1-mavzu: Moliya bozorining nazariy asoslari. Moliya bozorining Angalosakson va Kontinental (nemis) modellari


Islom traditsiyasiga asoslangan moliya bozori modeli


Download 104.61 Kb.
bet8/8
Sana17.06.2023
Hajmi104.61 Kb.
#1524558
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
1-mavzu

Islom traditsiyasiga asoslangan moliya bozori modeli. Bu traditsiya islom moliyasi shaklida namoyon bo'ladi. Unda moliya bozori qatna'shchilari tomonidan Islom dini ko‘rsatmalariga va «harom» tushunchasiga rioya qilinadi. Islomiy moliya institutlari oldindan belgilangan foiz daromad olishlari va spekulyativ operatsiyalar bajarishlari mumkin emas, ular faqat ulushlar va ijara asosida ishtirok etishlari, mulkni nasiyaga sotib olish va sotishi mumkin. Pul resurslarini jalb qilish uchun depozitlar o‘rniga aksiyalar, investitsiya fondlari, foiz to'lovlari oldindan belgilanmagan jamg‘arma va investitsiya scheklari (banklar bilan sheriklik asosida), foizli obligatsiyalar o‘rniga diskonli obligatsiyalar qo‘llanilad’ (diskontani ustama haq sifatida belgilab). Natijada Pokiston, Baxreyn, Quvayt, Indoneziya, Eron, Malayziya moliya bozorlarida obligatsiyalar (foizlisi «ribo», ya’ni «harom» hisoblanadi) va derivativlar (qimorga o‘hshaganligi uchun) segmentlari mavjud emas.
Yapon traditsiyalariga asoslangan moliya bozori modeli. Ushbu traditsiya quyidagilarda namoyon bo‘ladi:
- insonlami pog‘onalilikka intilishi, o'zidan yuqori pog‘onada turgan shaxsga sodiqlik (davlat tuzilmasi yoki biznesda);
- bir kompaniyada o'troqlik (butun hayot mobayniga yollanish tizimi);
- Vasiylikka muhtojlik;
- personal manfaatlarini aksiyadorlamikidan yuqori qo'yish («korporasiya-oila», sezilarli oshib boruvchi mehnat haqi va ijtimoiy to'lovlar tamoyili asosida);
- yaqqol kollektivizm, jamiyatga o‘ta tobelik, o‘zini moddiy cheklash («halol kambag‘allik», ishga fidoiylik etikasi), Yaponiyani dunyodagi alohida missiyasini oshirish;
- anglo-sakson traditsiyasidan farqli, aholining yuqori darajadagi jamg‘arma normasi.
Germaniya traditsiyalariga asoslangan moliya bozori modeli. Diniy e’tiqodlarning farqliligiga qaramasdan, Germaniya va Yaponiya modellarining o'hshash taraflari mavjud. Sabab, bu mamlakatlarda aholining iqtisodiy qarashlari ko‘p jihatdan mos kelishidir. Germaniya halqi boshqalardan farqli bir muncha xususiyatlarga ega bo‘lib, ularga quyidagilami kiritish mutnkin:
- praktisizm, ierarxiklik, o‘ta mehnatkashlik, ijtimoiy himoyaga, risksizlilikka va jamg‘armaga moyillik. Anglo-sakson modelida esa mobillikka, ixtirochilikka, risklilikka, opportunizmga, agressivlikka, o‘zgarishlarga moyillik ko'proq seziladi;
- kompaniya rahbariyati tomonidan personal manfaatlarini Aksiyadorlamikidan yuqori qo'yilishi, kompaniya menejmentini Aksiyalar kursini va ular bo'yicha yuqori dividendlar to‘lovlarini oshirishga yo‘nalganligi.
Download 104.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling