1-mavzu: Moliya bozorining nazariy asoslari. Moliya bozorining Angalosakson va Kontinental (nemis) modellari


Ko'p ukladli iqtisodiyotga xos moliya bozori modeli


Download 104.61 Kb.
bet7/8
Sana17.06.2023
Hajmi104.61 Kb.
#1524558
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
1-mavzu

Ko'p ukladli iqtisodiyotga xos moliya bozori modeli. Har qanday mamlakat iqtisodiyotida yuqorida keltirilgan modellarning elementlari (unsurlari) mavjud bo‘lib, ular moliya bozorining roli va funktsiyalarini ma’lum darajada cheklashi yoki kengaytirishi mumkin. Masala shundaki, qanday model qaysi mamlakatda ustuvorlik qiladi.
Rivojlanayotgan va o'tish iqtisodiyotiga mansub mamlakatlarga xos moliya bozorining gibrid (aralash tuzilmali) modellari.
Bunday modellarda asosan ko‘pukladli iqtisodiyotga xos muammolar mavjud bo‘ladi. Iqtisodchilar bu muammolami pay do bo'lishini ushbu mamlakatlarda turlicha olib borilayotgan iqtisodiy islohotlar natijalari va ularga ta’sir etuvchi ko‘pgina omillar bilan bog'laydilar. Muammolarning ichida sezilarlisi - Aksiyadorlik kapitalida mulkchilik tuzilmasini shakllanishi jarayoni hisoblanadi. Bu jarayonda Aksiyalarning katta paketi asosan davlat, xorijiy strategik investorlar, kompaniya mehnat jamoasi, affilior shaxslari va administrasiyasida mujassamlashib qoladi. Natijada kompaniyaning korporativ boshqaruv mexanizmi, investitsion va emission siyosatlari samarasizlashadi, moliya bozorida esa ko'proq moliyalashtirishning qarz usulini ulush kiritish usulidan ustunligi ustuvor xarakterga ega bo'ladi, aksiyalar bozori sust rivojlanadi.
Anglo-sakson traditsiyalariga asoslangan moliya bozori modellari. Anglo-sakson traditsiyalarida (yoki «protestan kapitalizmi» traditsiyalarida) tarbiyalangan moliya bozori qatnashchilari risklar va xatti-harakatlarga nisbatan pragmatik, iqtisodiy individualizm, davlatga va yirik kompaniyalarga nisbatan kamroq nazoratli bo‘ladilar.
AQSh va Buyukbritaniya moliya bozorlar qatnashchilari esa Germaniya va Yaponiyadagilardan farqli konservativlik darajasi kamroq va risklarga ko‘proq moyil. Bularning barchasi anglo-sakson modeli asosidagi moliya bozorlarini liberalligini, ochiqligini, faolligini, ammo inqirozlarga ta’sirchanligini belgilaydi.
Mamlakat aholisining traditsiyalari va ma’naviy boyliklariga asoslangan moliya bozori modellari

Download 104.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling