Amir Temurning iqtisodiy g‘oyalari - Amir Temurning iqtisodiy g‘oyalari uning «Temur tuzuklari» asarida bayon etilgan. Unda sohibqironning mamlakatni boshqarish, uni rivojlantirish qoidalari, yo‘l-yo‘riqlari o‘z ifodasini topgan. Asarda iqtisodiyotni tashkil etish, barqarorlashtirish, tartibga solib borish, mehnat va uni tashkil etish masalalariga keng o‘rin berilgan. Sohibqironning iqtisodiy siyosati zamirida inson, uning manfaati, farovon va tinch hayot kechirish tashvishlari yotadi. U odamlarga kasb-hunar o‘rgatish, ularni ish bilan ta’minlash, tadbirkorlik va tijorat ishlari bilan mashg‘ul bo‘luvchilarga etarli sarmoya berish, nogironlarga uy-joylar qurib berish yo‘l- yo‘riqlarini bayon qiladi. «Temur tuzuklari»da quyidagilarni o‘qish mumkin: «Kasb-hunar va ma’rifat ahillariga saltanat korxonalaridan ulush berilsin, bilagida kuchi bor faqir-miskinlar esa o‘z ahvoli va kasbkoriga qarab yo‘l tutsinlar» Sohibqironning yuqoridagi iqtisodiy qoidalari bozor iqtisodiyotini shakllantirish, yangicha iqtisodiy tarbiyani yo‘lga qo‘yish ishlarida biz uchun muhim yo‘llanma, tarixiy yo‘l-yo‘riq bo‘lib xizmat qiladi.
Mirzo Ulug‘bek iqtisod ilmiga, iqtisodiyotni rivojlantirish bo‘yicha qarashlar - Mirzo Ulug‘bek Muhammad Tarag‘ay (1394-1449) podsholik, olimlik va mutafakkirlik faoliyatida ulug‘ bobosi Amir Temur vasiyatlari va uning ko‘rsatmalariga to‘la asoslangan. Uning 40 yillik hukmronligi davrida mamlakatda barqarorlik, tinchlik, hamjihatlik, iqtisodiy ravnaq, katta ijodkorlik hukm surgan. Ulug‘bek (Muhammad Tarag‘ay) [13923, Sultoniya sh., Eron Ozarbayjoni – 1449. 210, Samarqand] – buyuk o‘zbek astronomi va matematigi, davlat arbobi. Ulug‘bek fan va madaniyat tarixida so‘nmas iz qoldirilgan Ulug‘bekning ilmiy merosi uning «Zij» kitobidir. SHu bilan bir qatorda mehnat, iqtisodiyot bo‘yicha ham ko‘plab taxsinga sazovor o‘gitlar qoldirgan.
- Mirzo Ulug‘bek faoliyatida iqtisod ilmiga, iqtisodiyotni rivojlantirish va barqarorlikni ta’minlashga katta e’tibor bergan. U shunday iqtisodiy o‘zgarishlar (islohotlar)ni amalga oshirganki, ular natijasida iqtisodiy inqirozlarning oldi olingan, davlatning qudrati yuksak darajaga ko‘tarilgan. Bunday islohiy o‘zgarishlarning zamirida mehnat munosabatlari bilan bog‘liq muammolarning echimini ta’minlash, xususan, adolatli taqsimot orqali yaxshi unumdorlikni ta’minlash, mehnat intizomini yaxshilash, mehnat samaradorligini oshirish masalalarining to‘g‘ri amalga oshirilishi yotadi.
E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT - E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT
Do'stlaringiz bilan baham: |