1-Mavzu: Mehnat psixologiyasining tarixi va uning predmeti


-mavzu: Mehnat psixologiyasi metodlari


Download 331.92 Kb.
bet5/20
Sana22.11.2023
Hajmi331.92 Kb.
#1794007
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
Bog'liq
1-Mavzu Mehnat psixologiyasining tarixi va uning predmeti

3-mavzu: Mehnat psixologiyasi metodlari.
Reja :
1. Mehnat psixologiyasi metodlari haqida umumiy tushuncha
2. Mehnat psixologiyasining asosiy va yordamchi metodlari
3. Xulosa


Tayanch tushunchalar: metod, maqsadga yo’naltirilganlik prinsipi, amaliyotlarni kuzatish, ommaviy so’roq qilish, mehnat metodi, mehnat operasiyalarini obyektiv qayd etish, faoliyat mavsumlari tahlili, xato harakatlar tahlili, tarjimai hol metodi, xronometrik metod.
O’quv maqsadi - mehnat psixologiyasi metodlarining imkoniyatlarini tushunish hamda, o’qituvchilik faoliyatida ularning psixologik tadqiqot uchun eng qulaylaridan foydalanish imkoniyatiga ega bo’lish.
Mehnat psixologiyasi metodlari haqida umumiy tushuncha.
Mehnat psixologiyasi umumiy psixologiyaning asosiy metodlarining foydalanadi, ammo insonlar mehnat jarayonidagi psixik faoliyati o’ziga xos bo’lgani uchun, u o’z metodlariga ega, shuningdek, boshqa fanlardan ba’zi metodlaridan ham keng foydalanadi. Mehnat psixologiyasi metodlari qanday maqsadlar uchun qo’llanilishiga qarab to’rt xil bo’ladi.
1) ilmiy tekshirish institutlaridan malakali psixologlar tomonidan bajariladigan maxsus ilmiy tadqiqot metodi.
2) hunar-texnika bilim yurtlari o’qituvchilari va ishlab chiqarish ta’limi ustalari holida murabbiylar tomonidan ishlab chiqarishda mustaqil ravishda yoki ilmiy tadqiqot institutlaridan xodimlari bilan hamkorligida o’quv tarbiya ishlari metodikasining takomillashtirishda foydalanadigan psixologiya metodlari.
3) mehnat unumdorligini oshirish maqsadida ishlab chiqish muhandislari va malakali ishchilar hamda ishlab chiqish novatorlari amalga oshiradigan ilmiy amaliy ishlar metodi.
4) dastlab faqat ilmiy amaliy tekshirish ishlari uchun qo’llaniladigan, ammo asta-sekin sinov ishlarini o’tkazish jarayoniga ko’chadigan bir qator metodlar.
Mehnat psixologiyasining amaliy vazifalarini hal qilish, jumladan kishilar qobiliyatini aniqlash va normalashda qo’llaniladigan sinov ishlari qat’iy ilmiy asosga ega bo’lishi va o’rgatilayotgan psixik hodisa tabiatga mos kelishi lozim. Ilmiy texnika jarayonining hozirgi sharoitda mehnat psixologiyasining muhim vazifalardan biri - muhandis pedagoglar, ishlab chiqish ta’limi ustalari, muhandislar va novator ishchilarini psixologik tadqiqot metodlari bilan qurollantirishdan iborat. Ana shunda ular bu metoddan keng foydalanib, pedagogik va ishlab chiqarish mahoratlarini takomillashtiradilar, ayni choqda o’z tajribalari bilan mehnat psixologiyasini boytadilar.
Mehnat psixologiyasini amaliy qo’llanishga oid bir qator asosiy talablar mavjud. Birinchi navbatda ular o’zini vujudga keltirgan nazariya u yordamida hal qilanadigan vazifalar va bu vazifalar hal qilinadigan sharoitlar mos kelishi zarur. O’rganishning obyektiv prinsipi o’rganilayotgan hodisaning yuzaki ko’rinishi va haqdosh o’zining fikrlari bilan chegaralanib qolmasdan, balki uni boshqaradigan qonuniyatlarni topish, o’z xulosalarini qayd etilgan faktlar bilan asoslashni talab qiladi. Har bir mehnat faoliyati har bir ishchi shaxsida bo’lganidek, o’zining psixologik strukturasiga ega bo’lib, turli xil metodlar bilan uni o’rganishda kashf etiladi: konkret mehnat faoliyati yoki shaxsning barcha psixologik strukturalari teng emas: ularning ayrim kasb uchun komponentlari faoliyatni eng so’nggi samarasi sezilarli ta’sir qiladi, boshqalari esa mutlaqo ta’sir qilmasligi mumkin, uning ayrim komponentlari noqulay sharoitlarda barqaror bo’lish mumkin, boshqasi o’ta yaroqsiz bo’ladi.
Mehnat faoliyatining psixologik strukturasi o’rganilganda ham kasb uchun muhim, ham oson yaroqsiz bo’ladigan komponentlarga xam alohida e’tibor berish zarur. Shaxs va faoliyatning birligi prinsipi mehnat faoliyatini o’rganishda shaxs xususiyatlarini hisobga olishni talab qiladi, bunda uning kasb uchun muhim xususiyatlarini bir emas, bir necha faoliyat turida o’rganish zarur. Ishchi shaxsi va uning mehnat faoliyatini qulay va noqulay tashqi omillar ta’sirida rivojlanishi va o’zgarishi bir marta o’tkazilsa, dastlabki ish ahamiyatiga ega bo’ladi. Metodlarning qo’llanilishi hamma vaqt maqsadga yo’naltirilganlik prinsipiga muvofiq bo’lishi, ya’ni tekshiruvchiga qanday amaliy yoki nazariy masalani hal qilish zarurligi aniq bo’lmog’i kerak. Metod hal qilinayotgan vazifaga bo’ysundirilgan bo’lishi lozim. Aslo vazifa metodga qo’llanmasligi kerak. Chunki mehnat psixologiyasi bo’yicha tadqiqotlar u kim tomonidan o’tkazilsa, amaliyotning savollarga javoblarni ilmiy asoslash maqsadiga ega bo’ladi.
1) Amaliyotlarni keng kuzatish va ommaviy so’rab o’rganish.
2) To’plangan materiallarni tahlil qilish va eng aktual psixologik muammolarni aniqlash maqsadida e’tiborga loyiq fikr va takliflarni saralash.
3) Hal qilinayotgan muammoga tegishli metodlarni qo’llanish bilan ishchilar gipotezasini va tadqiqot metodikasini ishlab chiqish. Har qanday masala birgina metod bilan emas, balki bir-birini to’ldiruvchi bir necha metodlar bilan hal qilingani ma’qul. Mehnat psixologiyasining umumiy metodlari haqidagi tushunchalarning o’zlashtirilishini tekshirish.
1. Metod psixologiyasi qanday turlarga bo’linadi, metodlarning har biri kim tomonidan va qanday maqsadga foydalaniladi.
2. Nima uchun mehnat psixologiyasiga oid tekshiruvlarga ishlab chiqish va hunar-texnika bilim yurtlarining xodimlari jalb qilinadi.
3. Mehnat psixologiyasi metodlari nimaga muvofiq bo’lishi zarur.
4. Tadqiqot metodi nimaga bo’ysundirilgan bo’lishi kerak.

Download 331.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling