1-mavzu. Mintaqaviy iqtisodiyot fan sifatida shakllanishI, predmeti, ob’ekti va metodlari reja
Mintaqaviy iqtisodiyotning vazifasi
Download 31.26 Kb.
|
1-мавзу
Mintaqaviy iqtisodiyotning vazifasi – milliy iqtisodiyotning hududiy muammolarini o’rganish va ushbu muammolarni hal qilish yo’llari va mexanizmlarini aniqlashdir.
Shu o’rinda ta’kidlash joizki, mamlakatimizda hududiy muammolarni o’rganish va ularni hal etishda samarali yondoshuv tizimi yaratildi. Xususan, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 8 yanvardagi «Hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo’yicha sektorlar faoliyatini yanada takomillashtirishga doir qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida»gi PQ-4102-sonli Qarori muvofiq mamlakatimizda hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholining yashash sharoitlarini tubdan yaxshilash, turmush darajasida sezilarli ijobiy o’zgarishlarga erishish bo’yicha izchil chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Ushbu maqsadda hududlarni sektorlarga bo’lib ishni tashkil etish tizimining joriy etilganligi xalq bilan manzilli muloqotning yo’lga qo’yilishiga imkon yaratdi. Unga ko’ra3: sektorlar faoliyatini muvofiqlashtirish va samaradorligini yanada oshirish maqsadida sektorlarning «tuman (shahar) — viloyat — respublika» tamoyili asosida ularga amaliy va uslubiy yordam ko’rsatish hamda faoliyatini nazorat qilish bo’yicha hokimliklar, prokuratura, ichki ishlar va soliq idoralarida vertikal boshqaruv tizimini joriy etildi; hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy holatini o’rganish natijalari bo’yicha respublika darajasida echiladigan muammolarni hal etishga doir chora-tadbirlarning ishlab chiqilishi hamda amalga oshirilishini tashkil etildi; har bir hududda aniqlangan muammolarni hal etish bo’yicha hududiy va respublika «yo’l xaritalari» ishlab chiqilishi hamda amalga oshirilishini tashkil etish, ularda nazarda tutilgan tadbirlar samaradorligini oshirish bo’yicha qo’shimcha choralar belgilab borilmoqda. Albatta ushbu tadbirlar joylarda hududiy muamolarni bartaraf etish, qulay investitsion muhit yaratilishida muhim vosita sifatida baholanmoqda. Bu holda, mintaqaviy iqtisodiyotning ob’ekti mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy tizimining hududiy jihatlari, mintaqaviy iqtisodiyotning hududiy quyi tizimlarining faoliyati hisoblanadi. Mintaqaviy iqtisodiyot ijtimoiy fan hisoblanadi. U muayyan hududdagi ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni tadqiq etadi, ijtimoiy va iqtisodiy omillarni o’rganadi. Mintaqaviy iqtisodiyot iqtisod nazariyasi, sotsiologiya, tarmoqlar iqtisodi, iqtisodiy geografiya, demografiya va boshqa ijtimoiy-iqtisodiy fanlar bilan uzviy aloqador. Bozor munosabatlarining shakllanishi va rivojlanishi mamlakat xo’jaligining hududiy tashkil etilishi bilan chambarchas bog’liq. Mintaqaviy iqtisod va siyosatning nazariy va amaliy muammolarini o’rganish (renta munosabatlari, hududiy ijtimoiy jarayonlar va h.k.) iqtisod nazariyasini yanada boyitadi, yangi ilmiy xulosalar chiqarish imkonini beradi. Mamlakatimizda ijtimoiy va demografik yo’nalishdagi tadqiqot ishlari izchil amalga oshirilmoqda. Xususan Iqtisodiyotni erkinlashtirish va rivojlantirish, ishbilarmonlik muhitini yaxshilash, iqtisodiyot tarmoqlarining raqobatbardoshligini oshirish bo’yicha tub islohotlarni amalga oshirishga qaratilgan 2017 — 2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasini amalga oshirish natijasida mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining barqaror ijobiy o’sishini ta’minlanmoqda. Iqtisodiyotni yanada erkinlashtirish va rivojlantirish, iqtisodiy salohiyatni kengaytirish bo’yicha chora-tadbirlarni izchil amalga oshirish, tadbirkorlik sub’ektlari raqobatbardoshligi va faoliyati samaradorligini kuchaytirish asosida aholi turmush darajasini oshirish maqsadida, shuningdek, 2017 — 2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishlari bo’yicha Harakatlar strategiyasiga muvofiq O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 8 yanvardagi «Iqtisodiyotni yanada rivojlantirish va iqtisodiy siyosat samaradorligini oshirishning qo’shimcha chora-tadbirlari to’g’risida»gi PF-5614-sonli Farmoni qabul qilindi. Unga ko’ra4: makroiqtisodiy barqarorlikni saqlab turish, samarali fiskal siyosatni yuritish, soliqqa tortish tizimi va soliq ma’muriyatchiligini tubdan isloh qilish; asosiy resurslarni taqsimlashda bozor tamoyillarini keng joriy qilish asosida respublikaning raqobatbardosh bozor iqtisodiyotiga o’tishi jarayonlarini tezlashtirish; fuqarolarning ijtimoiy himoyasi va ularga davlat xizmatlarini ko’rsatish tizimini mustahkamlash, aholining ijtimoiy ko’makka muhtoj qatlamlarini himoya qilish hajmlari va turlarini ko’paytirish; davlat boshqaruvi tizimi samaradorligini yanada oshirish, xususiy sektorni rivojlantirish va tadbirkorlik sub’ektlarini qo’llab-quvvatlash; tabiiy boyliklardan foydalanish samaradorligini oshirish, atrof-muhit muhofazasini ta’minlash, suv resurslarini boshqarishni takomillashtirish, irrigatsiya va melioratsiya tizimlarini modernizatsiya qilishkabi aniq vazifalar belgilab olingan.
Download 31.26 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling