1-Mavzu: Moliyaning mohiyati va funksiyalari Bahs-munozara yoki nazorat uchun savollarga javoblar


Moliya nazorat funksiyasining eng muhim vazifalari nimalardan iborat?


Download 38.63 Kb.
bet12/32
Sana08.01.2022
Hajmi38.63 Kb.
#254866
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   32
Bog'liq
Moliya fanidan 1-mavzu savollarga javob

22. Moliya nazorat funksiyasining eng muhim vazifalari nimalardan iborat?

Moliya nazorat funksiyasining eng muhim vazifalaridan biri moliyaviy masalalar bo’yicha qonunchilikning belgilangan muddatlarda, aniq va to’la hajmda ijro etilishini, byudjet tizimi, soliq xizmati, banklar oldidagi moliyaviy majburiyatlar, shuningdek, hisobkitoblar va to’lovlar bo’yicha xo’jalik yurituvchi sub’yektlarning o’zaro majburiyat-lari bajarilishining ham o’z vaqtida va to’la amalga oshirilishini tekshirish hisoblanadi.



23. Bozor munosabatlariga o’tish sharoitida moliyaning nazorat funksiyasi nimalarga yo’naltiriladi?

Bozor iqtisodiyotiga asoslangan har qanday jamiyatda moliyaning nazorat funksiyasi ijtimoiy va xususiy ishlab chiqarishning dinamik rivojlanishini ta’minlashga, ilmiy-texnika taraqqiyotini jadallashtirishga, milliy xo’jalik-ning barcha bo’g’inlarida ish sifatini uzluksiz yaxshilashni moliyaviy ta’minlashga yo’naltirilgan. U ishlab chiqarish va noishlab chiqarish sohalarini to’liq qamrab oladi. Iqtisodiy rag’batlantirishni oshirish, moddiy, mehnat, moliyaviy resurslar va tabiiy boyliklardan oqilona va tejamkor foydalanish, noishlab chiqarish xarajatlari va yo’qotmalarni qisqartirish, xo’jasizlik va isrofgarchilikning oldini olish moliya nazorat funksiyasining maqsadlaridandir.



24. Moliyaning nazorat funksiyasi amaliyotda qanday organlarning faoliyatlari orqali namoyon bo’ladi?

Moliyaning nazorat funksiyasini bajarish jarayonida moliya, bank, sug’urta, bojxona va soliq organlari muhim rol o’ynaydi. Mazkur xizmatlarning xodimlari moliyaviy rejalashtirish jarayonida, byudjet tizimining daromadlar va xarajatlar qismining bajarilishida moliyaviy nazoratni amalga oshiradilar. Bozor munosabatlarining rivojlanishi sharoitida nazorat ishlarining yo’nalishi, moliyaviy nazoratning shakl va metodlari tubdan o’zgaradi.




Download 38.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   32




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling