4. Asosiy faoliyatdan olingan boshqa daromadlar hisobi
Asosiy ishlab chiqarish faoliyatidan olinadigan boshqa daromadlarga quyidagilar kiradi:
- undirilgan g’ki qarzdor tomonidan e’tirof etilgan jarimalar, penyalar, vaqtida to’lanmagan qarzlar va xo’jalik shartnomalari shartlarini buzganlik uchun boshqa xil jazo jarimalari, shuningdek yetkazilgan zararlarni undirish bo’yicha daromadlar;
- hisobot yilida aniqlangan o’tgan yillardagi foyda;
- ishlab chiqarish va mahsulotlar (ishlar, xizmatlar)ni sotish bilan bevosita boG’liq bo’lmagan operatsiyalardan renta daromadi, xo’jalik yurituvchi sub’ektlar huzuridagi oshxonalardan tushumlar, g’rdamchi xizmatlardan daromadlar sifatidagi kirim qilingan boshqa daromadlar;
- xo’jalik yurituvchi sub’ektning asosiy fondlarini va boshqa mol-mulklarini sotishdan olingan daromadlar;
- da’vo muddati o’tgan kreditorlik va deponent qarzlarni hisobdan chiqarishdan olingan daromadlar;
- tovar-moddiy boyliklarni qayta baholash;
- davlat subsidiyalaridan daromadlar;
- xolisona moliyaviy g’rdam;
- boshqa muomala daromadlari.
Asosiy faoliyatdan olingan boshqa daromadlar quyidagi hisobvaraqlarda aks ettiriladi:
9310-«Asosiy vositalarning sotilishi va boshqacha chiqib ketishidan olingan foyda»
9320-«Boshqa aktivlarning sotilishi va boshqacha chiqib ketishidan olingan foyda»
9330-«Undirilgan jarima, boqimanda va burdsizliklar»
9340-«O’tgan yil foydasi»
9350-«Operativ lizingdan olingan daromad»
9360-«Kreditorlik va deponentlik qarzlarini hisobdan chiqarishdan olingan daromadlar»
9370-«Хizmat ko’rsatuvchi xo’jaliklarning daromadlari»
9380-«Qaytarilmaydigan moliyaviy g’rdam»
9390-«Boshqa operatsion daromadlar».
Ushbu hisobvaraqlar tranzit hisoblanadi. Yuqoridagi hisobvaraqlarning kredit oboroti foyda (daromad)ning ko’payishini, debet oboroti esa ularning hisobdan chiqarilishini ko’rsatadi.
9300-«Asosiy faoliyatdan olingan boshqa daromadlar» hisobvaraG’i bo’yicha hisobvaraqlar korrespondensiyasi
Do'stlaringiz bilan baham: |