1-mavzu. Mehnat va uning jamiyat taraqqiyotida tutgan o‘rni (4 soat)


 Mehnat to‘g‘risidagi fanning yuzaga kelishida islom iqtisodiyoti


Download 0.54 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/9
Sana14.09.2023
Hajmi0.54 Mb.
#1678071
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
1 мавзу Mehnat va uning jamiyat taraqqiyotida tutgan o’rni

1.5. Mehnat to‘g‘risidagi fanning yuzaga kelishida islom iqtisodiyoti 
mafkurachilari va Sharq iqtisodiy tafakkurining o‘rni 
O‘rta Osiyo xalqlarining iqtisodiy bilimlarini egallashlarida islom dinining 
tarqalishi, uning iqtisodiy g‘oyalari ijobiy ahamiyatga ega bo‘lgan. Ma’lumki, 
islom iqtisodiy g‘oyalari musulmonlarning muqaddas kitobi «Kur’oni Karim»da, 
Payg‘ambarimiz Muhammad Mustafo sallallohu alayhi vasallam (570-632) 
Xadislarida, mashhur «Muhtasar» deb nomlangan kitobda va boshqa ko‘plab 
tarixiy kitoblarda o‘z ifodasini topgan. 
«Kur’oni Karim»da iqtisodiyotga oid juda ko‘p ko‘rsatmalar bilan bir qatorda 
mehnat qilish va mehnat orqali hayot kechirishga da’vat qilingan. Mehnat har bir 
musulmon uchun ham bu dunyo, ham u dunyoda halovat ko‘rishning manbai deb 
tushuntiriladi. 
Inson jamiki boyliklari, hayot quvonchlarini mehnat, faqat mehnat orqali 
yaratadi. «Islom iqtisodiyoti» mafkurachilari ham mehnat va mehnatkashlikni 
ulug‘laydilar, uning ildizlarini islom ko‘rsatmalari bilan bog‘laydilar. Mehnatni 
musulmon odamning muqaddas vazifasi, ijtimoiy taraqqiyotning so‘zsiz sharti deb 
biladilar. Masalan, Muhammad ash-Sharani «Islomda ijtimoiy kafolat» degan 
kitobida shunday yozadi: «Mehnat – muqaddas ish bo‘lib, islom unga jiddiy 
munosabatda bo‘lishga da’vat etadi. Inson mehnati uning aqli va tanasining 
faoliyatidir. Ko‘pincha inson mehnatdan zavq-shavq oladi. Mehnat ijtimoiy 
zulmga qarshi yo‘ldir»6. 
Amir Temurning iqtisodiy g‘oyalari uning «Temur tuzuklari» asarida bayon 
etilgan. Unda sohibqironning mamlakatni boshqarish, uni rivojlantirish qoidalari, 
yo‘l-yo‘riqlari o‘z ifodasini topgan. Asarda iqtisodiyotni tashkil etish
barqarorlashtirish, tartibga solib borish, mehnat va uni tashkil etish masalalariga keng 
o‘rin berilgan. 
Sohibqironning iqtisodiy siyosati zamirida inson, uning manfaati

Download 0.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling