1-mavzu. Mehnat va uning jamiyat taraqqiyotida tutgan o‘rni (4 soat)
farovon va tinch hayot kechirish tashvishlari yotadi
Download 0.54 Mb. Pdf ko'rish
|
1 мавзу Mehnat va uning jamiyat taraqqiyotida tutgan o’rni
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mirzo Ulug‘bek Muhammad Tarag‘ay (1394-1449)
farovon va tinch hayot kechirish tashvishlari yotadi. U odamlarga kasb-hunar
o‘rgatish, ularni ish bilan ta’minlash, tadbirkorlik va tijorat ishlari bilan mashg‘ul bo‘luvchilarga yetarli sarmoya berish, nogironlarga uy-joylar qurib berish yo‘l- yo‘riqlarini bayon qiladi. «Temur tuzuklari»da quyidagilarni o‘qish mumkin: «Kasb-hunar va ma’rifat ahillariga saltanat korxonalaridan ulush berilsin, bilagida kuchi bor faqir-miskinlar esa o‘z ahvoli va kasbkoriga qarab yo‘l tutsinlar», «sarmoyasi qo‘lidan ketib qolgan savdogarga o‘z sarmoyasini qaytadan tiklab olish uchun xazinadan yetarli miqdorda oltin berilsin», «kuchi 6 Азимов А. Ислом ва ҳозирги замон. - Т.: Ўзбекистон, 1991, 56-б. yetmaydigan dehqonlarga ekin-tikin uchun urug‘lik va asbob-uskunalar tayyorlab berilsin», «fuqarolardan uy-joyi buzilib tuzatishga qurbi yetmaganlarga kerakli narsalarni yetkazib berib, ularga yordam berilsin»7. Sohibqironning yuqoridagi iqtisodiy qoidalari bozor iqtisodiyotini shakllantirish, yangicha iqtisodiy tarbiyani yo‘lga qo‘yish ishlarida biz uchun muhim yo‘llanma, tarixiy yo‘l-yo‘riq bo‘lib xizmat qiladi. Ayniqsa, kasb-hunar o‘rganish, yoshlarni tarbiyalashda ma’naviyat va ma’rifat ishlarini rivojlantirish kabi masalalar mamlakatimizda amalga oshirilayotgan milliy dasturda o‘z ifodasini topmoqda. Mirzo Ulug‘bek Muhammad Tarag‘ay (1394-1449) podsholik, olimlik va mutafakkirlik faoliyatida ulug‘ bobosi Amir Temur vasiyatlari va uning ko‘rsatmalariga to‘la asoslangan. Uning 40 yillik hukmronligi davrida mamlakatda barqarorlik, tinchlik, hamjihatlik, iqtisodiy ravnaq, katta ijodkorlik hukm surgan. Ulug‘bek (Muhammad Tarag‘ay) [1394.22.3, Sultoniya sh., Eron Ozarbayjoni – 1449. 27.10, Samarqand] – buyuk o‘zbek astronomi va matematigi, davlat arbobi. Ulug‘bek fan va madaniyat tarixida so‘nmas iz qoldirilgan Ulug‘bekning ilmiy merosi uning «Zij» kitobidir. Shu bilan bir qatorda mehnat, iqtisodiyot bo‘yicha ham ko‘plab taxsinga sazovor o‘gitlar qoldirgan. Ulug‘bek siymosi Pulkovo rasadxonasi, Moskva universiteti konferenszallarida dunyodagi mashhur olimlarning portretlari qatoridan joy olgan. Samarqandda Ulug‘bekning memorial muzeyi tashkil etilgan. Toshkentda O‘zbekiston milliy universiteti, tuman, planetariy, ko‘cha, mahalla, metro stansiyasi, istirohat bog‘i, shaharcha Ulug‘bek nomi bilan ataladi. Farg‘ona pedagogika universiteti, Samarqand arxitektura-qurilish instituti, Kitob xalqaro kenglik stansiyasi, qishloq, maktab va boshqalarga Ulug‘bek nomi berilgan. Mirzo Ulug‘bek faoliyatida iqtisod ilmiga, iqtisodiyotni rivojlantirish va barqarorlikni ta’minlashga katta e’tibor bergan. U shunday iqtisodiy o‘zgarishlar (islohotlar)ni amalga oshirganki, ular natijasida iqtisodiy inqirozlarning oldi olingan, davlatning qudrati yuksak darajaga ko‘tarilgan. Bunday islohiy o‘zgarishlarning zamirida mehnat munosabatlari bilan bog‘liq muammolarning yechimini ta’minlash, xususan, adolatli taqsimot orqali yaxshi unumdorlikni ta’minlash, mehnat intizomini yaxshilash, mehnatsamaradorligini oshirish masalalarining to‘g‘ri amalga oshirilishi yotadi. Download 0.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling