1-mavzu. Mehnat va uning jamiyat taraqqiyotida tutgan o‘rni (4 soat)
Mehnat to‘g‘risidagi fanning rivojlanish yo‘nalishiga hissa qo‘shgan olimlar
Download 0.54 Mb. Pdf ko'rish
|
1 мавзу Mehnat va uning jamiyat taraqqiyotida tutgan o’rni
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mehnat to‘g‘risidagi nazariyaning ikkinchi boshlang‘ich mulohazasi uning «ishchi kuchi» tushunchasining o‘ziga xos talqinini kiritganligidadir.
Mehnat to‘g‘risidagi fanning rivojlanish yo‘nalishiga hissa qo‘shgan olimlar
va ularning asosiy g‘oyalari D. Rikardo mehnat to‘g‘risidagi iqtisodiy nazariya yo‘nalishlaridan birining asoschisi hisoblanadi. U «Siyosiy iqtisod va soliq solish asoslari» asarida bunday deb yozgan edi: «Tovarning qiymati yoki u ayirboshlanayotgan birorta boshqa tovarning miqdori uni ishlab chiqarish uchun sarflangan mehnatga to‘lanadigan ko‘proq yoki kamroq haqqa emas, balki shu mehnatning nisbiy miqdoriga bog‘liq»2. Har qanday nazariyaning asosida bir butun nazariy konstruksiya bunyod etiladigan boshlang‘ich qoidalar bo‘ladi. Agar boshlang‘ich qoidalar benuqson bo‘lsa, nazariya ham hayotiy bo‘lib chiqadi yoki aksincha bo‘lishi mumkin. Mehnat to‘g‘risidagi nazariya quyidagi ikki asosga tayangan: Mavhum inson mehnati tovarlar qiymatining yagona manbai hisoblanadi. Ishchi kuchi insonning o‘z qiymatidan ko‘proq qiymat yaratadigan mehnat qobiliyati bo‘lib, klassik iqtisodchi olimlar A. Smit, D. Rikardolar tomonidan ishlab chiqilgan qiymatga oid mehnat nazariyasi va tovarlar qiymatining negizida mehnat yotadi, degan qoidaga tayangan. Bu o‘rinda shuni aytib o‘tish kerakki, fransiyalik iqtisodchi Jan Batist Sey ishlab chiqarish omillari nazariyasini 1803 yilda yaratgan bo‘lib, bu nazariyaga ko‘ra qiymat mehnat, yer va kapital kabi omillarning amal qilishi bilan belgilanadi. Mehnat to‘g‘risidagi nazariyaning ikkinchi boshlang‘ich mulohazasi uning «ishchi kuchi» tushunchasining o‘ziga xos talqinini kiritganligidadir. Ishchi kuchi yoki mehnat qobiliyati deganda biz inson organizmi, insonning tirik shaxsi ega bo‘lgan va u har safar biron-bir iste’mol qiymatini ishlab chiqarayotganida ishga soladigan jismoniy va ruhiy qobiliyatlarining yig‘indisini tushunamiz. Ishchi kuchi deganda odamlarning turli toifalari tushunilgan. Hozirgi kunda ushbu ta’rifdan tashqari yana bir qancha ta’riflar mavjud. - Ishchi kuchi deganda yoshi 16 dan oshgan va shu vaqtda ishlab turgan yoxud faol ravishda ish izlayotgan, yoxud ishdan bo‘shaganidan keyin uning xizmatlariga yana murojaat qilishlarini kutadigan xodimlar nazarda tutiladi - hozirgi amerikalik mehnat iqtisodiyoti tadqiqotchilari ishchi kuchi tushunchasini ana shunday talqin qiladilar3; 2 Антология экономической классики. Т.1, 402-б. 3 Эренберг Р.Д., Смит Р.С. Современная экономика труда. Теория и государственная политика/ Пер. с англ. - М., 1996, 34-б. Ishchi kuchini mehnatga qodirlik deb talqin qilsa bo‘ladigan ko‘rinadi. Bunday talqin qilinganda insonning mehnat salohiyati, uning imkoniyatlari nazarda tutiladi. Bunda kuch jismoniy hodisa sifatida namoyon bo‘ladi (fizikaning bo‘limi – mexanikada kuch deganda harakat oqibatida jismning holatidagi o‘zgarishlar, masalan, uning tezlashishi yoki deformatsiya ro‘y beradigan bir moddiy jismning boshqa moddiy jismga mexanik ta’sir ko‘rsatishi miqdori bo‘lgan o‘lcham tushuniladi; kuch muayyan son qiymati, ta’sirning makonda yo‘nalganligi va qo‘llanish nuqtasi bilan tavsiflanadi). Kuchning shunday tushunilishidan kelib chiqib, ishchi kuchi yoki xodimning kuchi deb amalga oshganidan keyin o‘z imkoniyatlariga miqdoran to‘g‘ri keladigan muayyan mehnat majburiyatlarini bajarishga qodirlikni atash mumkin. To‘liq kuch bilan ishlansa, natija kuchning imkoniyatiga teng bo‘ladi, masalan, yarim kuch bilan ishlaganda esa natija imkon darajasining yarmiga teng bo‘ladi. Shuni takror aytamizki, «ishchi kuchi» tushunchasini insonning mehnatga qodirligi ma’nosida belgilashni kiritibgina qolmay (mehnat uchun odam resursi deb emas), balki ushbu tushunchaning jismoniy ma’nosidan farqli o‘laroq imkoniyat o‘lchami olingan natijalarga to‘g‘ri kelmasligi, ayni ishchi kuchi qiymati va uning qo‘llanilishi bo‘lgan mehnatning qiymati ayni bir narsa emasligi to‘g‘risidagi qoidani ham ta’riflash lozim. Ishchi kuchi qiymati deganda xodim va uning oilasini tiklash uchun zarur bo‘lgan mablag‘lar miqdori tushuniladi, mehnat yaratadigan qiymatning o‘lchami esa ishchi kuchining qiymatidan kattaroqdir va ushbu farqni qo‘shimcha qiymat sifatida tushunish kerak. Korxona egasining mehnat narxi bo‘lgan ish haqini to‘lashdan tashqari, xodimlarni yollash va ulardan foydalanish bilan bog‘liq boshqa sarf-xarajatlar, masalan, ijtimoiy to‘lovlar, xodimlarni tayyorlash xarajatlari va boshqa sarf- xarajatlar borligi boshqa gap. Xalqaro Mehnat Tashkiloti e’lon qilgan ayrim materiallarda sarf-xarajatlarning ushbu toifasi ishchi kuchining qiymati deb nomlangan, bu esa bizningcha, noto‘g‘ri fikr bo‘lib, uni aniqlashtirish talab qilinadi. Ularni asl mohiyatiga qarab, xodimlarni yollash sarf-xarajatlari deb nomlash kerak. Shunday qilib, qiymatga oid mehnat nazariyasi haqiqiy hayotda masala qanday kechishini tushuntirib berishga ojizlik qildi, binobarin, bu nazariya aslida noto‘g‘ri bo‘lgan, degan xulosaga kelsak bo‘ladi. Download 0.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling