1-mavzu: Maxsus ta’limning hozirgi zamon tizimi Reja
Harakat – tayanch a’zolari jaroxatlangan bolalar
Download 270.99 Kb. Pdf ko'rish
|
1-mavzu Maxsus ta’limning hozirgi zamon tizimi Reja
Harakat – tayanch a’zolari jaroxatlangan bolalar
Har qanday ota – ona о‗z oilasida sog‗lom farzandni, jismonan baquvat, ruxiy tetik, fikrlash qobiliyati sog‗lom, iymon – etiqodi butun, bilimli, ma‘naviyati yuksak, mard va jasur, har tomonlama kamol topishini istaydi. Mustaqilligimizning dastlabki yillaridanoq Respuplikamizda sog‗lom avlodni tarbiyalashga katta e‘tibor berilmoqda. ―Barkamol‖ avlodni tarbiyalash masalasi davlat siyosati darajasiga kо‗tarilib, bu masalaga ustuvor vazifa deb qaralmoqda. Mustaqil vatanimizning birinchi ordeni ―Sog‗lom avlod uchun‖ deb atalgan, ―Sog‗lom avlod uchun‖ xalqaro xayriya jamg‗armasining tuzilganligi. 2000 yilni ―Sog‗lom avlod yili‖, 2001 yilni ―Ona va bola yili‖ deb elon qilinganligi fikrimizning dalilidir. Prezidentimiz tomonidan ―Sog‗dom avlod‖ rukunidagi, maxsus yordamga muxtoj bо‗lgan bolalarni sog‗lomlashtirish, ularni sog‗lom kishilar qatoriga qо‗shish, ijtimoiy moddiy jihatdan ximoyalash, mexnatga, ijtimoiy xayotga moslashtirish masalalariga doir qator qarorlar, xujjatlar chiqarilmoqda, qabul qilinmoqda. Respublikamizda sо‗ngi paytlarda bolalarning sog‗lom tug‗ilishini ta‘minlash, anomaliyalarni oldini olish hamda jismoniy yoki ruxiy rivojlanishda kamchiliklari bо‗lgan bolalarni ertaroq aniqlash chora – tadbirlari ustida talaygina ishlar amalga oshirilmoqda. Bu masalani tez va samarali hal bо‗lishini ta‘minlash maqsadida onaning xomiladorlik davridan boshlab, to bola voyaga yetgunga qadar uning rivojlanishi tibbiyot xodimlari, о‗qituvchi va tarbiyachilar, psixolog, defektologlar tomonidan nazorat qilinib, ―Sog‗lom avlod‖ dasturini tо‗g‗ri amalga oshirilishini ta‘minlash chora – tadbirlari ishlab chiqilmoqda, tashkil etilmoqda. Natijada, xarakat – tayanch a‘zolari jaroxatlangan bolalar ham aniqlanib, ularga maxsus yordam kо‗rsatilmoqda. Harakat – tayanch a‘zolari jaroxatlangan bolalarning kо‗pchiligiga nogironlar aravachalari olib berilganligi sababli, ular bog‗cha va maktablarga qatnay boshladilar. Harakat – tayanch a‘zolari jaroxatlangan bolalar serebral falaji, poliomiyelit (shol kasalligi asorati), xarakat tayanch azolarining turli tug‗ma va ottirilgan deformatsiyasi – artrogripos, oyoq qо‗llarning majruxligi axondroplaziya yoki xondrodistrofiya – tana, bо‗yin, boshning normal rivojlanayotgan bir paytda tug‗ma oyoq – qо‗l suyaklari о‗sishining orqada qolishi, miyopatiya – mushak tо‗qimalarida modda almashinuvi bilan bog‗liq bо‗lgan irsiy kasallikda mushaklar yaxshi qisqarmaydi, kishi qо‗l – oyoqni xarakatga keltira olmaydi. Harakat - tayanch a‘zolari jaroxatlangan bolalarning kо‗pchiligida miya falaji kuzatiladi. BSF (Bolalar serebral falajligi) kasalligi xali yetilmagan, shakllanib bо‗lmagan miyaning kasalligidir. Onaning xomiladoarlik davrida ma‘lum kasalliklar bilan kasallanishi, tug‗ilish vaqtidagi patologik о‗zgarishlar, tug‗ilgandan to bir yoshgacha davr ichida bolaning kasallanishi natijasida bosh miyaning harakat zonalari shikastlanadi, uning natijasida esa miyaning yaxlit yetilishi kechikadi va buziladi. Oqibatda bolaning umumiy hamda nutqiy motorikasi (harakatchanligi) faoliyati buziladi. Nutqning rivojlanmasligi esa, intelektual rivojlanishni sekinlashtiradi. Kishi organizimining asosiy funksiyalari – nafas olish, qon aylanish, yutinish, tana harakati, nutqiy harakatlar va boshqalar harakat orqali mushaklarning qisqarish natijasida sodir etiladi. Harakatlar ixtiyoriy va ixtiyorsiz bо‗ladi. Aniq maqsadni kо‗zlab bajarilgan ixtiyoriy xarakatlar inson xatti xarakati, xissiy – irodaviy qobilyati, bilish faoliyatini, xulqning shakllanishida asosiy rо‗l о‗ynaydi. Murakkab nuqsonli bolalar Dunyodagi 500 milion axolining 10% nogironlardir. Shular jumlasiga murakkab nuqsonli anomal bolalar ham kiradi. Murakkabnuqsonli anomal bolalarda bir necha nuqson birgalikda kuzatiladi. Ular kompleksli nuqsonli bolalar kategoriyasi deb ham nomlanadi. Onalar va bolalar salomatligini yaxshilash, nogironlikning oldini olish, ekologik muvozanatni yanada barqarorlashtirish yuzasidan mamlakatimizda mustaqilligimizning birinchi kunidanoq muntazam amaliy ishlar olib borilmoqda. Respublikada kasal bolalar tug‗ilishi kо‗rsatkichi ming axoliga nisbatan 1991 – yildagi 34,5 dan 2000 – yilda 21,4 ga kamaydi. Demak, hali ham bu borada kо‗pgina ishlar olib borilishi lozim. Ayollar, ayniqsa qizlar orasida uchraydigan chekish, spirtli ichmliklar ichish, narkotik moddalar qabul qilish, shifokor maslaxatisiz dori – darmonlar qabul qilish, ekologik muammolar va boshqa holatlar nogiron bolalar tug‗ilishiga sabab bо‗layotganini va uni oldini olish boasida kо‗proq balog‗at yoshidagi yigit – qizlar orasida tushuntirish ishlari keng tarzda olib borilishi maqsadga muvofiqdir. Olimlar tomonidan aniqlangan 400 dan ortiq dori – darmonlar xomila rivojlanishiga (dastlabki 1 – 2 oylar) salbiy ta‘sir etadi. Murakkab nuqsonli maxsus yordamga muxtoj toifasiga kar – kо‗r - soqov bolalar, kar va aqli zaif, kо‗r va oligofren, harakat – tayanch a‘zolari jaroxatlangan va kо‗r yoki aqli zaif hamda xokozolar kiradilar. Oxirgi yillarda kо‗r va zaif kо‗ruvchi bolalar soni ancha kamaydi. Oftolmalogik yuutuqlar, erta diagnostikaning yangi usullarining qо‗llanilishi, kо‗rish organlari kasalliklarini davolash va korreksiya qilish natijasida maxsus maktab о‗quvchilarining kontingenti sezilarli darajada о‗zgardi. Kо‗r bolalar nisbatan kamaydi, ammo zaif kо‗ruvchi bolalar soni kо‗paydi. Ularning orasida maktab dasturini о‗zlashtira olmaydigan bolalar yaqqol kо‗rina boshladi. Kompleks, ya‘ni har tomonlama tekshirish, о‗rganish natijasida ularning kо‗rish qoblyatining buzilishi bilan birga oligofreniya tipidagi aqli zaiflik ham mavjudligi aniqlandi.Zaif kо‗ruvchi va aqli zaif bо‗lgan bolalarning о‗qitish va tarbiyalash ancha murakkab va о‗ziga xosdir. Odatda kо‗r va zaif kо‗ruvchi bolalar ―Brayl‖ sistemasida о‗qish va yozishni о‗rganadilar. Tо‗g‗ri tashkil etilgan ta‘lim natijasida kо‗r bolalar nuqta – relyefli shriftni tez о‗rganib oladilar. Aqli zaif kо‗r bolalarda bu jarayon sekin kechadi. Bunga bir qancha sabablar mavjud bо‗lib, markaziy nerv sistemasining organik shikastlanishi natijasida aqli zaif kо‗r bolaning kompensator imkoniyatlari sust bо‗ladi. Maxsus tashkil etilgan ishlar tufayligina eshitish analizatorlari kompensator vazifasini bajaradi. Aqli zaif о‗quvchilarning tafakkuri, tasavvuri, nutq fikirlash qobilyatini rivojlantirishda yordamchi maktabda kо‗rgazmali qurollardan keng foydalaniladi. Kо‗rlar maktabida kо‗proq nutq sо‗zga maxsus tiflografik kо‗rgazmali qurollarga asoslangan xolda ish yuritilsa, aqli zaif kо‗r bolalar bilan boshqacharoq ish yuritiladi. Ikkala holatda ham birinchi novbatda bolaning abstrakt tafakkuri yaxshi rivojlangan bо‗lishi kerak. Aqli zaif bolalarning esa bilish faoliyati turg‗un buzilgan bо‗ladi. Aqlan va zaif kо‗ruvchi bolalarning ta‘lim tarbiyasiga maxsus yondashgan xolda, maxsus yaratilgan tizim asosida о‗qitish va tarbiyalash lozim. Murakkab bolalardan eshitish qobilyati va aqli zaif bolalar birinchi bо‗lib о‗rganilgan edi. Kar va zaif eshituvchi bolalarda ikkilamchi hodisa sifatida aqlan zaiflik kuzatilib boriladi. Natijada intelekti sog‗lom, eshitish qobilyati zaif bolalarni ham avli, ham eshitish qobilyati zaif bolalardan amalda ajratish ancha mushkul, ayniqsa ilk yoshlik chog‗larida. Hozirgi kunda ular uchun differensial – diagnostik me‘zonlar ishlab chiqilgan. Aqli va eshitish qobilyati zayf bolalar karlar yoki zaif eshituvchi bolalar maktab internatlarining yordamchi sinflarida yordamchi maktab dasturi bо‗yicha ta‘lim oladilar. Yordamchi sinflar kо‗rlar va zaif kо‗ruvchi bolalar maktab internatlari ham mavjud. Nutq nuqsoniga ega bо‗lgan bolalar Logopediya bu nutq buzilishlari xaqidagi maxsus ta‘lim va tarbiya vositasida nutq buzilishlarini о‗rganish, tuzatish va oldini olish xaqidagi pedagogik fandir. Logopediya nutq faoliyati buzilishining sabablari, mexanizmlari, alomatlari, oqimlari tarkibini о‗rganadi. Shuning uchun uni maxsus pedagogika sarasiga qо‗shadilar. Logopediya termini grekcha loges, peydeo sо‗zlaridan tashkil topgan bо‗lib, tarjimada tо‗g‗ri nutqni tarbiyalash ma‘nosini anglatadi. Fan sifatida logopediya nutq nuqsonini tuzatish, nutqiy faoliyati zaiflashgan shaxslarni о‗qitish va tarbiyalash jarayoni xisoblanadi. Logopediyani о‗rganish obyekti nutq nuqsoniga ega bо‗lgan shaxs. Adabiy tilda qabul qilingan nutq normasi bilan bir oz bо‗lsa ham chetga chiqish-bu nutq nuqsoni deb xisoblanadi. Zamonaviy logopediya strukturasi maktabgacha yoshli maktab bolalar logopediyasi, о‗smirlar va katta yoshdagilar logopediyasiga bо‗linadi. Logopediyaning asosiy maqsadi nutqida nuqsoni bor shaxslarni о‗qitish, tarbiyalash va qayta tarbiyalashning ilmiy asosalangan sistemasini ishlab chiqish, shuningdek nutq nuqsonining oldini olishdan iboratdir. Logopediya fani nutqida nuqsoni bor bolalarning shaxs sifatida har tomonlama rivojlan I.P.Pavlov ta‘limotiga muvofik nutq bosh miyaning murakkab psixo-fiziologik funksiyasini, uning ikkilamchi signal sistemasini о‗zida namoyon etadi. Birinchi va ikkinchi signallar sistemasi bir-biribilan uzviy bog‗langandir. Ikkinchi signal sistemasi birinchi sistema asosida shakllanadi. Ammo keyinchalik ikkinchi signal sistemasining birinchi signal sistemasiga tartibga soluvchi ta‘siri namoyon bо‗ladi. Sо‗z aloxida xususiyatning signali, umumlashtirish qurolidir. Birinchi va ikkinchi signal sistemalari orasidagi о‗zaro murakkab aloqalarni xisobga olish nutq buzilishini tuzatish, bо‗zilgan nutq va nutqsiz funksiyalarning о‗rnini bosish ustida samarali logopedik ish olib borish uchun imokniyat yaratadi. Download 270.99 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling