1-Mavzu: Mediasavodxonlik va axborot madaniyati evolyutsiyasi va uning jamiyatdagi ahamiyati Reja


Download 24.35 Kb.
bet6/7
Sana16.06.2023
Hajmi24.35 Kb.
#1505394
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
1-maruza

Axborot savodxonligiaxborotni tanlash, baholash, qayta ishlash va uzatish borasidagi ko‘nikmalar va malakalar majmuini bildiradi. Axborot savodxonligi axborotga egalik, uni baholash va axloqiy qoidalarga rioya qilgan holda foydalanishning muhimligini e’tirof etadi.
Axborot texnologiyalarining insonlar hayotiga ta’siri o‘sib borishi munosabati bilan xalqaro hamjamiyat insonni axborot jamiyatida yashashga tayyorlash muammolari haqida bosh qotirmoqda va ushbu qarash global darajada YuNESKO va IFLA hujjatlarida, jumladan, Media ta’lim bo‘yicha Gryunvald deklaratsiyasida (1982), “Axborot savodxonligi va butun umr davomida ta’lim olish bo‘yicha Aleksandriya deklaratsiyasi”da (2005 y.), “Parij dasturi va media ta’lim bo‘yicha 12 tavsiya” (2007 y.) hujjatlarida o‘z ifodasini topgan.
XXI asrning birinchi o‘n yilligi uchun YuNESKO va IFLA media savodxonlik va axborot savodxonligi integratsiyasi konsepsiyasini tashkil etuvchi yangi tashabbuslarni belgilab berdi. Ushbu g‘oya quyidagi xalqaro hujjatlarda o‘z ifodasini topgan:

  • Media va axborot savodxonligi to‘g‘risidagi Fes Deklaratsiyasi (Fes shahri, Marokash, 2011 yil 15–17 iyun);

  • IFLAning media va axborot savodxonligi bo‘yicha tavsiyalari (Gaaga shahri, Niderlandiya, 2011 yil 7 dekabr; Rossiya, 2012 yil 24–28 iyun) va bir qator boshqa hujjatlarda.

  • bugungi kunda sayyoramizda yashaydigan har bir insonning o‘zi axborot tashuvchisi va tarqatuvchisidir.

Mavzuni tuzatish uchun savollar

  1. Ibtidoiy davrga oid yozuvlar va turli tasvirlar ma’lumotmi?

  2. Qadimgi bitiklar va manbalarning mazmuni va mohiyati nimadan iborat? 3. Sharq va G‘arb xalqlari hayotida yozuvning ahamiyati nimada?

  1. Axborot tushunchasining mazmuni va mohiyati nimadan iborat?

  2. Axborot va ma'lumotlarni uzatishning eng qadimgi usullari haqida gapirib bering.

  3. Axborot manbalari sifatidagi ilmiy va badiiy adabiyotlar darajasini solishtiring. 7. Sharq va G’arb Uyg’onish davrida o’rta asrlarda axborotga munosabat qanday bo’lgan?

  1. Yevropadagi zamonaviy OAV haqida nimalarni bilasiz?

  2. Ilmiy va axborot vositalarining qiyosiy tahlilini o'tkazing.

  3. Iqtisodiyot, siyosat, ma’naviyat va madaniyat haqidagi ma’lumotlar, bunday ma’lumotlarning uzviyligi va o‘ziga xosligi.

  4. Axloqiy tashviqot va axloqiy tahdidlarning ijobiy va salbiy xususiyatlari qanday?

  5. Globallashuv davrida milliy axborot sohasining muammolari va еchimlarini aniqlang.




Download 24.35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling