1-mavzu menejment asoslari faninig predmeti,mazmuni vavazifalari


Menejment fanining maqsadi va vazifalari


Download 0.5 Mb.
bet3/5
Sana14.11.2021
Hajmi0.5 Mb.
#173669
1   2   3   4   5
Bog'liq
1-мавзу презентацияси

3.Menejment fanining maqsadi va vazifalari.


«Menejment» fanining asosiy maqsadi bozor munosabatlari sharoitida bemalol faoliyat ko’rsata oladigan malakali boshqaruvchilarni tayyorlash, ya’ni yangicha iqtisodiy fikrlay oladigan, xo’jalik yuritish va boshqaruvda yangi uslublarni qo’llay oladigan, rahbarlik san’atini egallagan kadrlarni yetishtirishdir. Demak, insonning boshqara olish qobiliyatini shakllantirish va takomillashtirish menejmentning muhim maqsadlaridan hisoblanadi.

Boshqacha aytadigan bo’lsak, menejment fanining asosiy maqsadi tashkilotlar (barcha turdagi) to’g’risida asosiy ma’lumotlarni berib, ularni samarali tarzda boshqarishni o’rganishdir. Samarali rahbar o’z ishida har xil holatlarni hisobga oladi, kelajakni oldindan ko’ra biladi, har qanday o’zgarishga tez tayyorlanadi..



Menejment vazifalariga quyidagilarni kiritish mumkin:
  • ishlab chiqarishni avtomatlashuvini ta’minlash va yuqori malakali ishchilardan foydalanishga o’tish;
  • yaxshi mehnat sharoitlarini yaratish va yuqori ish haqini belgilash yo’li bilan firma xodimlari ishini rag’batlantirish
  • firmaning samarali faoliyati uchun doimiy nazorat o’rnatish, firmaning barcha bo’limlaridagi ishlarni muvofiqlashtirish;
  • doimo yangi bozorlarni izlash va o’zlashtirish;
  • firmalarni rivojlantirishda aniq maqsadlarni belgilash;
  • maqsadlar ustivorligini, ularning ketma-ketligi va qabul qilingan qarorlar izchilligini aniqlash;
  • firmalarni rivojlantirishdagi strategiyani - xo’jalik yuritish masalalari va ularni hal etish yo’llarini ishlab chiqish;
  • turli vaqt davrlarida belgilangan muammolar yechimini hal etish uchun chora-tadbirlar tizimini ishlab chiqish;

Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling