1-Mavzu: Menejmentning rivojlanish tarixi va hozirgi holati. Menejmentning rivojlanish tarixi


Download 189.04 Kb.
bet6/6
Sana14.12.2022
Hajmi189.04 Kb.
#1005478
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
1-amaliy

P.M. Kerjentsev (1881-1940) xam boshqarish bo‘yicha qator asarlar chop etgan. Bular qatoriga “Mehnatni ilmiy tashkil etish”, “Boshqarishni tashkil qilish tamoyillari”, “Vaqt uchun kurash” kabilar kiradi. Ular boshqarish bo‘yicha darsliklarni yozishda asos qilib olindi. 1920 yilning boshlarida Kerjentsev tashabbusi bilan “Vaqt” Ligasi tashkil etildi. Bu Liga jamoatchilikning e’tiborini:

  • mehnatini tashkil qilishda tartibsizliklarning nixoyatda ko‘pligiga;

  • bexuda ishlarga vaqtning ko‘p sarflanayotganligiga;

  • boshqaruv tizimida funksiyalarning nooqilona taqsimoti kabilarga qaratdi va ularni bartaraf etilish yo‘llarini ishlab chiqdi.

1950 yillarning oxiridan boshlab mamlakatda boshqarish nazariyasining rivojlanishi yanada kuchaydi. Shu yillarda mehnatni ilmiy tekshirish instituti, boshqarish va normativ bo‘yicha markaziy ilmiy-tadqiqot institutlari tashkil etildi. Mamlakatning yetakchi oliy o‘quv yurtlarida “Mehnatni ilmiy tashkil qilish”, “Boshqarish” kafedralari, fakultetlari tashkil etilib, ular bo‘yicha maxsus fanlar o‘qitila boshlandi.
Rossiyada Hozircha yagona, Moskva boshqaruv instituti tashkil qilingan bo‘lib, u korxona yoki tarmoq faoliyatining boshqaruv tomonini takomillashtirish masalalari bo‘yicha direktorlar maslaxatchilari deb yuritiladigan boshqarishni tashkil qilish bo‘yicha mutaxassislarni tayyorlaydi.
Nazorat savollari:

  1. Tizim nima va uning xossalari qanday?

  2. Tizimning har bir turi uzining qanday vazifalariga ega?

  3. Boshqaruvchi va boshqariluvchi tizimga tushuncha bering.

  4. Boshqaruv sub’ekti va ob’ekti qanday o’zaro ta’sirda bo’ladi?

  5. Iqtisodiy ishlab chiqarish munosabatlari nima?

  6. Boshqaruvda tizimli yondashuvni mohiyati nimadan iborat?

  7. Boshqaruvda tizimli yondashuvni asosiy vazifasi nimadan iborat?

  8. Boshqaruvda vaziyatli yondashuvni mohiyati nimadan iborat?

  9. Menejmentning rivojlanish tarixi haqida tushuncha bering.

10.Ilmiy maktab va uning namoyonalari haqida gapiring.

  1. Mumtoz (Klassik) maktabning asosida qanday g’oyalar ilgari surilgan.

  2. Inson munosabatlari maktabining o’ziga xos xususiyatlaridan qaysilarini bilasiz?

  3. “X” va “Y” nazariyasining mohiyati nimada?

  4. F.Teylorning ilgari surgan g’oyalari nimalardan iborat?

  5. Tizimli yoki zamonaviy menejment maktabidagi asosiy fikrlar nimalardan iborat edi?

Test
1.O’zbekiston Respublikasining harakatlar strategiyasi nechinchi yillarni o’z ichiga oladi?
A)2011-2015
B)2017-2021
C)2016-2020
D)2015-2019
2.Menejment so’zi qaysi tildan olingan bo’lib,nima degan ma’noni bildiradi?
A)Ingiliz tilidan olingan bo’lib(Ingiliz lug’atida juda keng va har tomonlama mazmunga ega.Masalan:Boshqarish hokimligi ma’muriy malaka va bilimlar,tashkilotlar ishini yo’naltiruvchi boshqaruv personali va hokozo)degan ma’noni bildiradi?
B)Fransuz tilidan olingan bo’lib( boshqaruv) degan ma’noni anglatadi
C)Nemis tilidan olingan bo’lib, (tashkilotlar ishini bajaruvchi) degan manoni bildiradi
D)Rus tilidan olingan bo’lib,(rahbar)degan ma’noni bildiradi.
3.Menejment bu ………….?
A)Biznes
B)Tadbirkorlik
C)Bozor iqtisodiyoti sharoitida aniq korxona va tashkilotlarni boshqarishdir
D)ish bajaruvchi
4.Boshqaruv bu……..?
A)Tanlov qaror qabul qilish va uning bajarilishini nazorat qilish jarayonidir
B)Tanlov
C)Qaror qabul qilish
D)Nazorat qilish
5.Menejment fani nimani o’rganadi?
A)Boshqarish nazariyasi va amalyotni
B)Boshqarish ob’ekti va sub’ektini
C)Boshqarish madanyatini
D)A,B,C javoblar to’g’ri
6.Ob’ekt so’zining ma’nosi?
A)Voqelik,moddiy dunyo, mavjudod,predmet,shaxs, hodisa,korxona,qurilish,uchastka va hokozo.
B)Voqelik ,qonun chiqaruvchi hokimyat,hodisa
C)Ijro etuvchi hokimyat
D)Moddiy dunyo
7.AQSHda Hozirgi zamon boshqaruvini…………nomi bilan bog’lashadi?
A)Teylor
B)Tsezar
C)Makedonski
D)Tramp
8.Menejmentning asosiy maqsadi nma?
A)Resurslarni ko’paytirish
B)Expertni ko’paytirish
C)Foydani ko’paytirish
D)Impotrni ko’paytirish
9. Menejment nazariyasi va amalyoti davrlari qaysilar?
A)50-60 yillarda boshqaruvning tashkiliy tarkibi
B)60-70 yillarda strategic rejalashtirish
C)80- yillardan boshlab ilg’or g’arb firmalarida stratigik rejalashtirishdan strategik boshqaruvga o’tish
D)Hamma javob to’g’ri
10.Menejment …….. tomonidan boshqarilgan?
A)Korxona hodimlari
B)Korxonalar rejalashtirish ,tashkillashtirish ,rahbarlik qilish va nazorat qilishga mas’ul odamlar
C)Ishchilar
D)Fermalar tomonidan

I Robbins Stephen P.Management / Stephen P. Robbins, Mary Coulter. — 11th ed. R5647 2012 . 28-32-betlar
12






Download 189.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling