1-mavzu. Mehnat va uning jamiyat taraqqiyotida tutgan o‘rni (4 soat)


Mehnat to‘g‘risidagi fanning rivojlanish yo‘nalishiga hissa qo‘shgan olimlar


Download 0.54 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/9
Sana14.09.2023
Hajmi0.54 Mb.
#1678071
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
1 мавзу Mehnat va uning jamiyat taraqqiyotida tutgan o’rni

Mehnat to‘g‘risidagi fanning rivojlanish yo‘nalishiga hissa qo‘shgan olimlar 
va ularning asosiy g‘oyalari
D. Rikardo mehnat to‘g‘risidagi iqtisodiy nazariya yo‘nalishlaridan birining 
asoschisi hisoblanadi. U «Siyosiy iqtisod va soliq solish asoslari» asarida bunday 
deb yozgan edi: «Tovarning qiymati yoki u ayirboshlanayotgan birorta boshqa 
tovarning miqdori uni ishlab chiqarish uchun sarflangan mehnatga to‘lanadigan 
ko‘proq yoki kamroq haqqa emas, balki shu mehnatning nisbiy miqdoriga 
bog‘liq»2. 
Har qanday nazariyaning asosida bir butun nazariy konstruksiya bunyod 
etiladigan boshlang‘ich qoidalar bo‘ladi. Agar boshlang‘ich qoidalar benuqson 
bo‘lsa, nazariya ham hayotiy bo‘lib chiqadi yoki aksincha bo‘lishi mumkin. 
Mehnat to‘g‘risidagi nazariya quyidagi ikki asosga tayangan: 
Mavhum inson mehnati tovarlar qiymatining yagona manbai hisoblanadi. 
Ishchi kuchi insonning o‘z qiymatidan ko‘proq qiymat yaratadigan mehnat 
qobiliyati bo‘lib, klassik iqtisodchi olimlar A. Smit, D. Rikardolar tomonidan 
ishlab chiqilgan qiymatga oid mehnat nazariyasi va tovarlar qiymatining negizida 
mehnat yotadi, degan qoidaga tayangan. 
Bu o‘rinda shuni aytib o‘tish kerakki, fransiyalik iqtisodchi Jan Batist Sey 
ishlab chiqarish omillari nazariyasini 1803 yilda yaratgan bo‘lib, bu nazariyaga 
ko‘ra qiymat mehnat, yer va kapital kabi omillarning amal qilishi bilan belgilanadi. 
Mehnat to‘g‘risidagi nazariyaning ikkinchi boshlang‘ich mulohazasi 
uning «ishchi kuchi» tushunchasining o‘ziga xos talqinini kiritganligidadir. 
Ishchi kuchi yoki mehnat qobiliyati deganda biz inson organizmi, insonning tirik 
shaxsi ega bo‘lgan va u har safar biron-bir iste’mol qiymatini ishlab 
chiqarayotganida ishga soladigan jismoniy va ruhiy qobiliyatlarining yig‘indisini 
tushunamiz. 
Ishchi kuchi deganda odamlarning turli toifalari tushunilgan. Hozirgi kunda 
ushbu ta’rifdan tashqari yana bir qancha ta’riflar mavjud. 
- Ishchi kuchi deganda yoshi 16 dan oshgan va shu vaqtda ishlab turgan 
yoxud faol ravishda ish izlayotgan, yoxud ishdan bo‘shaganidan keyin uning 
xizmatlariga yana murojaat qilishlarini kutadigan xodimlar nazarda tutiladi - 
hozirgi amerikalik mehnat iqtisodiyoti tadqiqotchilari ishchi kuchi tushunchasini 
ana shunday talqin qiladilar3; 
2
Антология экономической классики. Т.1, 402-б. 
3
Эренберг Р.Д., Смит Р.С. Современная экономика труда. Теория и государственная 
политика/ Пер. с англ. - М., 1996, 34-б.


Ishchi kuchini mehnatga qodirlik deb talqin qilsa bo‘ladigan ko‘rinadi. 
Bunday talqin qilinganda insonning mehnat salohiyati, uning imkoniyatlari nazarda 
tutiladi. Bunda kuch jismoniy hodisa sifatida namoyon bo‘ladi (fizikaning bo‘limi 
– mexanikada kuch deganda harakat oqibatida jismning holatidagi o‘zgarishlar, 
masalan, uning tezlashishi yoki deformatsiya ro‘y beradigan bir moddiy jismning 
boshqa moddiy jismga mexanik ta’sir ko‘rsatishi miqdori bo‘lgan o‘lcham 
tushuniladi; kuch muayyan son qiymati, ta’sirning makonda yo‘nalganligi va 
qo‘llanish nuqtasi bilan tavsiflanadi). Kuchning shunday tushunilishidan kelib 
chiqib, ishchi kuchi yoki xodimning kuchi deb amalga oshganidan keyin o‘z 
imkoniyatlariga miqdoran to‘g‘ri keladigan muayyan mehnat majburiyatlarini 
bajarishga qodirlikni atash mumkin. To‘liq kuch bilan ishlansa, natija kuchning 
imkoniyatiga teng bo‘ladi, masalan, yarim kuch bilan ishlaganda esa natija imkon 
darajasining yarmiga teng bo‘ladi. 
Shuni takror aytamizki, «ishchi kuchi» tushunchasini insonning mehnatga 
qodirligi ma’nosida belgilashni kiritibgina qolmay (mehnat uchun odam resursi 
deb emas), balki ushbu tushunchaning jismoniy ma’nosidan farqli o‘laroq 
imkoniyat o‘lchami olingan natijalarga to‘g‘ri kelmasligi, ayni ishchi kuchi 
qiymati va uning qo‘llanilishi bo‘lgan mehnatning qiymati ayni bir narsa emasligi 
to‘g‘risidagi qoidani ham ta’riflash lozim. Ishchi kuchi qiymati deganda xodim va 
uning oilasini tiklash uchun zarur bo‘lgan mablag‘lar miqdori tushuniladi, mehnat 
yaratadigan qiymatning o‘lchami esa ishchi kuchining qiymatidan kattaroqdir va 
ushbu farqni qo‘shimcha qiymat sifatida tushunish kerak. 
Korxona egasining mehnat narxi bo‘lgan ish haqini to‘lashdan tashqari, 
xodimlarni yollash va ulardan foydalanish bilan bog‘liq boshqa sarf-xarajatlar
masalan, ijtimoiy to‘lovlar, xodimlarni tayyorlash xarajatlari va boshqa sarf-
xarajatlar borligi boshqa gap. Xalqaro Mehnat Tashkiloti e’lon qilgan ayrim 
materiallarda sarf-xarajatlarning ushbu toifasi ishchi kuchining qiymati deb 
nomlangan, bu esa bizningcha, noto‘g‘ri fikr bo‘lib, uni aniqlashtirish talab 
qilinadi. Ularni asl mohiyatiga qarab, xodimlarni yollash sarf-xarajatlari deb 
nomlash kerak. 
Shunday qilib, qiymatga oid mehnat nazariyasi haqiqiy hayotda masala 
qanday kechishini tushuntirib berishga ojizlik qildi, binobarin, bu nazariya aslida 
noto‘g‘ri bo‘lgan, degan xulosaga kelsak bo‘ladi. 

Download 0.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling