1-mavzu. Mehnat va uning jamiyat taraqqiyotida tutgan o‘rni (4 soat)
Download 0.54 Mb. Pdf ko'rish
|
1 мавзу Mehnat va uning jamiyat taraqqiyotida tutgan o’rni
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1.1. Mehnat to‘g‘risidagi fanning yuzaga kelishida Arastudan A. Smitgacha bo‘lgan davr
1-MAVZU. MEHNAT VA UNING JAMIYAT TARAQQIYOTIDA TUTGAN O‘RNI (4 soat) (1-ma’ruza mashg‘uloti (2 soat)) 1.1. Mehnat to‘g‘risidagi fanning yuzaga kelishida Arastudan A.Smitgacha bo‘lgan davr 1.2. Qiymatga oid mehnat nazariyasining rivojlanishida D.Rikardo ta’limoti 1.3. Mehnat to‘g‘risidagi nazariyaning rivojlanishida J.B.Sey, marjinalchilar va yangi klassiklarning roli (2-ma’ruza mashg‘uloti (2 soat)) 1.4. Mehnat munosabatlarini davlat tomonidan muvofiqlashtirish nazariyasini yaratishda I.Shumpeter, J.M.Keyns va yangi klassik sintezlarning qarashlari 1.5. Mehnat to‘g‘risidagi fanning yuzaga kelishida islom iqtisodiyoti mafkurachilari va Sharq iqtisodiy tafakkurining o‘rni 1.1. Mehnat to‘g‘risidagi fanning yuzaga kelishida Arastudan A. Smitgacha bo‘lgan davr Mehnat to‘g‘risidagi fanning yuzaga kelishi va rivojlanishi insoniyat tarixiga bevosita ta’sir ko‘rsatgan nazariyalar bilan bog‘langan. Zero ular insonning eng muhim, uni boshqa jonzodlardan farqlaydigan mohiyati – mehnat qilish qobiliyati, ya’ni tabiat ashyolarini ongli ravishda o‘zgartira borib, ularni o‘z talab- ehtiyojlariga moslashtira olishiga taalluqlidir. Mutafakkirlar, iqtisodchi-olimlar, amaliyotchi arboblar e’tiborini band qilgan va natijada jamiyatning rivojlanish sur’atlarini ko‘p darajada belgilagan mehnat to‘g‘risidagi masala ko‘p qirrali bo‘lib, u uzoq tarixga ega. Avseto ma’lumotlariga qarab shu davrdagi jamiyatning ijtimoiy ahvolini bilib olish mumkin. Bu davrda urug‘ jamoasi yemirilib, dastlabki sinf (kasta)lar paydo bo‘lganligi ayondir, ular qohinlar, harbiylar, chorvadorlar va hunarmandlar, demak, ilk sinfiy jamiyat yuzaga kelayotgan davr bo‘lgan. Aholi ko‘proq yarim ko‘chmanchilik asosida kun kechirgan. Ekstensiv chorvachilik yetakchi edi. Aristotelning g‘oyalarida ikkala yo‘nalish kurtaklari mavjud. U qiymat qonuni muammosini qo‘yadi, lekin unga to‘la javob topa olmaydi. U almashuvda tovar qiymatlari tenglashtirilishini ko‘radi. “Nikomaxov axloqi” asarida u shunday fikr yuritadi: “Jamiyat ikki vrachdan tashkil bo‘lmaydi, balki vrach va behqondan, umuman bir xil va teng bo‘lmaganlardan tashkil topadi. Ana shunday odamlarni bir-biriga tenglashtirish zarur. Shuning uchun almashuvga uchraydigan barcha narsalarni tenglashtirish, solishtirish zarur. Xullas, hamma narsa biror narsa bilan o‘lchanishi kerak. Etikdo‘z mahsulotining behqon mahsulotiga, dehqon mahsulotining etikdo‘z mahsulotiga bo‘lgan to‘g‘ri munosabati, to‘g‘ri tenglamasi topilishi kerak”. Lekin o‘sha narsa nima ekanligi aytilmaydi. Savolga javob izlab u o‘z fikrini shunday davom ettiradi: “biz nima uchun almashamiz, chunki menga sening tovaring, senga esa mening tovarim kerak”, degan oddiy xulosaga keladi. Platon (Aflotun) “Davlat” va “Qonunlar” asarlarida ideal davlat qanday bo‘lishi kerakligini ochib bermoqchi bo‘ldi. Uningcha, bu davrda xususiy mulk va erkin xo‘jalik tashabbusiga o‘rin yo‘q. U aholini uch toifaga ajratgan: 1. Faylasuflar – davlatni boshqaruvchilar. 2. Harbiylar – davlatni boshqarish apparatining bir qismi bo‘lib, ular biror mulk egasi bo‘lish huquqiga ega emas, iste’mol qilish esa ijtimoiy xususiyatga ega bo‘lishi kerak. 3. “Qora” toifa – dehqon, hunarmand va savdogarlardan bo‘lib, ular mulk egasi bo‘lishi kerak. Platon (Aflotun)(miloddan avvalgi 428-348 yillar). Bu olimning mehnat taqsimoti, tovar, pul va savdogarlarning ajralib chiqishi o‘rtasidagi aloqadorlik to‘g‘risidagi fikrini o‘sha davr uchun buyuk kashfiyot deb baholash mumkin. Ammo Aflotun qulchilikka asoslangan natural xo‘jalikni himoya qildi, pulni jamiyatdagi dushmanlikning bosh sababchisi deb bildi. Aflotun qullarni fuqarolar deb tan olmadi va ularni biror toifaga kiritmadi. Shunday qilib, Aflotun o‘zining ideal, ya’ni bekamu ko‘st davlatini barpo etar ekan, qulchilikni abadiy saqlash tarafdori edi. Sharq mamlakatlarida feodal munosabatlar III-VIII asrlarda shakllana boshladi. Bu yerlarda pul, mehnat munosabatlari biroz yengillashdi. Davlat xususiy egalik va foydalanish uchun yer ajrata boshladi. Xususiy yer egaligining turli shakllari saqlangani holda davlat asosiy va unumdor yerning egasi sifatida, zarur paytda xususiy xo‘jaliklarning barcha ishlariga bemalol aralashish, yer solig‘ini yig‘ish huquqini yo‘qotgan emas. Shu sababli Sharqda “davlat feodalizmi”ning turli shakllari saqlandi va iqtisodiy qarashlarda ham o‘z aksini topdi. Sharq iqtisodiy tafakkurining rivojlanishida arab mutafakkiri Ibn Xaldun Abdurahmon Abu Zayd (1332- 1406)ning hissasi benihoya katta (Tunisda tug‘ilgan, Fes sultonida xattot-kotib bo‘lgan). 1382 yili Qohiraga kelib mudarrislik qilgan, keyinroq qozi bo‘lgan. Asosiy asari “Kitob-ul-ibar” (“Ibratli misollar kitobi”, 1370 y.). U birinchilardan bo‘lib, tarixiy- ijtimoiy taraqqiyotning moddiy tamoyillarga asoslanishi haqida fikr yuritdi, G‘arb olimlari Makiavelli, Monteskega katta ta’sir ko‘rsatdi. Olimning konsepsiyasi “ijtimoiy tabiat”ga yaqin, jamiyat rivoji (evolyusiyasi) oddiylikdan sivilizatsiya saridir. Mehnat to‘g‘risidagi fanning rivojlanishida asosiy bosqich rolini o‘ynagan, iqtisodiy nazariya fan sifatida shakllangan va klassik deb nomlanadigan siyosiy iqtisodni boshlab bergan, uning asoschilari bo‘lgan ingliz olimi Uilyam Petti va fransiyalik sudya Per Buagilberdir. Uilyam Petti (1623-1687) – ingliz iqtisodchisi va statistikachisi. 1623 yilning 26 mayida Ramsida yashaydigan, uncha boy bo‘lmagan movut tayyorlab chiqaruvchi hunarmand oilasida tug‘ilgan. Petti iqtisodiy fan tarixida sezilarli iz qoldirdi. Ba’zi mualliflar uni merkantilizmning atoqli vakili deb biladilar, boshqa mualliflar uning asosiy xizmatini tadqiqotlar statistik-iqtisodiy usulining asoslari yaratganligidan iborat deb biladilar. Petti aholi, uning ko‘payishi, joylashishi, ish bilan bandligi masalalari bilan shug‘ullanar edi va uni Jon Graunt bilan bir qatorda demografik statistikaning asoschilari Download 0.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling