1-mаvzu. “Mеnеjmеnt vа iqtisоdiyot” fаnining prеdmеti, mаqsаdi vа vаzifаlаri. Rеjа


Download 96.36 Kb.
bet1/3
Sana07.11.2023
Hajmi96.36 Kb.
#1753847
  1   2   3
Bog'liq
презентация (8) (1)

Sanoat korxonalarining investitsion va innovatsion faoliyati.

  • Rejа
  • 1. Investitsiyalar korxona ishlab chiqarish salohiyatini rivojlantirish va mustahkamlash vositasi sifatida.
  • 2. Korxonalarda investitsiyalashning asosiy manbalari va yo‘nalishlari.
  • 3. Investitsiyalarning iqtisodiy samaradorligini baholash.
  • 4. Innovatsiyalar va innovatsion faoliyatning umumiy tavsiflari
  • 5. Innovatsiyalarni tashkil etish shakllari

Investitsiyalar  korxonalar va xalq xo‘jaligi miqyosida yangi ishlab chiqarish korxonalari yaratish yoki mavjud korxonalarni zamonaviylashtirish, ilg‘or texnika va texnologiyalarni o‘zlashtirish, mahsulot ishlab chiqarish va foyda (daromad) olishni ko‘paytirish maqsadida uzoq muddatli mablag‘lar kiritilishidir. Investitsiyalar ijtimoiy ishlab chiqarish tuzilmasini yaxshilash, ishlab chiqarishdagi nomutanosibliklarini bartaraf qilish va iste’mol bozorini ta’minlashda alohida e’tiborga ega.

  • Investitsiyalar  korxonalar va xalq xo‘jaligi miqyosida yangi ishlab chiqarish korxonalari yaratish yoki mavjud korxonalarni zamonaviylashtirish, ilg‘or texnika va texnologiyalarni o‘zlashtirish, mahsulot ishlab chiqarish va foyda (daromad) olishni ko‘paytirish maqsadida uzoq muddatli mablag‘lar kiritilishidir. Investitsiyalar ijtimoiy ishlab chiqarish tuzilmasini yaxshilash, ishlab chiqarishdagi nomutanosibliklarini bartaraf qilish va iste’mol bozorini ta’minlashda alohida e’tiborga ega.

Investitsiyalarni shakllantirish va ulardan foydalanish, mamlakat va xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning investitsion siyosati asosida amalga oshiriladi. Bu siyosat birinchidan, kapital qo‘yilmalarning ustivor yo‘nalishlarini, ikkinchidan, ishlab chiqarish kuchlarini to‘g‘ri joylashtirish va rivojlantirish, uchinchidan, fan-texnik taraqqiyoti va butun iqtisodiyotning rivojlanishini belgilab beradi. Investitsiyalarning “xo‘jayini” sifatida korxonalarning o‘zidan tashqari, davlatni, mahalliy hokimiyat idoralari va xususiy tadbirkorlarni ko‘rsatish mumkin.

  • Investitsiyalarni shakllantirish va ulardan foydalanish, mamlakat va xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning investitsion siyosati asosida amalga oshiriladi. Bu siyosat birinchidan, kapital qo‘yilmalarning ustivor yo‘nalishlarini, ikkinchidan, ishlab chiqarish kuchlarini to‘g‘ri joylashtirish va rivojlantirish, uchinchidan, fan-texnik taraqqiyoti va butun iqtisodiyotning rivojlanishini belgilab beradi. Investitsiyalarning “xo‘jayini” sifatida korxonalarning o‘zidan tashqari, davlatni, mahalliy hokimiyat idoralari va xususiy tadbirkorlarni ko‘rsatish mumkin.

Investitsiyalarning ichki manabalari quyidagilar:
- ishlab turgan asosiy kapitalga hisoblanuvchi amortizatsiya ajratmalari natijasida shakllanuvchi, korxonaning o‘z moliyaviy vositalari;
- foydaning investitsiya ehtiyojlariga ajratiluvchi qismi;
sug‘urta kompaniyalari va muassasalari tomonidan tabiiy ofat va boshqa hodisalarda to‘lanuvchi mablag‘lar;
- korxonaning aksiyalar chiqarishi va sotishi natijasida olinuvchi mablag‘lar;
- yuqori turuvchi va boshqa organlar tomonidan qaytarib bermaslik asosida ajratiluvchi mablag‘lar;
Investitsiyalarning tashqi manbalari quyidagilar:
markaziy va mahalliy byudjetdan, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlovchi turli xil fondlar tomonidan ajratiluvchi qaytarib bermaslik asosidagi mablag‘lar;
korxonalar Nizom jamg‘armasida moliyaviy yoki boshqa moddiy va nomoddiy ishtirok shaklida, shuningdek, xalqaro moliya institutlari va alohida shaxslarning to‘g‘ridan-to‘g‘ri qo‘yilmalari shaklida kiritiluvchi xorijiy investitsiyalar;
davlat va turli xil fondlar tomonidan qaytarib berish sharti bilan beriluvchi kreditlar, jumladan imtiyozli kreditlar.

Download 96.36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling