1-Mavzu: Metall konstruksiyalarini loyihalash asoslari haqida umumiy tushuncha. Maqsadi va vazifalari. Reja


Loyihalashtirishning tashqiliy shakli


Download 2.27 Mb.
bet5/28
Sana06.11.2023
Hajmi2.27 Mb.
#1750512
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28
Bog'liq
Маърузалар

Loyihalashtirishning tashqiliy shakli
Loyihalashtirish bir yoki ikki bosqichda bajariladi.
Bir bosqichda – ishchi loyiha qayta ishlatiladigan loyiha asosida quriladigan va texnik jihatdan murakkab bo‘lmagan binolarni qurishda qo‘llaniladi.
Ikki bosqichda – loyiha va ish hujjatlari bajariladi. Loyihalash bosqichida binoning me’morchiligi (arxitekturasi) qisqa tasvirlab beriladi va qurilish zarurligi asoslanadi. Inshootlarning konstruktiv shakllari aniqlanadi va kerakli elementlar tanlab olinadi. Agarda shu bino qurilishida metall konstruksiyalarni ishlatish maqsadga muvofiq bo‘lsa unda tarx va qirqimlarda asosiy ko‘tarib turadigan elementlarning sxemasi keltiriladi va shu konstruksiyani ishlab chiqarish, qurilish maydoniga transport orqali olib borish imkoniyatlari ko‘rib chiqiladi. Ish hujjatlariga metall konstruksiyalar ish chizmalari (KM) va murakkab tugunlarning va detallarning chizmalari kiradi (KMD).
KMning ishchi loyihasiga quyidagi materiallar kirishi kerak: tushuntirish xati, bino sinchiga ta’sir etayotgan yuklar jami, bino tarxi, konstruksiya joylanishi, elementlar hisobi, biriktirilgan joyi va metallning kesimi bo‘yicha to‘liq tafsilotli ro‘yhati.


3-Mavzu: YUklar va ta’sirlar


Reja:

  1. Ta’sir etish vaqtiga ko‘ra yuklarning turlari.

  2. Maxsus yuklar.

  3. YUklar jamlanmasi

Ta’sir etish vaqtiga qarab yuklar doimiy va vaqtincha bo‘lishi mumkin, vaqtincha yuk uzoq muddatli, qisqa muddatli va maxsus bo‘lishi mumkin.


Doimiy ta’sir etadigan yuklarga quyidagilar kiradi:
a) inshoot qismlarining vazni, yuk ko‘taruvchi va to‘suvchi qurilish konstruksiyalarining vaznlari ham shunga kiradi;
b) gruntlarning og‘irligi va bosimi (ko‘tarma, to‘ldirma);
v) konstruksiyada oldindan uyg‘otilgan kuchlanishlardan hosil bo‘lgan zo‘riqishlar va boshqalar.
Vaqtincha uzoq muddat ta’sir etadigan yuklarga quyidagilar kiradi:
a) vaqtincha xonalarni ajratadigan pardevor og‘irligi;
b) qo‘zg‘almas asbob-uskunalar dastgohlar, apparatlar, motorlar, idishlar, quvurlar, tasmali transportyorlar, konveyerlar, qo‘zg‘almas ko‘tarma mashinalar, shuningdek asbob-uskunalarni to‘ldirib turuvchi suyuqlik yoki qattiq jismlarning vazni;
v) idishlar yoki quvurlardagi gaz, suyuqlik va sochiluvchan jismlarning bosimi;
g) omborxona, muzxona, don saqlaydigan, kitob saqlaydigan xonalar, arxivlar va shunga o‘xshash binolar yopmasiga taxlanadigan yoki jovonlarga terib qo‘yiladigan buyumlar vazni;
d) statsionar asbob-uskunalardan tushadigan yuklar;
Vaqtincha qisqa muddatli yuklarga quyidagilar kiradi:
a) asbob-uskunalarni ishga tushirish va to‘xtatish, sinash, ko‘chirish yoki almash-tirish chog‘larida vujudga keladigan yuklar;
b) odamlar va uskunalarni ta’mirlashda ishlatiladigan materiallar vazni;
v) uy-joy, jamoat, qishloq xo‘jaligi binolarining yopmalariga odamlar va asbob-uskunalardan tushadigan yuklar;
g) qo‘zg‘aluvchi ko‘tarma-telfer vositalaridan tushadigan yuklar
d) qor yuklari;
e) harorat iqlim ta’siri;
j) shamol yuklari;
Maxsus yuklarga quyidagilar kiradi:
a) seysmik ta’sirlar;
b) portlash ta’sirlari;
v) texnologik jarayonning keskin o‘zgarishi, uskunalarning vaqtincha ishdan chiqishi yoki sinishi natijasida vujudga keladigan yuklar;
g) grunt strukturasini keskin o‘zgarishi (cho‘kuvchan gruntlar namlanganda) yoki tog‘ konlari xududida cho‘kish natijasida zaminda paydo bo‘lgan deformatsiyalardan kelib chiqqan ta’sirlar.

Download 2.27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling