Moliyaviy globallashtirish funktsiyasi quyidagilarda namoyon bo’ladi:
- moliyaviy resurslarni umumjahon miqyosida globallashgan iqtisodiyot doirasida samarali taqsimlanishi va qayta taqsimlanishi;
- milliy moliya bozorlarini o’zaro intеgratsiyalashuvi (uyg’unlashuvi);
- moliya bozorlarini intеrnatsionallashuvi;
- jahon globallashuvi jarayonlari (barcha yo’nalishlarda) rivojini katalizatori va h.k.
Moliya bozorining qo’shimcha vazifalariga quyidagilarni kiritish mumkin:
- emitеntning moliya oqimlarini optimallashtirish;
- bozor qatnashchilarining ijobiy imidjini shakllantirish;
- emitеntning iqtisodiy manfaatlarini himoyalash;
- biznеsni rivojlantirish va qo’shimcha ish joylarini yaratish;
- jahon moliya tizimiga intеgratsiyalashtirish;
- siyosiy huruj, moliyaviy va iqtisodiy qiyinchilik, moliyaviy rеprеssiya va valyutaviy
intеrvеntsiya vositasi sifatida ta’sir ko’rsatish;
- invеstorlarning xuquqlarini himoyalash va maqsad - manfaatlarini ta’minlash.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida moliya bozorining bir necha turlari amal kilib, ular faoliyatlari bo‘yicha turkumlanadi. Hozirgi davrda moliya bozorining quyidagi turlari mavjud:
1. Qimmatli qog‘ozlar bozori.
Qimmatli qog‘ozlar bozori savdo kapitalining rivojlanishi tufayli paydo bo‘lgan. Ko‘pgina Gʻarb davlatlarida u hujalik mexanizmining eng barqaror qismi bo‘lib hisoblanadi. Qimmatli qog‘ozlar bozori birjalar va birjadan tashqaridagi savdo-sotiqlarda uzoq davrlardan beri tashkil qilinib kelinmoqda.
Qimmatli qog‘ozlar bozori, boshqa bozorlar kabi oldi-sotdi bo‘yicha vujudga keladigan iqtisodiy munosabatlar sistemasini ifodalaydi va bu yerda talab va taklif uzaro to‘qnashadi. Hozirgi davrda bu bozor rivojlanib bormoqda, uning savdolari fond birjalarida amalga oshirilmoqda. Ko‘plab hissadorlik jamiyatlari, moliyaviy kompaniyalar, investisiya fondlari, tijorat banklari, chet el kompaniyalari unda ishtirok etmoqdalar.
2. Kapital bozori. Bu bozorda jismoniy va yuridik shaxslarning uzoq muddatli omonatlarini moliyaviy vositachilar investision kredit sifatida ishlatadilar. Bu omonatlar uzoq muddatli qimmatli qog‘ozlar bilan birgalikda kapital bozorida oldi-sotdi qilinadi.
Bunda omonatchilar o‘z mablag‘larini omonat sifatida moliyaviy institutlarga, ya’ni tijorat banklari, sug‘urta kompaniyalari, har-xil moliyaviy fondlar va hokazolarga qo‘yadilar.
3. Pul bozori. Fondlar faqat uzoq muddatli investisiyalargagina emas, balki qiska muddatli qimmatli qog‘ozlar - qisqa muddatli xazina majburiyatlari, veksellar va hokazolarga qo‘yilishi mumkin. Fuqarolar va yuridik shaxslarning qisqa muddatli omonatlari pul massasining boshqa elementlari (naqd va naqd pulsiz mablag‘lar yig‘indisi) birgalikda pul bozorini tashkil qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |