37. Jamiyat hayotida moliya rolining oshib borishini nimalar belgilab beradi?
Davlat apparatining shaklla-nishi, unga tegishli bo’lgan funksiyalarning kengayishi, xususan, doimiy qo’shinlarning tashkil etilishi, yo’l qurilishining joriy etilishi bilan jamiyatda moliyaning roli oshib borgan. Quldorlik davlatlari daromadlarining asosiy manbalari kontributsiyalar, harbiy o’ljalar, natural soliqlar va boshqalar hisoblangan. Ma’lum bir mamlakatda ma’lum bir davr mobaynida aholining qandaydir guruhlari pul ko’rinishidagi soliq-larni to’lagan bo’lishi mumkin. Shunday bo’lishiga qara-masdan, quldorlik tuzumida pul ko’rinishdagi soliqlar faqat tasodifiylik xarakteriga ega edi. Xuddi shuningdek, natural xo’jalik yuritishga asoslangan feodalizmda ham pullik soliqlar ustuvorlik kasb qilgan emas.
Do'stlaringiz bilan baham: |