35. Taqsimlash jarayoniga davlat aralashuvining balanslashtirilgan chegaralari buzilsa, butun takror ishlab chiqarish jarayoni buziladimi? Nega?
Taqsimlash jarayoniga davlat aralashuvining balanslashtirilgan chegaralari buzilsa, butun takror ishlab chiqarish jarayoni ham buziladi (izdan chiqadi). Agar ijtimoiy portlashlarning oldini olish maqsadida davlat aholi kambag’al qatlam-larini qo’llab-quvvatlash bo’yicha qo’shimcha ravishda majbu-riyatlarni o’z zimmasiga olsa, bu holda vaziyat o’zgarishi mumkin.
36. Turli ijtimoiy-iqtisodiy tuzumlarda moliyaning farq-lanishi qanday sabablar bilan belgilanadi?
Turli ijtimoiy-iqtisodiy tuzumlarda moliya munosa-batlari birbiridan farq qiladi va bu farqlar quyidagi sabablar tufayli paydo bo’ladi:
har qanday ijtimoiy tuzumga jamiyatning o’z sinfiy tuzilmasi mos keladi. Bunda moliya MDni taqsimlash munosabatlarini hisobga olib, ularning davlat foydasiga qayta taqsimlanishini tashkil qiladi;
har qanday ijtimoiy-iqtisodiy tuzumda moliya davlatning maqsadlari va vazifalariga bo’ysunadi;
ishlab chiqarishning yangi usuli xo’jalik munosabat-larining yangi tizimini vujudga keltiradi. Masalan, quldorlik va feodallj; tuzumlarga natural munosabatlar xos bo’lgan bo’lsa, shunga mos ravishda davlat daromadlarini shakllantirish ham asosan natural xarakter kasb etgan. Kapitalistik xo’jalik tovar-pul munosabatlariga tayanadi. Shunga muvofiq davlat daromadlarini shakllantirish ham pul shaklida amalga oshiriladi;
agar davlat boshqaruv organi sifatida tarkib topgan ishlab chiqarish munosabatlari va sinfiy tuzumning vazifalariga xizmat qilsa, shu vazifalarga moliya ham xizmat qiladi;
faqat ijtimoiy tuzilma va texnologiyalargina emas, balki moliya ham bir davlatdan boshqasiga eksport qilinishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |