1-mavzu: Moliya bozorining nazariy asoslari. Moliya bozorining Angalosakson va Kontinental (nemis) modellari


Moliya bozori modellarini nazariy jihatdan quyidagi belgilar negizida ajratish mumkin


Download 104.61 Kb.
bet6/8
Sana17.06.2023
Hajmi104.61 Kb.
#1524558
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
1-mavzu

Moliya bozori modellarini nazariy jihatdan quyidagi belgilar negizida ajratish mumkin:
-mamlakat iqtisodiyoti modelini tuzilishi;
-mamlakat aholisining tradision ma’naviy boyliklari ukladi.
Har ikkala belgi asosida modeliar tavsifini alohida ko‘rib chiqamiz.
Markazlashgan (direktiv) iqtisodiyotga xos moliya bozori modeli. Direktiv iqtisodiyot pul oqimlari va xalqaro kapitallar bozorlariga integrasiyalashuvi nuqtai nazaridan yopiq hisoblanadi. Bunday iqtisodiyotning asosiy shiorlari markazlashtirishga qaratilgan bo‘lib quyidagilami anglatadi: «moliyaviy barqarorlashtirish», «pul resurslarini konvertasiyalash», «spekulyasiyani yo‘q qilish», «inqirozga yuz tutgan tarmoqlami davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash», «pul oqimlarini optimallashtirish», «yagona partiyaning hukmronligi va yo‘lboshchiligi».
Bulardan asosiy maqsad - davlatga tegishli «buyruqbozlik direktiv cho'qqilami» kuchaytirishdan iborat. Natijada, markazlashgan iqtisodiyotda davlat mulki, markazlashgan tarzda xo'jalik qarorlarini qabul qilish, monobank tizimi hukmron bo'ladi. Monobank tizimida barcha pul resurslari va moliya-kredit munosabatlar davlatlash-tiriladi. Umuman olganda markazlashgan direktiv iqtisodiyotda erkin «moliya bozori» bo‘lmaydi, chunki uni davlat uchun keragi bo'lmaydi. Lekin shunga qaramasdan davlatning nobozor obligasiyalari (uzoq muddatli, belgilangan narxli, foizli, yutuqli) davlat harajatlari maqsadlarida muomalaga chiqarilgani biian, obligasiyalar bozori to‘g‘risida gapirish mumkin emas.
Fundamentalistik (diniy) iqtisodiyotga xos moliya bozori modeli.
Bunday iqtisodiyotning yorqin namoyondasi Eron Islom Davlati hisob¬lanadi (shu tufayli u haqda gap yuritamiz). Bu davlat Islom dini ideolo- giyasiga asoslangan rivojlanishning alohida milliy yo'liga qaratilgan bo‘lib, jahon bozori va industrial mamlakatlardan ajralgan holda moliya bozori modelini shakllantirgan va rivojlantirib kelmoqda. Uning iqtisodiyoti yopiq hisoblanadi.
Liberal iqtisodiyotga xos moliya bozori modeli. Ma’lumki, liberal iqtisodiyot ijtimoiy va iqtisodiy hayotga davlatning cheklangan aralashuvi, bozor munosabatlari sohasini kengligi, davlat mulkini qisqarishi, bozorlami raqobat uchun ochiqligi, bozor faoliyatiga turli cheklashlami kamligi, narx-navo va foiz stavkalari ustidan administrativ nazoratni kuchsizligi, bojxona bojlarini pastligi, markazlashgan dotasiyalash sohasi va subsidiyalanadigan kreditlami qisqarishi va h.k. bilan xarakterlanadi.

Download 104.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling