29. Jami ijtimoiy mahsulotning umumiy taqsimlanish tartibi qanday?
Iste’molga ketadigan jami ijtimoiy mahsulot (JIM)dan, birinchi navbatda, takror ishlab chiqarishning oldingi (o’tgan) tsiklida foydalanilgan mehnat qurollari va predmetlari qiymatini tiklash uchun mo’ljallangan qismi ajratiladi. Bu qism takror ishlab chiqarishning yangi tsiklida ham uning shu hajmda takrorlanishini ta’minlaydi. Qolgan qism mablag’larning egasi va ishchilar o’rtasida taqsimlanadi. Taqsimlash nisbatlari asrlar davomida shakllanib, unda ishtirokchilarning har biri o’ziga tegishli bo’lgan qismni ko’paytirish maqsadida bir-birlari bilan doimiy qarama-qarshilikda bo’ladilar. Shunday qilib, jamiyatda yangidan yaratilgan qiymat birinchi taqsimlash bosqichini va undan so’ng esa almashuv va iste’mol bosqichlarini bosib o’tadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |