yо‗ldoshev J.G‗., Usmonov S.A. Pedagogik texnologiya asoslari. – Toshkent: О‗qituvchi, 2004. 5. Chicherina Y., Nurkeldiyeva D.,.Bondareva YE. Mutaxassislik fanlarni о‗qitish metodikasi. -T.: Fan va texnologiyalar, 2013y. 6. Chicherina Y., Nurkeldiyeva D.,.Bondareva YE. Innovatsionniye podxodi v podgotovke kadrov- defektologov (monografiya). -T.: ―Navruz‖, 2014 7.Nishonaliyev U. Ta‘lim standarti va pedagogik innovatsiyalar. – «Xalq ta‘limi», 1999-yil 8.Azizxо‗jayev N.N. Zamonaviy pedagogik texnologiyalar (Reklama - rejalar). – Toshkent, 2002-yil 9.Ayupova M. Y. ―Logopediya‖ Toshkent – 2007. 10.Ishmuhamedov R., Abduqodirov A., Pardayev A. Ta‘limda innovatsion texnologiyalar. T:, 2008-yil Metodologiya - har bir fan asosidagi qonuniyatlar yig‗indisidir. Boshqa fanlar kabi maxsus pedagogika fanining buyuk sharq va g‗arb mutafakkirlari va olimlarining ta‘lim-tarbiya, komil , inson tarbiyasiga, fan tnbbiyot bilan bevosita bog‗liq bо‗lgani uchun, tibbiyotga, ruhiyatga va insonning aqliy rivojlanishiga oid qarashlari faniing metodologik asoslarini tashkil etadi. Sharq mutafakkirlarining ta‘lim-tarbiyaga oid qarashlaridan misol qilib keltirsak: Tarbiya - ijtimoiy hodisa. U kishilik jamiyati paydo bо‗lgan davrdan beri mavjud. Abulays Samarqandiy «Bо‗stonul orifin» asarida tarbiya va tarbiyalashning manosini ta‘riflab: «Ey о‗g‗il farzandlaringni tarbiyalashdan oldin, о‗zingni tarbiyala, tarbiya kо‗rgan oilada baodob, yaxshi fazilatli, bili mli odam voyaga yetadi», - degan edi. Ibn Sino bolani maktabda о‗qitish va tarbiyalash masalasiga katta ahamiyat berib, «Tadbir — ul manozil» asarining maxsus bо‗limini ana shu masalaga qaratgan. Uning ta‘kidlashicha maktabga barcha kishilarning bolalari jalb etilishi va hamma birga о‗qitilishi va tarbiyalanishi lozim. Alisher Navoiy ham pedagogikaning rivojlanishiga katta hissa qо‗shgan mutafakkirlardan hisoblanadi. Navoiy asarlarida о‗z davridagi maktablarning ta‘lim-tarbiya ishlarini yaqqol ifodalagan «Bolalar uchun maktab bо‗lmasa kattalar ham о‗z yо‗llaridan adashadilar», - degan edi. Yusuf Xos Xojib atoqli mutafakkir va olim pedagogikaning rivojlanishiga katta hissa kо‗shgan allomaning 73-bobdan iborat «Qutadg‗u bilim» asarida sо‗lashish odobi, ilm о‗rganishning foydasi, olimlarning jamiyatdagi о‗rni hallolik, poklik, rostguylik, me‘r - oqibat, sadoqat, dо‗stlik, g‗a‘m - shavqat, adolat, imkon, e‘tiqod va qanoat, shuningdeq -bolaning aqliy va jismoniy tarbiyasi‘ tо‗g‗risidagi qimmatli fikr mulohazalar berilgan. Chexoslovlkiyalik mashg‗ur donishmand insonparvar pedagog Yan Amos Komenskiy -ta‘lim tarbiya xususida uzining bir qancha kimmatli fikrlarini kitob xolida yozib qoldirgan. Uning fikricha: «Barcha narsalar bolalarningyosh xususiyatlariga" mos bо‗lishi lozim. Shuni nazarda tutish kerakki bola tabiati kuvnoklik xazilkashlik shuxlikka moyil buladi. Jiddiylik va raxmsizlikni xush kо‗rmaydilar. Demak, turmushda kachondir zarur buladigan jiddiy narsalarni о‗rganish uchun foydali narsalarni qizikarli shaklda bayon etishi. Shu yо‗l bplai bola aklini biz istagan tomonga qaratish lozim.» Shveysariyalik mashhur pedagog Iogan Genrix Pestalotssi ham о‗zining pedagogik qarashlarida tarbiyaga katta ahamiyat bergan. Pestalotsskiy jismoniy tarbiyaga, bolaning barcha jismoniy kuchlarini rivojlantirish uchun uni turli harakatlarga yо‗naltirishga alohida e‘tibor bergan. Jismoniy tarbiyani aqliy, axloqiy va me‘nat tarbiyasi bilan chambarchas bog‗lab olib borish zarurligini uqtirgan. Shuning uchun u: - «Tо‗g‗ri tashkil qiliigan jismoniy mehnat bolalarning aqliy va ahloqiy kuchlarini о‗stiradi», - deb yozgan. Mamlakatimiz hayotida sodir bо‗layotgan ijtimoiy - iktisodiy va siyosiy о‗zgarishlar о‗zining salohiyati xamda ahamiyati bilan aloxida ahamiyat kasb etadi. Milliy istiqlol g‗oyalari va tamoyillariga asoslangan holda jamiyatimizning mustakillik yillarida ortirilgan tarakkiyot tajribasi taxlil qilinganida, ijtimoiy hayotning muhim tarkibiy kismi sifatida barcha sohalarida ta‘lim - tarbiya va uning mazmuni tubdan о‗zgaradi. О‗zgarishning genezisi ta‘lim sohasida davlat siyosatining huquqiy va metodologik asoslarini yaratib berish boshlanadi. "Ta‘lim tо‗g‗risidagi qonun" va «Kadrlar tayyyorlash milliy dasturi»ning qabul qilinishi ta‘lim sohasida amalga oshirilishi zarurat hisbolangan vazifalarni ochib beradi. Maxsus pedagogikaning metodologik asoslariga hamdо‗stlik mamalakatlari, Respublikamiz olimlarining ushbu yо‗nalishdagi tadqiqot ishlari, dissertatsiyalari ham kiradi. О‗zbekistonda defektolog mutaxassislar tayyorlash jarayoni qariyb 35 yyl muqaddam yо‗lga qо‗yilgan. Mazkur davr mobaynida qiyin, lekin qiziqarli, samarali va faxrli yо‗l bosib о‗tildi. Maxsus pedagogikaning tarmog‗i, ya‘ni oligofrenopedagogikani rivojiga о‗z hissasini kо‗shgan birinchi fan nomzodi S.SH.Aytmetovadir. u sobiq ittifoqning DITI qoshidagi aspiranturani muvaffakichtli tamomlagan. Ilmiy darajaga 66-yordamchi maktab о‗kuvchisi edi. О‗zbekistonda maxsus pedagogikaning rivojiga munosib xissa kushgan rus defektologlari prof.Neyman. L.V.Pevzner. Petrova V. Zamskiy X.S. lardir. Ilmiy muammolar va masalarni ta‘lim amaliyotiga chiqarish yechimlarini topish jarayonida defektologiya magistrlari uchun ilmiy asoslangan dasturlar bunyod etildi. Ularning kо‗pchiligi original bо‗lib, Respublikada birinchi marta nashr etila boshlandi. Milliy maxsus pedagogikani yaratishda birinchilardan bо‗lib ilmiy - tadqiqot va ilmiy-pedagogik, metodik faoliyat kо‗rsatgan О‗zbekiston olimlari: S.SH.Aytmetova, D.A.Gordiyenko, I.G.Radisheva, A.I.Sagatov, S.G.Kim, R.Shomaxmudova, V.S.Rahmanova, I.V.Sosedova, G.A.Sodiqova, P.M.Pulatova, D.A.Nurkeldiyeva, M.P.Xamidova, N.S. Musayevalar maktab va makta^gacha oligofrenopedagogika faning nazariyasi va amaliyotiga, G.B.Shoumarov, K.X.Mamedov, G.Berdiyev maxsus psixologiya faniga, L.R.Mо‗minova, X.M.Pulatova, M.Y.Ayupova, N.Raxmanqulova, Z Axmedova, Y.A. Chicherina, SH.D. Aripova, N. Abidova nazariy va amaliy logopediya faniga, N.SH.Bekmuratov, X.M.Gaynutdinov, U.Fayziyeva, N.Dadaxoojayeva, F.Alimjanova, D.A. Nazarova, F. Kodirova surdopedagogika faniga о‗zlarinnng munosib hissalarini qо‗shdilar va qо‗shib kelmoqdalar. Hozirgi kunda defektologiya: bо‗yicha kadrlar tayyorlash uchun maxsus pedagogika fani sohalari yuzasidan ikkita qо‗llanma mavjud:Bular K.Q.Mamedov, A.I.Sagatov va P.Pо‗latovalar tomonidan tuzilgan va О‗zbekiston Respublikasi Xalq ta‘lim vazirligi tomonidan pedagogika institutlarining defektologiya fakultetlari uchun о‗quv qо‗llanma sifaatida tavsiya etilgan «Oligofrenopedagogika asoslari», hamda maxsus pedagogikaning yana bir muhi.m yо‗nalishiga bag‗ishlangan L.R.Mо‗mpnova va M.Y.Ayupovalar tomonidan tayyorlanagn «Logopediya» qо‗llanmalaridir. Ikkinchi о‗quv qо‗llanmada logopediya nazariyasi va amaliyotining hozirgi ahvoli о‗z aksini topgan. Unda har xil nutq buzilishlariga ta‘rif beriladi, nutq buzilishdagi kamchilik turlari, xatolari taxlil qilinadi, maktabgacha yoshdagi va kichik maktab yoshidagi о‗kuvchnlarning nutq kamchiliklariga ega bо‗lgan kontingentlar bilan olib boriladigan logopedik-tuzilish ishlarining metodlari, vositalari yoritiladi. Kо‗llanmaning yaratilishida«Prosvesheniye» nashriyotida chop etilgap «Logopediya» (1989) va Osnovoo logopediya»-(1989) kо‗llaimalarining ayrim ilmiy-nazariy asoslaridan foydalanildi. - Shuning bilan birga kо‗llanmada birichi marta о‗zbek tiling leksik- grammatik xususiyatlari va о‗zbek bolalarining talaffuzi, lugat boyligi tilining grammatik tuzilinii hisobga olingan. Nazariy-amaliy materiallarining birkismi esa о‗zbek tilida birinchi bor yaratilgan va chop ettirilgan. Kо‗llanma mualliflari har bir bobda nutk kamchiliklarignpsh ta‘rifini keltirib, buzilishdagi xolatlarnnng etnopatogenezlarini tahlil etadilar. Maktabgacha yoshdagi va kichik maktab yoshidagi nutq kamchiliklariga ega bо‗lgan bolalar bilan olib boriladigan logopedik tuzatish ishlarining metodlarini ochib beradilar. Mualliflar, shuningdek, nutq kamchiligiga ega bо‗lgan о‗g‗il- qizlar uchun tashkil etilgan maxsus о‗kuv tarbiyaviy muassasalarda, maxsus guruhlarda olib boriladigan logopedik-korreksion ishlar, ularning xalq ta‘limi tizimida о‗rni, bogcha va maktab sharoitida ular bilan yakka tartibda olib boriladigan logopedik ishlarining uslub va shakllarini bayon etadilar. Unda maktabgacha va maktab yoshidagi nutk kamchiliklari mavjud bolalar nutkini har tomonlama tekshirish ha.mda nutk kamchiliklariga ega bо‗lgan kontingentlarni maxsus - muassasalarga yuborishda saralash ishlarini olib borishdagi tibbiy-pedagogik komissiyaning maqsad va vazifalari, tarkibi va faoliyati qanday tuzilishga ega bо‗lish kerakligi haqida ma‘lumot va amaliy tavsiyalar berilgan. Bundan tashqari nuqsonli, rivojlanishda orqada qolgan kontingentlarni nuqsonlarini aniqlash tо‗g‗rilash va ularni bartaraf etishning nazariy va amaliy masalalariga: bag‗ishlangan S.A.Aytmetova, D.A.Gordiyenko, R.Sho.mahmudova, V.S.Rahmanova, A.I.Sagatov, L.R.Mо‗minova, M.Y.Ayupova, P.M.Pulatova, K.K.Mamedov, I.G.Veretennikova va boshqalar. Tomonidan yaratilgan kо‗plab qо‗llanmalar, dasturlar, ma‘ruza matnlari uslubiy tavsiyalar va qator maqolalar mavjuddir. Ayniqsa, maxsus pedagogikaning muhim yо‗nalishlari bо‗yicha pedagogika- fanlari doktori L.R.Mо‗minova respublikamizda о‗z maktabini yaratishga muvaffaq bо‗lganligini alohida e‘tirof etish lozim. Uning rahbarligida ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borgan mutaxassis-defektologlar (M.Y.Ayupova, P.M.Platova, X.M.Pulatova, . N.R.Rahmanqulova, U.Y.Fayziyeva, N.X.Dadaxodjayova, D.M.Nurkeldiyeva, M.P Hamidova - va boshqalar) bugungi kunda maxsus pedagogikaning logopediya, surdopedagogika, oligofrenopedagogika soxalarining rivojiga о‗z hissalarini kо‗shib kelmokdalar. Biroq buzishlar xali yetarli emas, chunki sohada о‗z yechimini kutayotgan muammolar xali juda kо‗p. Masalan, surdapedagogika va tiflopedagogika fanlari bо‗yicha о‗zbek tilida birorta darslik yoki qо‗llanma yaratilgan emas. Zamonaviy defektolog umumnazariy va maxsus ixtisosli bilimlartizimini egallagan bulishi kerak. Bu bilimlarning mazmun va kulami kengligi unda nuksonli rivojlangan bolaga maxsus ta‘lim-tarbiya, rivojlantiruvchi tamoyillarni qо‗llash, amaliyotga moslashtirish va har tomonlama jamiyatga kerkli, foydali insonlar qilib tarbiyalashdir. Nuqsonli bolalarni о‗qitish, tarbiyalash va ularning rivojlanishi kechikishi, ruhiy - pedagogik xususiyatlarini chuqur о‗rganish va‘ ularni tuzatish, bartaraf etishda defektolog shaxsi birinchi darajali ahamiyat kasb etadi. U quyidagi asosiy sifatlarni о‗zida namoyon etadi: nogiron bolalarni sevish, gamxо‗rlik qilish, kasbiga qiziknsh; samimiylik, insonparvarlik, ka.mtarlik, madaniyatlilik, sо‗zda va amalda qatoiyatlilik va izchillik, vatanparvarlik, milliy mafkuraga ega bо‗lishlnk kabilar. О‗qituvchining eng muhim vazifasi - magistrlarda ana shu insonny va mafkuraviy munosabatlarnn, kо‗nikmalarnn tarbiyalashdan iboratdir. G‗alabalar tomonidan atrof-muxitini, tushunishda va jamiyatda о‗z о‗rnini egallashda maxsus pedagogika fani soxalarini о‗qitish va tarbiyaviy ta‘sir о‗tkazish muhim ahamiyat kasb etadi. О‗quv jarayonida magistrlarga о‗qituvchilar - tayyor bilim bermasligi, xulosalar chiqarmasligi, balki ularning fikrini о‗rganiladigan obyektga jalb qilish, undan, muammo yechimini topish yoki imkoni bо‗lsa о‗quvchilarning о‗zlarini mustakil fikrlashga о‗rgatish, muammoli vaziyatni yaratish, ularning diqqatini rivojlantirish, tafakkurini faollashtirish, ta‘limdagi loqaydlpgini bartaraf etish; umumlashtirishga, xulosalar chiqarishga yordam berish, ularni kuzatishga, tasavvur qilishga, eslab qolishga, olgan bilimlari bilan hayotiy faktlarni hodisalarni taqqoslashga hamda turmushga moslashtirishga tayyorlash - faqat ana shundagina maxsus ta‘lim jarayoniga zamonaviy mazmun va shakl kiritilgan bо‗ladi. Maxsus pedagogika predmeti -maxsus ta‘lim-tarbiya sharoitida defektolog - о‗qituvchining rahbarligida amalga oshadigan о‗quv-tarbiyaviy jarayondir. Maxsus pedagogika - ana shu jarayonning qonunlarini tadqiq qiladi, har xil turdagi ta‘lim-tarbiya muassasalarda beriladigan ta‘limmazmunini belgilshning ilmiy- nazariy asoslarini yaratadi. О‗kitish metodlarini tashkiliy shakllarini ishlab chikadi. Sog‗lom avlod tarbiyasi juda oson ish emas, xuddi shu bois xar bir inson, xar bir oila, jamiyatdan jiddiy e‘tibor va uzluksiz mexnat qilishga talab kiladi. Prezidentimiz uz fikrini davom ettirar ekan: ―Xech shubxa yuk, soglom avlod orzusi bizga о‗tib kelayotgan, kon konimizga singib ketgan mukaddas intilishdir. Agar ota-bobolarimizning turmush tarziga, tafakkuriga nazar solsak, ular nasl- nasab, yetti pushtining tozaligiga, avlodning sog‗ligiga juda katta e‘tibor karatadi. О‗zbekistonning davlat mustaqilligini qо‗lga kiritishi, о‗zining iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanish yо‗lini belgilashi kadrlar tayyorlash tizimi va mazmunini kayta kurib chikish. bu borada qator choralar kо‗rish zaruratini keltirib chiqardi. Shu munosabat bilan, en g avvalo, ta‘kidlash lozimki, ikkita juda muhim xujjat qabul qilindi: ta‘lim soxasida davlat siyosatining asosiy tamoyillari ni, respublikada ta‘lim tizimi va turlarini belgilab bergan «Ta‘lim tо‗g‗risida»gi Qonun va ta‘lim tizimini tubdan isloh qilishga doyr «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» qabul qilindi. Bugungi kunda Dasturning uchinchi boskichi (2005 va keyingi yillar) amalga oshirilmokdaki, u kuyidagilarni kuzda tutadi: - ta‘lim muassasalarining resurs, kadrlar va axborot bazasini yanada mustaxkamlash, о‗quv-tarbiya jarayonini eng yangi о‗quv-metodik komplekslar, ilgor pedagogik va axborot texnologiyalari bilan tulik ta‘minlash; - milliy (yelita) ta‘lim muassasalarining tiklanishi va rivojlanishi, ularning mustaqilligi va о‗z-о‗zini boshkarishini ta‘minlash; - ta‘lim jarayonini axborotlashtirishni ta‘minlash, uzluksiz ta‘lim tizimini dunyo axborot tarmoklariga chikish imkoni bulgan kompyuter axborot tizimlari bilan tulik kamrab olish. 2008 yilda «Bola xuquqlari kafolatlari» tо‗g‗risidagi qonunning qabul qilinishi bolalarni ijtimoiy ximoyalash tizimini yanada takomillashtirish uchun zamin xozirladi. Qonunda ijtimoiy zaif gurux bolalarining, jumladan, jismoniy va psixik rivojlanishida nuksoni bulgan nogiron bolalarning sifatli ta‘lim olish xuquqlarining kushimcha kafolatlari uz aksini topgan. Mazkur koidalarning amalga oshirilishi bolalarning shu toifasi bilan ishlaydigan pedagoglarning kasbiy tayyorgarlik darajasiga xam bevosita boglikdir. Defektologik ta‘lim, oliy pedagogik ta‘lim soxasi, psixikjismoniy rivojlanishida nuksoni bulgan bolalar bilan о‗quv tarbiyaviy ishlarni olib borish uchun kadrlar tayyorlash tizimi asosan Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetida amalga oshiriladi. Ta‘lim muassasasi bakalavriatida defektolog, magistraturada esa - oligofrenopedagog va logoped ixtisosliklari beriladi. Respublikamizda yagona bulgan defektologiya fakul‘tetida, «Korreksion pedagogika» va «Maxsus ta‘lim metodikasi» kafedralarida maxsus ta‘lim soxasida respublikamizning butun ilmiy saloxiyati jamlangan deyish mumkin. Bu yerda 2 nafar fan doktori, 14 nafar fan nomzodi faoliyat yuritadi. Fakul‘tet mamlakatimizdagi 86 ta maxsus maktab va maktab-internat, shuningdek, 500 dan ortik maktabgacha ta‘lim muassasalari uchun kadrlar tayyorlaydi. Aytish joizki, rivojlanishida nuksoni bulgan bolalarni о‗qitish tizimining sifati. bu toifa bolalarning keyingi ijtimoiylashuvi mazkur fakul‘tet bntiruvchilari: bakalavr va magistrlarning kompetensiyasiga, ularning kasb maxoratiga bevosita boglikdir. Pedagogika fanlari nomzodlari tomonidan tashkil qilingan surov natijalari shuni kursatdiki, - bugungi kunda faoliyat yuritayotgan fakul‘tetning 178 nafar bitiruvchisi defektolog kasbini juda kizikarli va mexnat bozorida talab qilinadigan kasb, deb e‘tirof etgan. Surovda katnashgan defektolog magistrlarning 84% i bu kasb ularga ma‘kul kelgani, tanlovda adashmaganliklarini ta‘kidlagan. Ta‘limning mazkur yunalishi bо‗yicha tayyorgarlik darajasini magistrlarning 60%i «yaxshi», 10 %i «a‘lo» va 30% i «qoniqarli» baholagan. Shunga karamay, ish beruvchi (maxsus ta‘lim muassasalari rahbarlari)larning 35% i bitiruvchilar‘ OTMda olgan bilim, malaka va kunikmalarini takomillashtirish bо‗yicha kushimcha mustaqil ishlashi lozim; 44% i esa olingan bilimlar xajmini yetarli emas, deb biladi, 51 % i maxsus ta‘lim metodikasi va korreksion-rivojlantiruvchi ishlar bо‗yicha olingan bilimlarni amalda kullash kompetensiyasi yetishmasligini tilga oladi. Yukoridagi misollar defektolog kadrlar (bakalavr va magistrlar) tayyorlashning yangi, ilmiy asoslangan metodlarini joriy etish samaradorligini oshirish zaruratini keltirib chiqaradi. Ayni paytda mamlakatimizda kechayotgan demokratlashtirish jarayonlari oshkoralikning ortib borishi va xalkaro tajribani keng urganish uchun imkoniyatlar yaratilgani xorijiy oliy ta‘lim tizimining kuplab yutuklari Uzbekistan sharoitida xali sinovdan utkazilmaganini, bu borada qilinishi lozim bulgan ishlar kupligini kursatadi. Anik nazariy va amaliy muammolar yechimiga karatilgan gurux yoki yakka tartibdagi loyixalarning magistrlar tomonidan ishlab chiqilishi va implementatsiya metodikasi amaliyotga tatbik qilinmagan. Xolbuki, ta‘limga bu kabi yondashuvda magistr (yoki magistrlar guruhi) muammoni aniklash va xal qilish yullarini topish, keyin yetakchi mutaxassislar oldida uz «loyixasini ximoya qilish» bо‗yicha tavdimot utkazish topshirigini oladi. Bu kabi loyixalar keyinrok bitiruv-malakaviy ishi yoki magistrlik dissertatsiyasi sifatida rasmiylashtirilishi mumkin. Ta‘lim jarayonining umumiy tizimida magistrlarning mustaqil bilish faoliyati shu kadar axamiyatliki, usiz mutaxassisning kasbiy kompetentligini amalda shakllantirib bulmaydi. Magistrga о‗qituvchini, uzi tanlagan ixtisoslik yunalishi bо‗yicha yetakchi ekspertni, jumladan, boshka OTM yoki ITI xodimini mustaqil tanlash imkoniyatini takdim etish amaliyoti xam yо‗q. Xolbuki, xorijda mazkur faoliyat bо‗yicha shugullanadigan maxsus maslaxat markazlari mavjud. Respublikada oliy ta‘lim muassasalariaro xamkorlikni kengaytirish, mutaxassislar ma‘lumotlar bazalarini shakllantirish urinli bulardi. Bu esa magistrlarning uzlarini kizikgirgan yunalish va mavzular bо‗yicha boshka OTM о‗qituvchilari ma‘ruzalarida bulishlariga imkon yaratadi. О‗quv fanlarini uzaro boyitish yо‗lidan rivojlantirish sharoitida bu yanada katta axdmiyat kasb etadi. Zamonaviy universitet bitiruvchisi turdosh mutaxassisliklar bо‗yicha ishlarni bajarish, yangi texnologiyalarga erkin moslashish, zaruratga kura, malakasini oshirish, ixtisosligini uzgartirishga tayyor bulishi lozim. 1993-yil 1-dekabrda 153 mamlakat bola xuquqlari hakidagi konvensiyani ratifikatsiya qilish yо‗li bilan о‗zlarining bolalar kelajagini muhofaza qilishga tayyor ekanligini namoyish etdilar. Bola hukuqlari haqidagi Konvensiya bu butun jahon bolalariga xos bо‗lgan bolalar hukuklari hakidagi Birlashgan Millatlar Tashkilotining shartnomasidir. Konvensiya bola huquklari haqidagi universal rasmiy Kodeksdir. Konvensiyada bolalar xukuqlari tо‗rt toifaga ajratib berilgan bо‗lib, 54 moddani о‗z ichiga qamrab olgan. Yashay olish hukuki: bola talablarini kondirish va hayotiy hukuqsarni о‗zida mujassam etish kabi asosiy shartlarni xamda tibbiy xizmatdan foydalanish, ovkatlanish, boshpanaga ega bо‗lish kabi adolatli, hayotiy meyorlarni о‗z ichiga oladi Bolalar zо‗ravonlik va ekspluatatsiya qilinishdan ximoyalantan bо‗lishlari shart. Bu borada kuyidagi muammolarga, ya‘ni: qochoq bolalar muammosi, adliya tizimidagi zо‗ravonliklar, bolalarni kurolli nizolarga jalb etish muammolari, bolalar mexnati, balog‗at yoshiga yetmaganlarni seksual ekspluatatsiya qilish va о‗smirlarning giyohvand moddalarni iste‘mol qilish Rivojlana olish hukuqi: bolalarning о‗z qobiliyatlarini kengroq rivojlantirishga erishishlari uchun zarur. Bunga misol qilib, bilim olish, о‗yin, hordiq chiqarish, madaniy faoliyatlar, axborot olish va vijdoniy poklik kabi xuquqdarni olish mumkin. Ishtirok etish xuquqi: bolani jamiyat va mamlakat hayotida faol ishtirok etishga chorlaydi. Bu toifa bolalarning hayotiga taalluqli bо‗lgan muammolar bо‗yicha jahonshumul yig‗ilish va tadbirlarda ishtirok etish huquqini va о‗z fikrmulohazalarini aytishda erkin bо‗lish kabi hukuqlarni belgilaydi. Defektologiyaning vazifasi — anomaliyalarning kelib chiqish sabablari, turlarini, anomal bolalarning psixofiziologik rivojlanishdagi xususiyatlarini о‗rganish, shular asosida inklyuziv yoki differensial ta‘limni tashkil etish, ularning ta‘limtarbiyasi bilan shug‗ullanishdir. Defektologiya fanining maqsadi — anomal bolalarga integratsion, inklyuziv, differensial ta‘limni tashkil etish uchun zarur shartsharoitlarni о‗rganish, ulardagi psixofiziologik kamchiliklarni iloji boricha bartaraf etish, tuzatish yoki bilinmaydigan holga keltirish usullarini belgilash va amaliyotda tatbiq etish yо‗llarini tarbiyachi hamda о‗qituvchilarga kо‗rsatib berishdan iborat Surdopedagogika- (lotincha surdus — kar, gung sо‗zidan olingan) — eshitish qobiliyati zaif bolalarning Surdopedagogika ta‘limtarbiyasi bilan shugullanadigan fan; Tiflopedagogika- (yunoncha tiflos kо‗r, sо‗qir sо‗zidan olingan) — kо‗rish qobiliyati zaif bolalarning ta‘limtarbiyasi bilan shug‗ullanadigan fan; Oligofrenopedagogika- (yunoncha oligos — kam, fren — aql sо‗zlaridan olingan) — aqliy tomondan zaif bolalarning ta‘limtarbiyasi bilan shug‗ullanadigan fan; Logopediya- (yunoncha logos — sо‗z, padeo — tarbiya sо‗zlaridan olingan) — og‗ir nutq nuqsonlarini о‗rganish, oldini olish, bartaraf etish yо‗llari, usullarini о‗rganadigan fan. Oligofrenopedagogika - aqli zaif bolalarni tarbiyalash va о‗qitish xaqidagi fan bо‗lib, defektologiyaning bir qismini tashkil etadi. Bosh miyaning organik buzilishi natijasida bilish faoliyati turg‗un pasayishi kelib chiqadi. Natijada aqli zaiflik kelib chiqadi. Oligofrenopedagogika ham о‗ziga xos rivojlanish, shakllanish tarixiga ega. Aqli zaif bolalar ta‘lim-tarbiyasi masalalari bilan shug‗ullanish ishlari tarixi qariyib 200 yildan oshiqdir. Oligofrenopedagogika fanining dastlabki boshlang‗ich davri aqli zaiflikni о‗rganish, asosan 1926 yillarga tо‗g‗ri keladi. Oligofrenopedagogikaga L.S.Vigotskiy asos solgan. U aqliy nuqsonga ega bо‗lgan bolalarga ta‘lim-tarbiya berishni nazariy va amaliy asoslab bergan. Aqli zaiflikni keltirib chiqaradigan sabab-oqibatlar xususiyatlari endogen, ekzogen xususiyatlariga ega. Bu kasallik sabab-oqibati natijasida bolaning bilish faoliyatlari keng ma‘noda buzilib, aqliy rivojlanish tezligi, samaradorligi pasayadi. Oligofreniya bola tug‗ilganidan keyin ham paydo bо‗lishi mumkin. Masalan: miya va uning pо‗stlog‗ining shamollashi(miningit), markaziy nerv sistemasining shikastlanishi. Nasl orqali ham о‗tadi. F.Platter ruxiy kasalliklardan aqli zaiflikni ajratdi. J.Eskirol birinchi marta «Aqli zaiflik» anatomiyasini fanga kiritdi. Aqli zaif bolalarni о‗kitish va tarbiyalash nazariyasini yuzaga kelishida E.Segenning (1812- 1880) pedagogik faoliyati katta ahamiyatga ega. 1846 yilda yozgan «Aqliy normal bо‗lmagan bolalarning tarbiyasi, gigiyenasi va axloqiy davosi» asari oligofrenopedagogika fanida katta yutuq bо‗ldi.Aqli zaif bolalarni о‗rganish masalasi aloxida о‗rganishni talab etadigan mavzulardan biridir. Aqli zaiflik deganda me‘riy ruxiy rivojlanishdan chetlanib, xaqiqiy, real aqliy nuqsonlikka olib keluvchi holat tushuniladi. Bunday bolalar yordamchi maktablarda ta‘lim-tarbiya oladilar. Ta‘lim jarayonida aqli zaif bolaning tafakkuri, nutqi, qiziqishlari va bilish qobiliyatlari rivojlanishi bilan birga axloqi ham rivojlanib boradi. Ularda jamoada о‗zini tutish, mexnatga tо‗g‗ri munosabatda bо‗lish kabi fazilatlar vujudga keladi. Download 270.99 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling