Metall konstruksiyalariga qo‘yiladigan talablar
Qurilish konstruksiyalari ularga qo‘yiladigan funksional, texnik, iktisodiy, estetik va boshqa talablarni hisobga olgan xolda loyixalanadi.
Funksional talablarga ko‘ra xar bir konstruksiya qanday maqsadga mo‘ljallangan bo‘lsa, shunga mos bo‘lishi hamda bino yoki inshootda bajarilayotgan texnologik jarayonlarning qulay va xavfsiz bo‘lishini ta’minlashi lozim.
Texnik talablar konstruksiyaning zarur mustahkamligi, bikirligi va uzoqka chidashini ta’minlashga karatiladi.
Qurilish konstruksiyalariga qo‘yiladigan muhim talablarga tayyorlash va ishlatishdagi tejamliligi, industrialligi va texnologiyabopligi kiradi.
Zavodlarda tayyorlangan elementlardan iborat yig‘ma konstruksiyalar bu talablarni to‘liq kanoatlantiradi.
Iqtisodiy talablar konstruksiya materiali, uning tipi (masalan, fermalar yoki to‘sinlar) va asosiy o‘lchamlari (masalan, to‘sin balandligi) ni tanlashga katta ta’sir ko‘rsatadi.
Konstruktiv echimlar, konstruksiyalarni muayyan shart-sharoitlarda ishlatishning texnik-iktisodiy jixatdan maqsadga muvofiqligiga asoslangan xolda, material va energiya sarfini, shuningdek, sermexnatligini hamda qurilish ob’ektining narxini maksimal darajada kamaytirishni hisobga olgan xolda tanlangan bo‘lishi kerak. Bunga quyidagilarni amalga oshirish orqali erishish mumkin:
samarali qurilish materiallari va konstruksiyalaridan foydalanish;
konstruksiyalarning massasini kamaytirish;
materiallarning fizik-mexaniq xususiyatlaridan to‘liq foydalanish;
maxalliy qurilish materiallarini ishlatish;
asosiy qurilish materiallarini tejamkorlik bilan sarf qilishga oid tegishli talablarga rioya qilish.
Loyihalashda echimlarning bir necha variantlari tuzilib, ularda konstruksiyalarni tayyorlash va kurishdagi materiallar, energiya, mexnat sarfi, qurilish narxi va muddatlariga oid ko‘rsatkichlar aniqlanadi; konstruksiyaning me’moriy ko‘rkamligi ham e’tiborga olinadi. Variantlarni taqqoslash orqali eng maqbul echim tanlab olinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |