1-mavzu. Mehnat va uning jamiyat taraqqiyotida tutgan o‘rni (4 soat)
Mehnat to‘g‘risidagi nazariyaning rivojlanishida J.B. Sey
Download 0.54 Mb. Pdf ko'rish
|
1 мавзу Mehnat va uning jamiyat taraqqiyotida tutgan o’rni
1.3. Mehnat to‘g‘risidagi nazariyaning rivojlanishida J.B. Sey,
marjinalchilar va yangi klassiklarning roli Atoqli fransuz iqtisodchisi, ishlab chiqarish omillari nazariyasining muallifi Jan Batist Sey mehnat to‘g‘risidagi nazariyani rivojlantirishda boshqa yo‘ldan bordi. «Siyosiy iqtisod bo‘yicha traktat» J.B. Seyning bosh asari bo‘lib, u besh marta qayta nashr etilgan. Hayotining so‘nggi yillarida J.B. Sey olti tomdan iborat «Siyosiy iqtisod to‘la kursi»ni tayyorladi va nashr ettirdi. Jan Batist Sey (1767, 1832) – fransuz iqtisodchisi, vulgar siyosiy iqtisodning birinchi namoyandalaridan biri. Burjuaziyaning yirik ideologi, erkin savdo va iqtisodiy hayotga davlat aralashmasligining tarafdori. Siyosiy iqtisod professori (1819 yildan). Uning asarlari hozirgacha o‘zbek tiliga tarjima qilib nashr etilmagan. J.B. Seyning «Siyosiy iqtisod bo‘yicha traktat» asari rus tilida 2000 yil Rossiyaning «Delo» nashriyoti tomonidan qaytadan chop etildi. Sey siyosiy iqtisodni uch qismga bo‘ladi: ishlab chiqarish, taqsimot va iste’mol. Bu tasnif takror ishlab chiqarish jarayoni unsurlari o‘rtasidagi yuzaki bog‘lanishni aks ettiradi. Taqsimot va iste’molning iqtisodiyot fanining mustaqil qismlari sifatida ajratilishi va ularning mustaqil soha sifatida ishlab chiqarish bilan yonma-yon qo‘yilishi tufayli ijtimoiy ishlab chiqarish jarayoni unsurlari o‘rtasidagi haqiqiy aloqalar buzib ko‘rsatiladi, chunki ma’lum tipdagi ishlab chiqarish munosabatlari doim taqsimot va iste’molning ma’lum tarkibini vujudga keltiradi. Shunday qilib, J.B. Sey talab va taklif qonuni asosida xizmatlar narxi, ya’ni renta, foiz va ish haqining darajasi bilan bir qatorda mahsulotlarning narxini tartibga soldi. Tadbirkor tufayli mahsulotlar qiymati «turli ishlab chiqarish xizmatlari» o‘rtasida taqsimlanadi, turli xizmatlar esa ishlab chiqarish o‘rtasida ularning talablariga muvofiq ravishda taqsimlandi. Uning boyliklarni taqsimlash nazariyasi ayirboshlash va ishlab chiqarish nazariyasi bilan uyg‘un ravishda muvofiqlashdi. Boyliklarni taqsimlashning ushbu nihoyatda oddiy chizmasi fanda haqiqiy olg‘a Karl Menger (1840-1921) – Avstriya iqtisodchisi, Avstriya iqtisodiyot maktabining asoschisi. Galitsiyadagi Ney-Sandesda (hozirgi Polshaning Novi-Sonch degan joyida) 1840 yilning 23 fevralida tug‘ilgan. Vena bilan Praganing universitetlarida ta’lim olgan, Krakov universitetida doktorlik darajasini olgan (1867), 1873 yilda Vena universitetining iqtisodiyot professori etib tayinlangan. Menger Avstriya iqtisodiyot maktabining va “o‘ta foydalilik” nazariyasining asoschisi hisoblanadi. Ushbu nazariyaga ko‘ra narx va taqsimot iste’mol tovarlarining sub’ektiv amaliy qadriga asoslanadi. Uilyam Stenli Jevons (1835-1882) – ingliz iqtisodchisi va mantiqchisi. Liverpulda tug‘ilgan. London universitetining Yuniversiti-kollejida o‘qigan. 1866-1875 yillarda Manchester universitetining Ouenz kollejida mantiq, falsafa va siyosiy iqtisod professori bo‘lgan. Jevons “o‘ta foydalilik” sifatidagi qiymat nazariyasining asoschisi bo‘lgan. Jevons pulning xarid qobiliyati bilan bog‘liq masalalarni birinchi bo‘lib tadqiq qila boshlagan. Leon Mari Espri Valras (1834-1910) – Shveysariya iqtisodchisi. 1870 yilda Valras Shveysariyaning Lozanna akademiyasida iqtisodiyot o‘qituvchisi o‘rnini oldi, bunda u yigirma yildan ko‘p ishladi. “Sof siyosiy iqtisod elementlari” (Elymynts d’yconomie politique pure) asari (1874-1877) Valrasning asosiy asaridir. Bu asarida u iqtisodiyotning matematik modelini tuzgan. Shuningdek mazkur asarida u iste’molchilarning xatti-harakatlari nazariyasini ishlab chiqdi. Valrasning g‘oyalari va konsepsiyalari XX asrdagi iqtisodiy tafakkurning rivojlanishiga katta ta’sir ko‘rsatdi. Fridrix Vizer (10.7.1851, Vena, - 22.7.1926, Sankt-Gilgen) – iqtisodchi, siyosiy iqtisoddagi Avstriya maktabining vakili. 1903 yildan e’tiboran Vena universitetida siyosiy iqtisod professori. K. Menger va E. Byom-Baverk bilan birgalikda o‘ta foydalilik nazariyasini ishlab chiqqan va ushbu atamani kiritgan. U “yuklanganlik nazariyasi”ni yaratdi. Bu nazariyaga ko‘ra, ishlab chiqarishning mehnat, yer va kapital kabi uchta omilining har biriga ushbu omillar yaratgan mahsulot qiymatining muayyan qismi yuklangan bo‘ladi. Vizerning qarashlari burjua iqtisodiy fanida keng yoyildi. Download 0.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling