1-Mavzu: Mehnat psixologiyasining tarixi va uning predmeti


Mehnat psixologiyasining predmeti va sistemasi


Download 331.92 Kb.
bet2/20
Sana22.11.2023
Hajmi331.92 Kb.
#1794007
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
Bog'liq
1-Mavzu Mehnat psixologiyasining tarixi va uning predmeti

Mehnat psixologiyasining predmeti va sistemasi
O’quv maqsadi - mehnat psixologiyasining asosiy predmetlari vazifalarini, uning sohalar sistemasini tushunish va malakali ishchilar tayyorlash yuzasidan olib boriladigan pedagogik faoliyatda o’z ixtisosi bo’yicha ularni hal qilishda bevosita ishtirok etish. Mehnat psixologiyasi psixologiya fanning bir sohasi bo’lib, turli mehnat faoliyatlaridan o’ziga xosligini ijtimoiy tarixiy va konkret ishlab chiqarish sharoiti, mehnat quroli, mehnat ta’limi metodlari ham psixologiyaning mehnatkash shaxs psixologik sifatiga ko’ra o’rganadi. Mehnat faoliyati - psixologik mohiyati mehnatkash shaxsi xususiyatlari (uning kasbiy qobiliyati sifatida) hamda uning ishlab chiqarish muhiti bilan o’zaro hamkorligi mehnat psixologiyasining predmetini tashqil qiladi.
Mehnat faoliyatining psixologik mohiyati mehnatkashga uning kasbi taqozo qiladigan psixik xususiyatlarga, holat va jarayonlarga qo’yiladigan talablardan iborat bo’ladi. Ishlab chiqarish faoliyatining har xil turlari (kasb va ixtisoslar) uni muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun ishchi shaxsining turli tuman xususiyatlarini, uning maqsadga yo’naltirilganligi, tajribani, xarakterni, qobiliyatni, psixik holatlarni, diqqat, e’tiborni, tasavvurni, xotirani, fikrlashni, emmosionallikni va psixomotorikani talab qiladi. Bu mazkur faoliyatga qobiliyatni belgilaydi. Mehnatkashning psixik xususiyatlari psixik jarayonlarining holati va xususiyati turlicha, ularning ishlab chiqarish faoliyati esa, muayyan sifatlarni talab qiladi. Ishlab chiqarishda mehnatkashlarga qo’yadigan talabi va mehnatkashning bu talablarini bajara olish imkoniyatlari o’rtasida qarama-qarshilik paydo bo’ladi. Bu o’zlashtirilayotgan mehnat turiga layoqatli yoki professional ta’lim jarayonida ham psixologik amaliy faoliyat davomida talab qilinadigan shaxsiy sifatlar rivojlanishi mumkin, texnologiya va texnik vositalarni insonning umumiy psixik xususiyatiga moslashtirish zarurati ana shundan kelib chiqadi.
Ishlab chiqarishda mehnatkashga qo’yadigan talab bilan mehnatkashning talabni qondirish imkoni o’rtasidagi ziddiyat yo’qolgan mehnat psixologiyasining birinchi asosiy muammosidirki, uni hal qilish ustida psixolog mutaxassislargina emas, balki muhandislar, texniklar, novator ishchilar va hunar-texnika ta’limi pedagoglari xam ishlamoqdalar. Bu muammoni hal qilish talablardan texnika vositalariga va ishlab chiqarish texnologiyasiga bog’liqligi tufayli murakkablashib boradi. Texnika vositalari va ishlab chiqarish texnologiyasi o’zgarib turadi, ular ayni paytda ishchilar psixikasiga bo’lgan talabni ham o’zgartiradi. O’z navbatida, psixika ham ma’lumotlar, tajribalar oshishiga, shaxs munosabatlaridan o’zgarishiga qarab o’zgarib turadi. Ishchilar o’zaro hamkorlik qiladigan ishlab chiqarish muhiti bu eng avvalo, ular bilan birgalikda bitta ishlab chiqarish zvenosida, brigadada hamda umuman, ishlab chiqarish jamoasida ishlaydigan kishilardir.
Jamoa o’zining har bir a’zosiga muayyan talablar qo’yadi. Jamoa va shaxsning o’zaro hamkorligidan mehnat psixologiyasining ikkinchi muhim muammosi - ishlab chiqarish jarayonida shaxslararo qulay munosabat hamda korxonada qulay ijtimoiy-psixologik muhit yaratish muammosi vujudga keladi.
Tashqi muhit - bu ishchi doimo o’zaro hamkorlik qiladigan mehnatning moddiy va estetik sharoiti hamda ishlab chiqarishning texnik vositalaridir. Ishning temperatura sharoiti, yoritishi va predmetlarning ishchilar kayfiyatiga va kayfiyatining borishiga ta’sir ko’rsatib, uning ishga yaroqliliga va unumdorligiga ijobiy yoki salbiy ta’sir qiladi. Ishchi boshqariladigan texnik vositalar o’zining murakkabliligi, mehnattalabligi, harakatchanligi tuzuk yoki buzuqligi, boshqarilishga qulay yoki noqulayligi va hatto tashqi ko’rinishi bilan ham uning psixikasiga ta’sir etadi. Biroq o’zaro hamkorlik ta’sir texnik vositalarni ishchi qanday holatga tushishi va qanday boshqarishga ham bog’liq.
Tashqi muhit ishning yuqori darajada ishchanligini ta’minlaydigan darajada ko’tarish mehnat psixologiyasining uchinchi eng asosiy muammosidir. Mehnatkashning ishchanligi. Ishning xarakterligi ish sur’ati, maromi mehnat va hordiqdan almashinib turishi texnologik jarayon birga ishlayotgan jamoa a’zolarining o’zaro hamkorligi ta’minlanadigan jismoniy aqliy asabga ham bog’liq. Bularning hammasi ishlab chiqarish mehnatini tashqil qilish sistemasi tomondan ta’minlaydi.
Mehnatkashlarning yuqori darajadagi ish qobiliyatini ta’minlash va ularning mehnat unumdorligini oshirish maqsadida mehnat jarayonlarini psixologik asoslash - mehnat psixologiyasining eng muhim muammolardan biridir. Mehnat psixologiyasi o’z muammolarni hal qilishda sifatni oshirish va mehnat faoliyatini yengillashtirish uchun hamda mehnatkashlarga kasbiy ta’lim berish va ularni muvaffaqiyatli tarbiyalash ular tomonidan kasb tanlash va uni o’zlashtirishni yaxshi ta’minlash uchun umumiy psixologiyani qonuniyatlaridan foydalanadi, shu bilan birga mehnat psixologiyasi o’zi spesifik qonuniyatini kashf etdi. Psixologik hodisalarni o’rganish ulardan mehnatda va ishchi shaxsini shakllantirishning foydalanish prinsiplarini ishlab chiqardi, bu bilan umumiy psixologiya fanni boyitadi. Mehnat psixologiyasi mustaqil soha sanaladigan sosial psixologiya bilan ham uzviy bog’langandir. Mehnat psixologiyasi o’z taraqqiyoti davomida mehnat haqida ko’pgina psixologik bilimlarni to’pladi va muayyan sistemaga keltirdi. Mehnat jarayonida ulardan oqilona mehnatkashlar ish layoqati va mehnat unumdorligini oshirishda katta samara beradi. Shuning uchun hozirgi sharoitda mehnat psixologiyasi to’g’risidagi bilimlarni to’plovchi va sistemalovchi fanigina emas va ishlab chiqarish kuchlaridan biri bo’lib xam qoldi.

Download 331.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling