1-Mavzu: Mеhnаtgа хаq to’lаsh bo’yicha ijtimоiy sug’urtа vа hisоbdоr shахslаr bilаn hisоb kitоblаr. Reja


Download 158.1 Kb.
bet50/57
Sana26.02.2023
Hajmi158.1 Kb.
#1232289
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   57
Bog'liq
1 Mavzu Mеhnаtgа хаq to’lаsh bo’yicha ijtimоiy sug’urtа vа hisо

3. Inventarizatsiya. «Buxgalteriya hisobi to’G’risida»gi Qonunning 11-moddasiga binoan xo’jalik yurituvchi sub’ekt buxgalteriya hisobi va hisoboti ma’lumotlarining to’G’riligi hamda ishonchliligini tasdiqlash uchun vaqti-vaqti bilan aktivlar va majburiyatlarni inventarizatsiya qilib turishi kerak.

Inventarizatsiya – bu ma’lum bir vaqtga korxona mablaG’lari va ularning manbalarini haqiqiy mavjudligini, inventarizatsiya qilinag’tgan ob’ektni natura shaklida sanash, ya’ni qoldiqlarini hisoblash g’ki hisob g’zuvlarini tekshirish yo’li bilan haqiqiy qilingan xarajatlarni belgilash.


Inventarizatsiya buxgalteriya hisobi usullaridan biri bo’lib, uning g’rdamida joriy hisob ma’lumotlarining to’G’riligi tekshiriladi, hisobda yo’l qo’yilgan xatolar aniqlanadi, hisobga olinmagan xo’jalik muomalalari hisobga olinadi, moddiy javobgar shaxslar javobgarligi ostida bo’lgan mablaG’larning butligi nazorat qilinadi.
Korxona, tashkilot va muassasalar inventarizatsiya o’tkazishda O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining 833-sonli buyruG’i bilan ro’yxatdan o’tkazilgan 19-sonli BHMA «Inventarizatsiyani tashkil etish va o’tkazish»ga to’liq amal qiladilar.
Quyidagi holatlarda inventarizatsiya muddatidan oldin o’tkazilishi shart:

  • korxona mol-mulkini ijaraga berish, sotib olish, sotish, shuningdek davlat korxonasini aksiyadorlik jamiyatiga aylantirish choG’ida;

  • moliyaviy hisobot tuzishdan oldin, lekin hisobot yilining 1 oktabridan keyin inventarizatsiya qilingan mulk bundan mustasno;

  • asosiy vositalar va tovar-moddiy zahiralarni qayta baholashda;

- moddiy javobgar shaxs o’zgarganida;
- talon-taroj qilish g’ki suiiste’mol qilish, shuningdek boyliklarning buzilishi bilan boG’liq faktlar aniqlanganida;
- g’nG’in g’ki tabiiy ofatlar sodir bo’lganida;

  • korxona tugatilag’tganida tugatish balansini tuzish oldidan va boshqa hollarda.

Тekshirish ko’lamiga ko’ra inventarizatsiya g’ppasiga g’ki tanlab o’tkaziladigan, o’tkazish vaqti bo’yicha rejalashtirilgan g’ki to’satdan o’tkaziladigan inventarizatsiyalarga bo’linishi mumkin.
«Asosiy vositalar» nomli 5-son BHMAga binoan asosiy vositalar inventarizatsiyasi kamida ikki yilda bir marta o’tkaziladi, kutubxona fondi 5 yilda bir marta inventarizatsiya qilinadi.
«Тovar-moddiy zahiralar» nomli 4-son BHMAga binoan tovar-moddiy zahiralar inventarizatsiyasi kamida bir yilda bir marta o’tkaziladi.
Pul mablaG’lari, pulli hujjatlar, qat’iy hisobot blankalari bir oyda bir marta, g’nilG’i va moylash materiallari, oziq-ovqat mahsulotlari har chorakda inventarizatsiya qilinadi.
Inventarizatsiyani o’tkazish uchun korxonada doimiy inventarizatsiya komissiyasi faoliyat yuritadi. Doimiy inventarizatsiya komissiyasi tarkibiga quyidagilar kiradi:

  • korxona rahbari g’ki uning g’rdamchisi;

  • bosh buxgalter;

  • boshqa mutaxassislar (muhandis, iqtisodchi va boshqalar);

  • ichki audit vakili.

Doimiy harakatdagi komissiya asosan quyidagi vazifalarni bajaradi:
- qiymatliklar butligini ta’minlash bo’yicha profilaktika ishlarini olib boradi;
- inventarizatsiya o’tkazishni tashkil etadi, ishchi inventarizatsiya komissiyasi a’zolariga tegishli maslahat va ko’rsatmalar beradi;

  • inventarizatsiya natijalarining to’G’riligini tekshiradi;

  • inventarizatsiya o’tkazish tartibi buzilganida qaytadan inventarizatsiya o’tkazishga buyruq beradi;

  • kamomad va nobudgarchilik hollari bo’yicha moddiy-javobgar shaxslardan olingan tushuntirish xatlarini ko’rib chiqadi va tegishli choralar ko’rish bo’yicha takliflar beradi.

Agar ish hajmi ko’p bo’lsa, mulklar va moliyaviy majburiyatlar inventarizatsiyasini bir vaqtning o’zida o’tkazish uchun korxona rahbarining buyruG’i bilan quyidagi tarkibda ishchi inventarizatsiya komissiyasi tashkil etiladi:

  • inventarizatsiya o’tkazishni tayinlagan korxonaning vakili (komissiya raisi);

  • mutaxassislar (tovarshunos, muhandis, texnolog, mexanik, ish yurituvchi, iqtisodchi, buxgalter va boshqalar).

Ishchi inventarizatsiya komissiyasi quyidagi vazifalarni bajaradi:

  • moddiy boyliklar va pul mablaG’larini saqlash va ishlatish joylarida inventarizatsiya o’tkazadi;

  • korxona buxgalteriyasi bilan birga inventarizatsiya natijasini aniqlashda qatnashadi va kamomadni ortiqchasi bilan qoplash, shuningdek tabiiy kamayish normasi doirasidagi kamomadni hisobdan chiqarish bo’yicha takliflar ishlab chiqadi;

  • tovar-moddiy boyliklarni qabul qilish, saqlash va jo’natish. Ularning butligi hisobi va nazoratini yaxshilash, shuningdek normadan ortiq va foydalanilmaydigan moddiy qiymatliklarni sotish to’G’risida takliflar kiritadi.

Ishchi inventarizatsiya komissiyasiga quyidagi majburiyatlar yuklatiladi:

  • korxona rahbarining buyruG’iga binoan inventarizatsiyani o’z vaqtida va belgilangan tartibda o’tkazish;

  • tekshirilgan asosiy vositalar, tovar-moddiy zahiralar, pul mablaG’lari va hisob-kitoblardagi mablaG’larni haqiqiy qoldiq ro’yxatiga to’liq va aniq g’zish;

  • tovar-moddiy zahiralar bahosini aniqlaydigan belgilar (tip, nav, marka, razmer, preyskurant bo’yicha tartib nomeri, artikul va shu kabilar)ni ro’yxatda to’G’ri ko’rsatish;

  • belgilangan tartibga binoan inventarizatsiya materiallarini to’G’ri va o’z vaqtida rasmiylashtirish.

Inventarizatsiya komissiyasi inventarizatsiya boshlanish vaqtiga bo’lgan oxirgi kirim va chiqim hujjatlari g’ki material va pul mablaG’lari harakati to’G’risidagi hisobotlarni olishi lozim.
Inventarizatsiya komissiyasi raisi «inventarizatsiyagacha_____(sana)» belgisini qo’yib, hisobotga ilova qilingan barcha kirim va chiqim hujjatlarini imzolaydi. Bunda, o’z navbatida, hisob ma’lumotlari bo’yicha inventarizatsiya boshlanish vaqtiga mulklar bo’yicha barcha kirim va chiqim hujjatlari buxgalteriyaga topshirilganligi g’ki komissiyaga berilganligi to’G’risida moddiy javobgar shaxslar tilxat beradilar.
Inventarizatsiya boshlanishidan oldin komissiya a’zolariga inventarizatsiyani qachon boshlab qachon tugatish to’G’risida bo’yruq topshiriladi, komissiya raisiga esa nazorat plombiri (muhri) topshiriladi. Agarda mulk inventarizatsiyasi bir necha kun davom etadigan bo’lsa, ish kuni tugashi bilan moddiy boyliklar saqlanag’tgan xonaning eshigi muhrlanishi kerak.
Inventarizatsiya qilingan moddiy boyliklar va ob’ektlar hamda ularning miqdori ro’yxatda nomenklaturasi bo’yicha va hisobda qabul qilingan o’lchov birligida ko’rsatiladi. Bu ro’yxat ishchi inventarizatsiya komissiyasining barcha a’zolari va moddiy javobgar shaxs tomonidan imzolanadi.
Inventarizatsiya ro’yxatining oxirida komissiya tomonidan tekshirish moddiy javobgar shaxslar ishtirokida o’tkazilganligi, komissiya a’zolariga hech qanday da’vo yo’qligi va ro’yxatda keltirilgan moddiy boyliklarni ma’sul saqlashga qabul qilganligi to’G’risida moddiy javobgar shaxslar tilxat g’zib beradilar.
Ishchi inventarizatsiya komissiyasi har bir turdagi moddiy boyliklarning inventarizatsiyasi tugagach, inventarizatsiya dalolatnomasini tuzadi. Masalan, «Asosiy vositalarni tugallanmagan ta’mirining inventarizatsiya dalolatnomasi», «Yo’ldagi tovarlar va materiallar inventarizatsiya dalolatnomasi» va boshqalar.
Inventarizatsiya tugagach, o’tkazilgan inventarizatsiya to’G’riligini tekshirish uchun nazorat tekshiruvi o’tkazilishi mumkin. Bunday tekshirish inventarizatsiya o’tkazilgan ombor ochilmasdan turib, inventarizatsiya komissiyasi va moddiy javobgar shaxslar ishtirokida o’tkaziladi. Inventarizatsiyalarni nazorat tekshirishdan o’tkazish natijalari dalolatnoma bilan rasmiylashtiriladi va o’tkazilgan inventarizatsiyaning to’G’riligini nazorat tekshirishni hisobga olish daftarida ro’yxatga olinadi.
Inventarizatsiya natijasida aniqlangan mulklarning buxgalteriya ma’lumotlari bilan mavjud haqiqiysi orasidagi farqi quyidagicha tartibga solinadi:

  • ortiqcha chiqqan asosiy vositalar, moddiy qiymatliklar, pul mablaG’lari va boshqa mulklar kirimga olinib, asosiy faoliyatdan olingan boshqa daromadlar (93-hisobvaraq) ko’paytiriladi. Aybdor shaxslardan qiymatliklarning ortiqcha chiqqanlik sabablari xususidagi tushuntirish xatlari olinadi;

  • qiymatliklarning qonunchilik bilan belgilangan norma doirasidagi kamomadi korxona rahbarining buyruG’i bilan ishlab chiqarish, muomala xarajatlariga g’ki moliyalashtirish (fondlar)ni kamaytirishga o’tkaziladi;

  • moddiy qiymatliklar, pul mablaG’lari va boshqa mulklar kamomadi, shuningdek tabiiy kamayish normasidan ortiqcha nobudgarchiliklar aybdor shaxslardan undirib olinadi. Agar aybdor shaxslar aniqlanmasa g’ki aybdor shaxslardan undirib olish sud orqali rad etilgan bo’lsa, kamomad va nobudgarchiliklardan ko’rilgan zararlar ishlab chiqarish, muomala xarajatlariga g’ki moliyalashtirish (fondlar)ni kamaytirishga o’tkaziladi. Bunday zararlar kelgusida soliqqa tortiladigan bazaga qo’shiladi.

Debitor va kreditorlar bilan olib boriladigan hisob-kitoblarning inventarizatsiyasi tegishli korxona, tashkilot va alohida shaxslar bilan olib boriladigan hisob-kitoblarni o’zaro tekshirishdan iborat. Korxonaning buxgalteriya hisobi ma’lumoti bo’yicha u g’ki bu debitordan olinadigan qarzlar summasi qarzdor bo’lgan korxona (alohida shaxslar)ning buxgalteriya hisobida g’zilgan qarzlar summasi bilan solishtiriladi.
Hisob-kitoblarni tekshirish uchun qarzdor tashkilotlarga buxgalteriya xodimlari safarga yuboriladi g’ki xat jo’natiladi. Hisob-kitoblarni tekshirish uchun yuborilgan buxgalteriya xodimi tekshirish yakunida dalolatnoma tuzadi. Тekshirish natijasida debitor qarzlarni undirib olish dargumon bo’lib qolishi mumkin (korxona tugatilgan bo’lib, qarzning kimdan undirilishi noma’lum, debitor qarzini tan olmasligi, da’vo qilish muddati tushirib qoldirilishi va h.k.). Bunday hollarda korxona buxgalteriyasida umidsiz debitor qarzlar ro’yxati tuzilib, har bir debitor va kreditorlarning ro’parasiga nima sababdan qarz real emasligi ko’rsatiladi.
Bu ro’yxat korxonaning doimiy harakatdagi inventarizatsiya komissiyasiga taqdim etiladi. Komissiyaning xulosasidan so’ng da’vo qilish muddati o’tgan, shuningdek sud undirib olishga qaror qilgan, lekin qarzdorning to’lash qobiliyati yo’qligi tufayli undirib olish iloji bo’lmagan qarzlar dargumon qarzlar rezervi hisobidan qoplanadi.
Undirilmagan debitor qarzlar dargumon qarzlar rezervi bilan qoplanganda 4910-«Dargumon qarzlar bo’yicha rezervlar» hisobvaraG’i debetlanib, debitor qarzlarni hisobga oluvchi hisobvaraqlar kreditlanadi. Ushbu buxgalteriya g’zuvi 7-vedomost va 8-jurnal-orderda aks ettiriladi. Qarzdorning to’lash qobiliyati yo’qligi tufayli debitor qarzlar hisobdan chiqarilgani bilan ular bekor qilinmaydi. Bunday qarzlar 007-«Тo’lashga qobiliyatsiz debitorlarning zararga o’tkazilgan qarzi» hisobvaraG’ining kirim qismida besh yil davomida hisobga olinadi.
Da’vo qilish muddati ichida talab qilib olinmagan kreditor qarz summasi korxonaning asosiy faoliyatidan olingan boshqa daromadlari tarkibi (9360-hisobvaraq)ga o’tkaziladi.
Inventarizatsiya natijalari doimiy harakatdagi inventarizatsiya komissiyasi tomonidan ko’rib chiqilib, aniqlangan kamomad kimning hisobidan undirib olinishi g’ki qanday xarajatlarga o’tkazilishi g’xud aniqlangan ortiqcha mablaG’lar qanday kirimga olinishi to’G’risida qaror qabul qiladi. Doimiy harakatdagi inventarizatsiya komissiyasining qarori bag’nnoma bilan rasmiylashtiriladi va u korxona rahbari g’ki korxona rahbari taklifiga binoan yuqori organ tomonidan tasdiqlanadi.

Download 158.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   57




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling