1-mavzu. Mintaqaviy iqtisodiyot fan sifatida shakllanishI, predmeti, ob’ekti va metodlari reja


Mintaqaviy iqtisodiyot fan sifatida shakllanishi, predmeti va ob’ekti


Download 31.26 Kb.
bet2/11
Sana02.01.2022
Hajmi31.26 Kb.
#194731
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
1-мавзу

1.1.Mintaqaviy iqtisodiyot fan sifatida shakllanishi,
predmeti va ob’ekti

Mintaqaviy iqtisodiyot fani - davlatlararo iqtisodiy zonalar, yirik iqtisodiy hududlar, alohida hududiy-sanoat komplekslari, shuningdek yirik sanoat va shahar aglomeratlari tizimi sifatida qaraladigan mamlakat iqtisodiyoti faoliyatining va rivojlanishining muammolari va shakllarini o’rganadi.

Mintaqaviy iqtisodiyot - nisbatan yosh fan bo’lib iqtisodiy yo’nalishdagi mutaxassislarni tayyorlashda deyarli barcha mamlakatlarning o’quv rejalarida o’rganish uchun fan sifatida kiritilgan.

G’arbning ilm-fan sohasida «mintaqaviy fan» deb nomlangan ushbu ilm-fan yigirmanchi asrning 50-yillari oxirida shakllana boshladi. Ushbu ilmiy yo’nalishning ideologi va tashkilotchisi U. Ayzard edi. Mustaqil fan sifatida 1970-80-yillarda mintaqaviy iqtisodiyot fani shakllandi va 1990-yillarda o’quv fani maqomiga ega bo’ldi.

Mamlakatimizda XX asrning 70-yillarida mintaqaviy iqtisodiyot mavzusidagi dastlabki tadqiqotlar paydo bo’ldi. Biroq uzoq vaqt mobaynida bu bilimlar «iqtisodiy geografiya» kursining bir qismi sifatida universitetlarda o’qitildi, bu iqtisodiy ta’limning dastlabki tsikli edi.

Mintaqaviy iqtisodiyotning jarayoni boshqa iqtisodiy va ijtimoiy fanlar bilan chambarchas bog’liq. Uning mavzusi iqtisodiy nazariya, sotsiologiya, demografiya, siyosatshunoslik, menejment va boshqa fanlarning masalalrini o’zida qamrab oladi.

«Mintaqaviy iqtisodiyot» kontseptsiyasining ta’rifini hisobga olgan holda bir nechta yondashuvni qayd etish kerak.

Gramer nuqtai nazaridan «Mintaqaviy iqtisodiyot» iqtisodiyot fanlarida markaziy o’rinlardan birini egallashi kerak. Ushbu olimning nuqtai nazariga ko’ra iqtisodiyotning asosi uch qutbli tizim sifatida quriladi:

1 - makroiqtisodiyot;

2 - mikroiqtisodiyot;

3 - mintaqaviy iqtisodiyot.

Rus olimi mintaqaviy iqtisodiyot faning asoschilari biri akademik Nekrasovning fikriga ko’ra, mintaqaviy iqtisodiyot mamlakatning mintaqaviy tizimida va alohida mintaqada ishlab chiqarish kuchlari va ijtimoiy jarayonlarni rejalashtirish va shakllantirishni belgilovchi iqtisodiy va ijtimoiy omillar va hodisalarning umumiyligini o’rganadi.

Nekrasov mintaqaviy iqtisodiyotning asosiy tarkibiy qismi bo’lgan ishlab chiqarish kuchlarining joylashishini, ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish uchun mamlakatdagi ishlab chiqarishning asosiy omillarini, mintaqaviy ishlab chiqarishning raqobatbardoshligini oshirish masalalarini tadqiq etdi.

Granberg nuqtai nazaridan mintaqaviy iqtisodiyotning mavzusi keng ma’noda murakkab va ko’p tomonlama. Uning asosiy tarkibiy qismlari quyidagilardan iborat:

1) alohida hududlar iqtisodiyoti;

2) hududlar o’rtasidagi iqtisodiy aloqalar;

3) mintaqaviy iqtisodiyot nafaqat iqtisodiy hayotning turli jihatlarini balki davlat boshqaruvi va uni tartibga solish tizimini ham o’z ichiga olgan mintaqaviy tizimlarni, mintaqaviy byudjetlar va byudjetlararo munosabatlar tizimini, mintaqaviy va viloyat va shaharlar darajasida hukumatlararo transfertlar tizimini, shuningdek yuridik shaxslarga beriladigan byudjet mablag’larini, past darajadagi byudjetlarni subventsiyalari va subsidiyalari va mintaqadagi ijtimoiy munosabatlar tizimini, mintaqada aholi turmush darajasini ko’rsatkichlarini, mahalliy mintaqaviy bozorning salohiyatini, uning diversifikatsiyasi darajasini, mehnatga talabining darajasini, mintaqada demografik jarayonlar va ishchi kuchlari malakasini ifodalovchi ko’rsatkichlarni o’z ichiga oladi.

Zamonaviy iqtisodchilarning fikriga ko’ra, hozirgi bosqichda mintaqaviy iqtisodiyotning asosiy vazifasi - iqtisodiy islohotlarning mintaqaviy muammolarini o’rganish va uni hal etishdir.

Ushbu pozitsiyaga ko’ra, mamlakatda mintaqaviy iqtisodiyot ijtimoiy-hududiy mehnat taqsimoti va mintaqalararo iqtisodiy integratsiyani namoyon etadi va uning tendentsiyalari bo’yicha zamonaviy ilmiy qarashlarni o’zida aks ettiradi.

Xulosa o’rnida Mintaqaviy iqtisodiyot fan sifatida - ishlab chiqarish kuchlari va ijtimoiy infratuzilma elementlarini, qonuniyatlari va tamoyillarini hududiy jihatdan tadqiq etadi; mamlakat umumiy rivojlanish strategiyasi va ekologik holatini hisobga olgan holda ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirish yo’nalishlarini belgilaydi; hududlar iqtisodiyotini va hududlararo iqtisodiy aloqalarni o’rganadi. Bundan tashqari, mintaqaviy iqtisodiyot ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirish va rivojlantirish masalalarini mamlakat miqyosida yaxlit o’rganadi. Zero, har bir hudud iqtisodiyoti, eng avvalo, mamlakat yagona xo’jalik majmuasining tarkibiy qismidir.

Shu bilan birga, mazkur fan mamlakat va hududlarning tabiiy resurs salohiyatini, mamlakatning jahon xo’jaligi tizimidagi o’rni, aholi, mehnat resurslari va hozirgi demografik muammolarni o’rganadi; bozor iqtisodiyoti sharoitida mamlakat va hududlarning iqtisodiy darajasini tahlil qiladi hamda ishlab chiqarish kuchlarining asosiy omillarini aniqlaydi.

Mintaqa - mamlakat yagona xalq xo’jaligi majmuasining hududiy kichik tizimi hisoblanadi. U demografik, tabiiy-ekologik, ijtimoiy-iqtisodiy va texnik-iqtisodiy jarayonlarning ichki aloqasi va o’zaro munosabati tufayli hosil bo’lgan yaxlit birlikdir.

Mamlakatimiz bozor iqtisodiyotiga o’tishi munosabati bilan mintaqaviy iqtisodiyot fanining ahamiyati ortib bormoqda. Mintaqalarni o’rganishda hozirgi paytda ularda ro’y berayotgan holatni chuqur (qaysi jihatlari ortayotganini) tushunish lozim. Bozor munosabatlariga o’tish davrida O’zbekistondagi har bir mintaqaning iqtisodiy rivojlanish darajasi turlicha. Masalan, Toshkent shahri, Toshkent va Farg’ona viloyatlari sanoat tarmoqlarining rivojlanishiga ko’ra respublikaning boshqa mintaqalaridan oldinda turadi. Aksincha, Surxondaryo, Sirdaryo, Jizzax viloyatlari va Qoraqalpog’iston Respublikasi bu ko’rsatkichlar bo’yicha quyi o’rinlarni egallaydi.

Shu o’rinda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoevning 2019 yil uchun mo’ljallangan eng muhim ustuvor vazifalar haqidagi Oliy Majlisga Murojaatnomasida hududlarni kompleks rivojlantirish tadbirlarini izchil davom ettirish lozimligi, xususan, iqtisodiyotdagi tizimli o’zgarishlar natijasida yalpi ichki mahsulot tarkibida sanoatning ulushi joriy yilda 35 foizdan 37 foizga ortishi kutilmoqda1. Biroq ayrim shahar va tumanlarda bu o’ta muhim masalaga etarlicha e’tibor berilmayapti. Oqibatda, respublikaning 27 ta tumanida sanoatning ulushi viloyat ko’rsatkichining 1 foiziga ham etmaydi. Shu sababli, har bir tuman va shahar sanoatini rivojlantirish bo’yicha o’rta va uzoq muddatli dasturlar ishlab chiqish kerakligini ta’kidladi.

Qishloq xo’jaligida ortiqcha ishchi kuchlari mavjudligi – Farg’ona vodiysi viloyatlari oldidagi dolzarb muammolardan hisoblanadi. Sirdaryo va Jizzax viloyatlarida esa, aksincha, qishloq xo’jaligini xodimlar bilan ta’minlash jiddiy muammo bo’lib turibdi. Navoiy viloyatida ishsizlik darajasi yuqori.

Hozirgi vaqtdagi mintaqaviy siyosatning muhim vazifalaridan yana biri – iqtisodiy kooperatsiya va mintaqalararo hududiy mehnat taqsimotini takomillashtirishdan iborat.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 1 maydagi «Sanoat kooperatsiyasini yanada rivojlantirish va talab yuqori bo’lgan mahsulotlar ishlab chiqarishni kengaytirish chora-tadbirlari to’g’risida»gi Qarorida Mahalliy va xorijiy bozorlarda talab yuqori bo’lgan mahsulotlar ishlab chiqarish uchun sanoatda kooperatsiya aloqalarini rivojlantirish, xo’jalik yurituvchi sub’ektlar o’rtasida o’zaro hamkorlik uchun qulay shart-sharoitlar yaratish mamlakatimiz iqtisodiyotini jadal rivojlantirishning eng muhim shartlari ekanligini ta’kidlandi.

Sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishni yanada kengaytirish, kichik biznes sub’ektlarini sanoat faoliyatiga keng jalb etish, sanoat kooperatsiyasini mustahkamlash va rivojlantirish, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar tannarxini kamaytirish maqsadida viloyat, shahar va tumanlarda mavjud bo’sh foydalanilmay turgan hududlarda texnoparklar va kichik sanoat zonalarini tashkil qilish, davlat xaridlari tizimi orqali mahalliy ishlab chiqaruvchilar uchun barqaror talabni shakllantirishni nazarda tutadigan davlat tomonidan qo’llab-quvvatlash chora-tadbirlarini amalga oshirish vazifalari belgilab berildi2.



Download 31.26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling