1-mavzu: moliya bozori va uning qatnashchilari
Download 26.64 Kb.
|
1-mavzu moliya bozori va uning qatnashchilari
axborotni oshkor qilish — qimmatli qog'ozlar bozorida manfaatdor shaxslarning axborotni qaysi maqsadda olishidan qat'i nazar, mazkur axborotdan uning topilishi va olinishini kafolatlaydigan shakllarda foydalanishini ta'minlash;
veksel — veksel beruvchining yoxud vekselda ko'rsatilgan boshqa to'lovchining vekselda nazarda tutilgan muddat kelganda veksel egasiga muayyan summani to'lashga doir qat'iy majburiyatini tasdiqlovchi noemissiyaviy qimmatli qog'oz; davlat qimmatli qog'ozlari — O'zbekiston Respublikasining g'azna majburiyatlari va O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi vakolat bergan organ tomonidan chiqarilgan obligasiyalar, shuningdek O'zbekiston Respublikasi Markaziy bankining obligasiyalari depo hisobvarag'i — deponentning qimmatli qog'ozlarini saqlash va qimmatli qog'ozlarga bo'lgan huquqlarni hisobga olish uchun mo'ljallangan, investisiya vositachisining va Qimmatli qog'ozlar markaziy depozitariysining hisobga olish registrlaridagi yozuvlar yig'indisi; depo hisobvarag'idan ko'chirma — deponentning qimmatli qog'ozlarga bo'lgan huquqlarini tasdiqlaydigan, investisiya vositachisi va (yoki) qimmatli qog'ozlar markaziy depozitariysi tomonidan beriladigan hujjat; depozitar operasiyalar — hisobga olish registrlarida depozitar operasiyalar standartlariga muvofiq bajariladigan operasiyalar; depozitar tilxatlar — nominal qiymatga ega bo'lmagan qimmatli qog'oz bo'lib, u taqdim etiladigan qimmatli qog'ozlarning muayyan soniga bo'lgan mulk huquqini tasdiqlaydi va uning egasining ushbu qimmatli qog'oz emitentidan depozitar tilxat o'rniga taqdim etiladigan qimmatli qog'ozlarning tegishli sonini olishini hamda taqdim etiladigan qimmatli qog'ozlar bilan mustahkamlangan huquqlarning depozitar tilxat egasi tomonidan amalga oshirilishi bilan bog'liq xizmatlar ko'rsatilishini talab qilish huquqini mustahkamlaydi; depozit sertifikati — bankka qo'yilgan omonat summasini va omonatchining (sertifikat saqlovchining) omonat summasini hamda sertifikatda shartlashilgan foizlarni sertifikatni bergan bankdan yoki shu bankning istalgan filialidan belgilangan muddat tugaganidan keyin olish huquqini tasdiqlovchi noemissiyaviy qimmatli qog'oz; Download 26.64 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling