1-mavzu. Mehnat va uning jamiyat taraqqiyotida tutgan o‘rni (4 soat)
Download 0.54 Mb. Pdf ko'rish
|
1 мавзу Mehnat va uning jamiyat taraqqiyotida tutgan o’rni
- Bu sahifa navigatsiya:
- Fransua Kene mehnat
Ибн Халдун Абдураҳмон Абу Зайд sirasiga kiritish mumkin. Per Buagilber (17.2.1646-10.10.1714) – fransuz iqtisodchisi, Fransiyadagi burjua siyosiy iqtisodi klassik maktabining asoschisi, mehnat qiymati nazariyasining asoschilaridan biri. U bozordagi narx bilan “haqiqiy qiymat”ni farqlar, ish vaqtini “haqiqiy qiymat”ning me’yori deb bilar edi. Buagilber pulni asosiy balo va xalq kulfatlarining sababi deb qaragan. U pulning hokimiyatini yo‘q qilish uchun pulning rolini muomalaning oddiy vositasidangina iborat qilib qo‘yish zarur deb hisoblar edi. Tashqi savdo hisobiga oltin va kumush pul olinishini mamlakat boyishining manbai deb bilgan merkantilistlarga qarshi o‘laroq, U. Petti xalq boyligi moddiy ishlab chiqarishning barcha sohalarida yaratiladi va «mehnat boylikning otasi, yer esa uning onasidir»1qoidasini birinchi bor ta’rifladi. U. Petti tovarning narxi uni ishlab chiqarishga sarflangan mehnat miqdori yoki muayyan yer miqdorining qiymati bilan hisoblanadi, degan edi. Bu uni narxning shakllanish mexanizmiga sarf nuqtai nazaridan yondashganligidan dalolat beradi. Mehnatning unumli va unumsiz mehnatga ajratilishi ham shu olimning qarashlari bilan bog‘liq. XVIII asrda Fransiyada klassik yo‘nalish doirasida fiziokratlar maktabi shakllandi va bu maktab vakillari fermerlarni himoya qilish asosida qishloq xo‘jaligini rivojlantirish mamlakatni og‘ir ahvoldan chiqarishning bosh yo‘lidir deb bilganlar. Ushbu maktabning asoschisi Fransua Kene mehnat sof mahsulot manbai ekanligi to‘g‘risidagi ta’limotni yaratdi. Fransua Kene(1694-1774 yy.) Versal yaqinida dunyoga keldi. U yoshligidan tabobatga havas qo‘ydi, tibbiy amaliyot unga shuhrat keltirdi. Dvoryan unvoniga ega bo‘ldi va Versal saroyiga (Lyudovik XVsaroyiga) o‘tdi. 1744 yilda tibbiyot doktori ilmiy darajasiga erishdi. Tabobat va biologiyaga oid ko‘pgina asarlar yaratdi. Eng muhimi shuki, u oltmish yoshidan boshlab iqtisodiyot muammolari bilan shug‘ullana boshladi. Kenening iqtisodiy g‘oyalari qirol saroyida - Versalda yuzaga keldi. Bu yerda u umrining deyarli oxirigacha yashadi va ijod qildi. 1758 yilda uning asosiy va eng muhim asari - «Iqtisodiy jadval» dunyoga keldi. U iqtisodiyotda takror ishlab chiqarish jarayonini va yalpi ijtimoiy mahsulot muomalasini butunicha ko‘rsatishga birinchi bo‘lib urindi. U o‘sha davr jamiyati fuqarolarini uch sinfga bo‘ladi: birinchisi - unumli sinf (fermerlar); ikkinchisi - mulkdorlar sinfi (pomeshchik, cherkov...) va uchinchisi - unumsiz sinf (hunarmand, ishchi va savdo xodimlari). Bu jarayon sxematik ravishda «Iqtisodiy jadval»da tasvirlangan. Unda mamlakatda ishlab chiqarilgan tayyor mahsulotning aylanishi orqali qanday taqsimlanishi ko‘rsatilgan. Kene jadvali iqtisodiyot tarixida birinchi marta natural, ya’ni mahsulot va pul holidagi moddiy ne’matlarning makroiqtisodiy 1 Петти У. Экономические и статистические работы. Пер. с англ. -М., 1940,55-б. zanjiridir. Fiziokratlar ham mehnatni unumli va unumsiz mehnatga bo‘lib, faqat qishloq xo‘jaligida mehnat unumli mehnatga aylanadi, deb hisoblashgan. Siyosiy iqtisodning ajralmas qismi bo‘lgan mehnat to‘g‘risidagi fanni rivojlantirishga ingliz iqtisodchi olimi Adam Smit nihoyatda katta hissa qo‘shdi. Adam Smit (5.6.1723 Shotlandiyaning Kerkoldi shaharchasida tug‘ilgan, - 17.7.1790, Edinburg shahrida vafot etgan) – shotlandiyalik iqtisodchi va faylasuf, klassik burjua siyosiy iqtisodining ko‘zga ko‘ringan namoyandasi. Bojxona amaldorining o‘g‘li bo‘lib, u Glazgo va Oksford universitetlarida ta’lim olgan. 1764-66 yillarda Fransiyada yashagan, u yerda fiziokratlar bilan tanishgan. 1759 yilda uning “Axloqiy hissiyot nazariyasi” deb nomlangan kitobi yaratildi. 1776 yilda A. Smitning “Xalqlar boyligining tabiati va sabablari to‘g‘risida tadqiqot” deb nomlangan asosiy asari nashr qilindi. A. Smitning xizmati mehnat qiymati nazariyasining eng muhim kategoriyalarini ishlab chiqqanligidan iborat. Smitning ilmiy g‘oyalari klassik burjua siyosiy iqtisodining poydevori bo‘ldi. Uning «Xalqlar boyligining tabiati va sabablari to‘g‘risida tadqiqot» deb nomlangan asosiy asari 1776 yil mart oyi Londonda chop etildi. Asarda insoniyat tomonidan ilgari yaratilgan iqtisodiy bilimlar mujassamlashtirildi va umumiy nazariy prinsiplar asosida nisbatan batartib iqtisodiy fanlar tizimiga aylandi. A. Smitning unumli va unumsiz mehnat to‘g‘risidagi qoidalariga qaytadigan bo‘lsak, uning ushbu masalalarga doir fikr-mulohazalari nazariy jihatdan qiziqishga arziydi. Sotishga mo‘ljallangan buyumlarda mustahkamlanib va ro‘yobga chiqib, qayta ishlanayotgan materiallar qiymatini oshiradigan mehnatni A. Smit unumli mehnat deb hisoblaydi. Unumsiz mehnat tovarlar ko‘rsatiladigan paytida ko‘rinmay ketadigan xizmatlar sohasi bilan bog‘liq bo‘lib, A. Smitning fikricha, bunday mehnat qiymatga hech narsa qo‘shmaydi, u ayrim narsalarda mustahkamlanmaydi va ro‘yobga chiqmaydi, lekin o‘z qiymatiga ega bo‘ladi va taqdirlashga loyiqdir. Download 0.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling