1-Mavzu: Menejmentning rivojlanish tarixi va hozirgi holati. Menejmentning rivojlanish tarixi


Download 189.04 Kb.
bet3/6
Sana14.12.2022
Hajmi189.04 Kb.
#1005478
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
1-amaliy

Menejment ob’ekti va sub’ekti
Makrodarajada
Mamlakat (respublika):

  • qonun chiqaruvchi xokimiyat (Oliy majlis)

  • ijro etuvchi xokimiyat (O‘zR VazirlarMaxkamasi)

  • sud xokimiyati Viloyat:

  • QQR Jokargi kengashi, viloyat deputatlari

  • QQR Ministrlar soveti, viloyatlar xokimiyatlari

  • QQR Oliy sudi, viloyatlar sudlari Tuman (shaxar):

  • tuman (shaxar) xalq deputatlari

  • tuman (shaxar) lar xokimiyatlari

  • tuman (shaxar) sudlari Megodarajada

Konqern (ko‘p tarmoqli korporaqiya):

  • Qo‘mitalar va ularning raislari Sektor (tarmoq):

  • Vazirliklar va vazirlar Mikrodarajada

Korxona (firma), korporaqiya:

  • Jamoa kengashi va raislar, prezident Xodimlar:

  • Korxona (firma) rahbarlari, bo‘g‘in boshliqlari Ishlab chiqarish:

  • Korxona (firma) rahbarlari, bo‘g‘in boshliqlari

Samaradorlik:

  • Korxona (firma) rahbarlari, bo‘g‘in boshliqlari

O’z-o‘zini boshqarish:

  • Fuqarolar yig‘ini, rais (oqsoqol) lar.

AQSHda hozirgi zamon boshqaruvini asr boshida vujudga kelgan deb hisoblashadi va Teylor nomi bilan bog‘lashadi. Teylor «boshqaruv aniq qonun va qoidalarga tayanadigan haqiqiy ilm» degan edi. 30-yillarda esa «inson omili», «odamlar o‘rtasidagi munosabatlar», «industrial soqiologiya», «guruh bo‘lib masalani hal etish», «muvozanatni ta’minlab boshqarish», keyinchalik «inson munosabatlari doktrinasi» yuzaga keldi. Boshqaruv ilmining amerikalik namoyandalari hozirgi davrni «ilmiy menejment» davri deb ta’riflaydilar.
Shunday qilib, menejment bu — boshqaruv ya’ni resurslarni, odamlarni boshqarish va uning asosiy maqsadi — olinadigan foydani ko‘paytirish. Barcha ijtimoiy muammolarni, iqtisodni rivojlantirish yo‘lidagi hamma qiyinchiliklarni agar ularga ishbilarmonlik ruhida yondashilsa, «yaratuvchilik menejmenti» orqali oson hal etish mumkin. Ilmiy atamashunoslikda menejment deganda shunday ijtimoiy-iqtisodiy jarayon tushuniladiki, uning natijasida o‘z oldiga qo‘yilgan maqsadlarga firma resurslariga rahbarlik qilish orqali erishiladi. Shuni ta’kidlash kerakki, «menejment» ma’nosi «boshqaruv» atamasiga qaraganda ancha tor. Masalan: mashina, dastgoh texnologik liniyalarini boshqarishi mumkin, bu esa muhandis va texnologlarning vazifasiga kiradi. Menejment esa ayni firmaning ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni boshqarishni anglatadi.

  1. Menejmentning tarixiy shart-sharoitlari.

Boshqarish nazariyasining dastlabki kurtaklari Yu.Tsezar, A.Makedonskiy, Turkistonda esa o‘rta asr davrida Amir Temur xukmronligi vaqtidan boshlab shakllana boshlagan. Dastlabki paytlarda u oddiy bo‘lib asosan xarbiy tavsifga ega edi.
U davrlardagi menejerlar esa xarbiy intizomni o‘rnatish maqsadida xodimlarni jazo bilan qo‘rqitish, xar qanday buyruq va farmonlarga so‘zsiz itoat etish kabi
usullami qo‘llaganlar. Bunday boshqaruv mehnat resurslaridan foydalanish, ulardan iloji boricha ko‘proq qo‘shimcha
qiymat undirishning g‘oyatda samarali usuli, deb qaralgan, Amir Temur davrida markazlashgan, intizomli davlatning barpo bo‘lganligi xam sarkardamizning o‘z qo‘l ostidagilarni “qo‘rquv bilan umid o‘rtasida ushlash” tamoyili bo‘yicha boshqargani sabab bo‘lgan.

Kapitalizm tuzumining boshlang‘ich davrida tadbirkor- mulk egasi o‘zining shaxsiy tajribasiga tayanib ishlab chiqarishni boshqargan. XVIII asrning oxirlarida Angliyada bo‘lgan sanoat to‘ntaruvi boshqaruvga bo‘lgan qiziqishni yanada kuchaytiradi. Boshqaruv xodimlarini tayyorlashga a’loxida e’tibor berila boshlandi.
Ammo XIX asrning ikkinchi yarmi va XX asr chegarasida texnika va texnologiyaning takomillashuvi, ishlab chiqarishning keskin o‘sishi boshqarishni murakkablashtirib yuboradi va uni maxsus bilimlarni talab etuvchi, faoliyatning maxsus soxasiga ajratadi. Ushbu muammolarni xal etish uchun boshqaruv soxasidagi tajribani umumlashtirish, ishlab chiqarish va xodimlarni boshqarishning samarali usullarini izlashga olib keldi. Natijada boshqaruv to‘g‘risidagi ilmni, fanni vujudga keltirdi.
Shu davrdan boshlab to bugunga qadar boshqaruv ta’limotida quyidagi to‘rtta yo‘nalish (maktab) evolyutsion tarzda rivojlangan va o‘zlarining tegishli hissalarini qo‘shishgan.
Shunday qilib, menejment nazariyasi va amaliyoti turli davrlarda o‘ziga xos ko ‘ rinishlarda shakllanadi:

  • 50-60 - yillarda boshqaruvning tashkiliy tarkibi diqqat markazida turgan bo‘lsa;

  • 60-70 - yillarda strategik rejalashtirish vujudga keldi;

  • 80 - yillardan boshlab esa ilg‘or g‘arb firmalarida strategik rejalashtirishdan, strategik boshqaruvga o‘tiladi.

Menejmentdan uzoq davrlardan foydalanishgan. Tashkil qilingan korxonalar rejalashtirish, tashkilashtirish, rahbarlik qilish va nazorat qilishga masul odamlar tomonidan boshqarilgan, bunday faoliyat ming yillardan buyon mavjud.Keling eng qiziqarli misollarga to’xtalaylik.
Misr piramidalari va buyuk Xitoy devori buning isbotidir, ular ulkan miqiyosdagi loyiha bo’lib, minhlab yollangan ishchilar ularni qadimda barpo etganlar. Bitta piramidani qurish uchun 100000 ishchi qatnashib, 20 yil vaqt ketgan piramida qurish uchun qancha toshlar yetarli bo’lishi, ishchilarni ishlab turishlari uchun kim ishontirgan? Javobi-bu boshqaruvchilardir. Kimdir nima ish qilinishi kerakligini rejalashtirgan, odamlarni yollagan, materiallarni rejalashtirgan, yollangan ishchilarni ish bajarilishiga ishontirgan hamda barcha ish rejalashtirilgandek ketayotganini nazorat qilgan.
Yana bir misol, bu Venetsiya shaxridir. Venetsiya 1400 yillarda asosiy iqtisodiy savdo markazi hisoblangan. Venetsiyaliklar hozirgi zamon boshqaruviga xos biznes korxonalarini rivojlantirishgan.Venetsiyada harbiy kemelar kanallar bo’ylab suzib yurgan, har bir bekatda kemalar to’xtab materiallar yuklagan, huddi mashinalarga o’xshab suvli ko’chalarda kemelarning qatnab yurishi g’alati emasmi? Bundan tashqari venetsiyaliklar harbiy kemelardan materiallarni ishchi kuchlarini yuklash uchun foydalanishgan.
1776 yilda Adam Smith “Millat boyligi” deb atalgan kitobini nashr etdi. Unda u ishchi kuchini to’g’ri taqsimlash orqali tashkilot va jamiyat iqtisodiy ustunlikka erishishini yozgan. Misol tariqasida u to’g’nog’ich ishlab chiqarish sanoatini olib 10 ta kishi o’ziga biritilgan vazifani bajarib bir kunda 48 000 ta to’g’nog’ich ishlab chiqarishgan. Holbuki har bir shaxs bir biridan alohida ishlagan. Bunday holda kuniga 10 dona to’g’nog’ich ishlab chiqarish ham amri maholku? Smith bunda ishni taqsimlash ishlab chiqarish hajmining oshishini, har bir ishchining malakasi ham oshib borishini vaqt tejalishini va ijodkorlik, kashfiyotchilik ko’payishini ta’kidlagan. Kasblarni mutaxassislashrish mashhur bo’la boshlagan. Masalan, jarrohlik ishlari kasalxonalarda amalga oshirilgan, restoran va oshxona ishchilari ovqat tayorlashgan, futbol maydonlarida o’ynalgan.
Ilk tarixida biz boshqaruv qanday paydo bo’lganini ko’rib chiqqan bo’lsakda, 20 asr boshlarida hali ham menejmentni o’qib o’rganish boshlanganda bu yondashuv klassik yondashuv deb ataldi. Bu yondashuvda 2 xil nazariya mavjud, ya’ni ilmiy va umumiy ma’muriy boshqaruv. Ilmiy boshqaruv nazariyasiga Fridrix Taylor va Lilian Gerbetlar o’z hissalarini qo’shishdi. Ma’muriy boshqaruvga esa Henry Fayol va Max Veberlar 2 muhim hissasini qo’shishdi. Keling ularning har birining nazariyalarini ko’rib chiqaylik.


Miqdoriy
yondashuv


Download 189.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling