1-Mavzu: Moliyaning mohiyati va funksiyalari Bahs-munozara yoki nazorat uchun savollarga javoblar


Muomalaga “finansi” (“moliya”) atamasini ilk bor kiritgan muallif kim?


Download 38.63 Kb.
bet22/32
Sana08.01.2022
Hajmi38.63 Kb.
#254866
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   32
Bog'liq
Moliya fanidan 1-mavzu savollarga javob

40. Muomalaga “finansi” (“moliya”) atamasini ilk bor kiritgan muallif kim?

Bu atama ilk bor frantsuz olimi J.Boden tomonidan 1755 yilda nashr etilgan “Respublika xususida olti kitob” nomli asarida ishlatilgan.



41. Moliya bo’yicha ishlarning birinchi mualliflari qatoriga kimlarni kiritish mumkin?

Moliya bo’yicha ishlarning birinchi mualliflari qatoriga F.Petrarka, D.Karaf, Bernardo, F.Gvichchardini, Dj.Botero, N.Makiaveli va boshqa italiyaliklarni ham kiritish mumkin.



42. XII-XIII asrlarda moliya fanini boyitishga o’zlarining munosib hissalarini qo’shgan nemis olimlari kimlar?

L.fon Sekendorf, S.Pufendorf, I.Yusti va I.Zonnen-fels kabi nemis olimlari XVII-XVIII asrlarda moliya fanini boyitishga o’zlarining munosib hissalarini qo’shganlar.



43. Mumtoz maktab vakillarining moliya to’g’risidagi ta’limotlarini qanday to’rtta asosiy yo’nalishga keltirsa bo’ladi?

a) Davlat kerak, chunki u “tabiiy tartib”ni hasaddan va tajovuzlardan himoyalaydi;

b) Davlatni saqlash arzon bo’lmog’i lozim, chunki davlatning boshqaruv xarajatlari noishlab chiqarish xarakteriga ega;

c) Davlat “tabiiy tartib”ni, ya’ni mulkchilik va raqobat huquqini buza

olmaydi, u cheklovchi bojxona bojlari va monopoliyalarni o’rnatish yo’li bilan ham mamlakatning xo’jalik hayotiga aralashmasligi kerak;

d) Davlat soliqqa tortishning quyidagi asosiy printsip-lariga qat’iy

rioya etmog’i lozim:

- o’z daromadlariga muvofiq ravishda barcha soliq to’lashi kerak (bu qoida ruhoniylar va aslzodalarning soliq immunitetiga qarshi yo’naltirilgan);

- soliqni oldindan aniq belgilash zarur;

- soliqni soliq to’lovchi uchun qulay bo’lgan vaqtda undirish lozim;

- soliqlarni yig’ish xarajatlari arzon bo’lishi kerak.

44. XIX asr oxirlarining yetakchi moliyachi-olimlari qatoriga kimlarni kiritish mumkin?

XIX asr oxirlarining yetakchi moliyachi-olimlari qatoriga avstriyalik E.Saksni, italiyalik F.Nittini, AQShlik E.Seligmanni va, nihoyat, “Moliya fani asoslari” deb nomlangan asari 1869 yilda (1900 yilda – rus tilida) nashrdan chiqqan italiyalik olim L.Kossni kiritish mumkin.



45. Moliya sohasidagi ilmiy ishning birinchi rus muallifi kim va u nimalarning tarafdori bo’lgan?

Rossiya tarixida moliya sohasidagi ilk asarning muallifi Ivan Grozniy davrida yashagan I.S.Peresvetov hisoblanadi. U davlatning harbiy qudratini kuchaytirish maqsadida xazina daromadlarini ko’paytirish va davlat resurslarini markazlashtirishning tarafdori bo’lgan.



46. Yu.Krijanich va G.Kotoshixinlarning moliya xususidagi qarashlarini tushuntirib bering.

U davlatning boyishi usullariga (masalalariga) jiddiy e’tibor qaratib, ularni ikki guruhga – boyishning “to’g’ri” va “noto’g’ri” usullariga bo’ladi va bu narsalarning dunyoda allaqachon ma’lum ekanligini aytib, ularning yangilarini o’ylab topmaslik kerak, deb hisoblaydi.



47. XIII asrning boshlarida moliya nazariyotchilarining yirik vakili kim hisoblanadi va uning moliya sohasidagi taklifini qanday ifodalash mumkin?

XVIII asrning boshlaridagi moliya nazariyotchilarining yirik vakili I.Pososhkov hisoblanadi. Uning moliya sohasidagi taklifini quyidagicha ifodalash mumkin: boqimandani undirayotgan paytda uning to’lovchisini xonavayron qilmasdan, to’lovchidan to’lovni amalga oshirish muddatlari xususida yozma ravishda majburiyatni olmoq lozim.

XVIII asrning ikkinchi yarmida moliya nazariyasiga oid bir necha asarlar paydo bo’ldi. Ularning orasida yaqqol ko’zga tashlangani A.Polenovning “Rossiya dehqonlarining krepostnoylik holati xususida” deb nomlangan asaridir. Bu asarda Rossiyada birinchi bo’lib “soliq” atamasi ishlatilgan, mulkiy sug’urtaning zarur ekanligi isbotlangan, Rossiyaning amaldagi soliq tizimi tanqidiy nuqtai-nazardan tahlil qilingan.


Download 38.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   32




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling