1-мавзу: «Мещнат социологияси» фанининг ма=сади, вазифалари ва ижтимоий–и=тисодий фанлар билан узвий бо\ли=лиги


Eksperiment muhim sotsiologik tadqiqot omili sifatida


Download 1.23 Mb.
bet139/144
Sana02.01.2022
Hajmi1.23 Mb.
#186975
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   144
Bog'liq
Sotsiologiya va madaniyatshunoslik(1)

Eksperiment muhim sotsiologik tadqiqot omili sifatida.

Eksperiment so`zi lotincha tajriba o`tkazish, namuna olish ma`nolarini ifodalaydi.

Tajribaning inson hayoti va jamiyat taraqqiyotidagi ahamiyati juda kattadir.

Tajriba xususida ulug` mutafakkirlar ibratli fikrlar izhor etishib, uni ijtimoiy hayotni ilmiy bilishning jiddiy omili, deb qarashgan. Imom Ismoil al-Buxoriy shunday o`git beradilar: «Tajriba bo`lmasa kishida halimlik va aqllilik mutlaqo bo`lmaydi». Tajriba, hayotiy ko`nikmalarning inson tarbiyasi, bevosita ilm etuvchi 565-hadisda: «Kishi qoqilmay, toymay turib, aqlli, xulqli bo`la olmaydi va har bir yaxshi-yomonni boshidan kechirmay turib, hokim, olim bo`la olmaydi» deb uqtiriladi. Buyuk xitoy faylasufi Konfutsiy: «Ilmga etishishning uch yo`li mavjud bo`lib, bularning eng olijanobi tafakkur, mushohada yo`li, eng oson va qulay bo`lgani taqlid yo`li va eng achchiq va mashaqqatli bo`lgani tajriba yo`lidir, deb tajriba usuliga alohida e`tibor qaratishga udaydi.

Bundan o`n asr muqaddam ulug` yurtdoshimiz Abu Rayhon Beruniy ilmiy eksperimetning misli ko`rilmagan usullarini ishlab chiqib, tabiiy fanlarda buyuk kashfiyotlar qilishga musharraf bo`lgan edi. U dunyoda birinchi bo`lib, eksperiment usulida sayyoramiz, hajmi, hamda vaznini o`ta aniqlik bilan belgilab berdi. Ayni chog`da, tajribalar orqali okean ortida buyuk quruqlik (Amerika) yastanib yotganligini ham ilmiy isbotladi. Yana bir buyuk millatdoshimiz Mirzo Ulug`bek , Nikolay Kapernikdan qariyb bir asr muqaddam er kurrasi oliy ong sharofati bilan Quyosh sistemasiga kiruvchi osmon jismlaridan biri ekanligini ilmiy kuzatish va eksperiment usulida kashf etib berdi.

Ijtimoiy eksperiment o`ziga xos ichki tizimga egadir. Eksperimentning tizim yasovchi elementlari eksperimentator, eksperimental omillar, eksperimental vaziyat va eksperimental ob`ektlardan iborat. Eksperimentator, odatda, bir guruh yoki yakka kishidan iborat bo`lishi, ular oldindan maxsus tayyorgarlik ko`rgan bo`lishi lozim. Eksperimental omillar deganda sotsiolog tomonidan maxsus uyushtiriluvchi, boshqariluvchi, harakat sodir bo`layotgan jarayonga kuchaytiruvchi yoki susaytiruvchi ta`sir ko`rsatuvchi holatlarni tushunamiz. Eksperimental vaziyat esa muayyan tadqiqot o`tkazish uchun maxsus hozirlanuvchi holatlardir, eksperimental ob`yekt, o`z navbatida, tadqiqot o`tkaziluvchi kishilar faoliyatlaridir.

Muayyan maqsadga erishish uchun o`tkazilayotgan har qanday tajriba ishlari quyidagi to`rt muhim bosqich doirasida amalga oshirilishi maqsadga muvofiqdir. Dastlabki bosqichda eksperimental ishning nazariy asoslari puxta va atroflicha mushohada etilib, muayyan ilmiy-nazariy fikrlar ilgari suriladi. Keyingi bosqichda tajriba o`tkazish dasturi atroflicha aks ettiriladi. Uchinchi bosqichda bevosita tadqiqot o`tkazish uchun zarur bo`lgan shart-sharoitlar muxayyo etilib, so`nggi bosqichda to`plangan ma`lumotlar tahlil qilinadi, umumlashtiriladi, tegishli yo`riqlar va tavsiyanomalar ishlab chiqiladi.

Eksperimental ish olib borayotganda turli xil xato va kamchiliklarga yo`l qo`ymaslik uchun bir qator ilmiy asoslangan talablarga rioya qilish muhimdir. Birinchi navbatda, eksperiment o`tkazish oldidan va jarayon kechayotgan chog`da muayyan fanning eng ilg`or nazariyalariga mustahkam tayangan holda, ish ko`rish kerak. Ikkinchidan, tajriba o`tkazish jarayonini asta-seki, muntazam va izchil ravishda murakkablashtira borish maqsadga muvofiqdir. Uchinchidan, eksperiment o`tkazilayotgan ijtimoiy hodisaga keng jamoatchilik fikrii jalb etish, tajribali shaxslar maslahatiga qat`iy amal qilib borish muhim ahamiyatga egadir. To`rtinchidan, eksperimental ishning maqsadga to`g`ri yo`naltirilganligini ta`milash uchun tajribaga mutasaddi bo`lgan tadqiqot guruhi bilan mustahkam aloqada faoliyat yuritish juda zaruriy shartlardandir.


Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati:
1.Abdurahmonov Q., Bozorov N., Volgin N. va boshqalar. «Mehnat iqtisodiyoti va sotsiologiyasi». Toshkent: «O`qituvchi»-2001 yil, 433-443 betlar.

2.Abdurahmonov Q.H., Holmo`minov SH.R. «Mehnat iqtisodiyoti va sotsiologiyasi». Toshkent-2004 yil, 183-194 betlar.

3.Aliqoriev N.S. va boshqalar. «Umumiy sotsiologiya». Toshkent-1999 yil, 146-170 betlar.

4.Bekmurodov M. «Sotsiologiya asoslari». Toshkent: «Fan»-1994 yil, 27-110 betlar.

5.Giddens entoni. «Sotsiologiya». Toshkent: «SHarq»-2002 yil, 758-787 betlar.

6.Elsukov A., Babasov E.M., Danilov A.N. va boshqalar. «Sotsiologiya». Minsk: «Tetra Sistems»-1998 yil, 440-534 betlar.

7.Lavrinenko V.N., Nartov N.A., Shabonova O.A., Lukashova G.S. «Sotsiologiya». Moskva: «YUNITI-1998 yil, 308-339 betlar.

8.Markovich Danilo. «Sotsiologiya truda». Moskva: «Progress»-1988 yil, 90-112 betlar.

9.Toshenko J. «Sotsiologiya». Moskva: «Prometey-Yurayt»-1999 yil, 69-83 betlar.


Download 1.23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   144




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling