1-Mavzu: Moliyaning mohiyati va funksiyalari Reja Moliya va davlatning vujudga kelishi, uning resurslarga bо‘lgan ehtiyojining rivojlanishi


Download 0.56 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/22
Sana12.10.2023
Hajmi0.56 Mb.
#1700620
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   22
Bog'liq
1-mavzu. sirtqi

Emissiya siyosati va milliy valyutaning barqarorligi pul siyosatining tarkibiy 
qismlaridir (yо‘nalishlaridir). Emission siyosat muomala uchun zarur bо‘lgan 
pulning miqdorini aniqlashdan tashqari yana boshqa bir yо‘nalishga ega. Bu 
yо‘nalish byudjet daromadlarini kо‘paytirishdir. Ana shu yо‘nalish alohida 
ehtiyotkorlikni talab etadi. Chunki ma’lum bir miqdoriy chegaradan о‘tilganidan 
sо‘ng pul tizimi inflyatsiyaga moyil (ta’sirchan) bо‘lib qoladi, ya’ni byudjet 
daromadlarining real qadrsizlanishi sodir bо‘lishi mumkin.
Agar qandaydir bir sabablarga kо‘ra davlat о‘z pul tizimini tartibga solishga 
qodir bо‘lmasa, mamlakatning iqtisodiy xavfsizligiga putur etadi. Chunki bunday 
sharoitda mamlakatning milliy valyutasi boshqa kuchli valyutalarning 
ekspansiyasiga qarshi turaolmaydi va milliy boylikdan mahrum bо‘lib qolish 
mumkin (о‘zaro hisobga olishlar, aksiyalarni sotib olish va xokazolar orqali). 
Kredit siyosati ham moliyaviy siyosatning tarkibiy qismi (yо‘nalishi) bо‘lib, 
uning namoyon bо‘lishi mamlakatning krediti tizimi orqali amalga oshiriladi. Kredit 
tizimi ssuda kapitalining faoliyat kо‘rsatishini ta’minlaydi. О‘z navbatida, ssuda 
kapitali takror ishlab chiqarish jarayonini amalga oshirishning muhim sharti 
hisoblanib, aylanma mablag‘larni tо‘ldirish va investitsiyalar uchun mablag‘larning 
qarzga olinishini ta’minlaydi. 
Iqtisodiyotning kredit sektori о‘rtacha foyda normasini tenglashtirish uchun 
ham xizmat qiladi. Foiz stavkasining darajasi jamiyatdagi iqtisodiy faollikka salbiy 
ta’sir kо‘rsatishi mumkin. U asossiz darajada yuqori bо‘lsa, quyidagi salbiy 
oqibatlarga olib kelishi mumkin: 
-kreditlarning qaytarilmasligi; 
- ishlab chiqarish sektori va xizmatlar sektorida mahsulotlar narxining о‘sishi; 
-qarzga oluvchilar rentabellik darajasining pasayishi va buning oqibatida 
soliqqa tortiladigan bazaning qisqarishi; 
-ishlab chiqarishning qisqarishi; 
-takror ishlab chiqarish jarayoni sub’yektlari daromadlarining pasayishi 
natijasida ichki iste’mol bozorining torayishi
Aksincha, kreditning arzonlashuvi ishlab chiqarishning sog‘lomlashuviga, 
tovarlar massasining ortishiga, tovarlar va xizmatlar bahosining pasayishiga va ana 
shularning natijasida esa, takror ishlab chiqarish jarayoni sub’ektlari 
daromadlarining oshishiga, soliqqa tortish bazasining kengayishiga va buning 
oqibatida byudjet daromadlarining kо‘payishiga olib keladi. 
Moliyaviy siyosatning tarkibiy qismi (yо‘nalishi) sifatida davlatning baho 
siyosati monopol tovar va xizmatlar bahosi va tarifining korrektivka qilinishi 
(о‘zgartirilishi) orqali ifodalanadi. Yer, osti boyliklari, suv havzalari, temir yо‘llar, 
elektr uzatish tarmoqlari, neft va gaz quvurlari davlatning monopol egaligidadir. Bu 
tarmoqlar tovarlari va xizmatlari bahosining о‘sishi (ortishi) milliy xо‘jalik barcha 
boshqa sektorlarida baholarning о‘sishiga olib keladi. Bu erda bog‘lanish shunchalik 
ayonki, hech qanday izohga hojat yо‘q. Shuning uchun ham baho siyosati 
iqtisodiyotni tartibga solishning muhim omili bо‘lib hisoblanadi. 
Investitsiya 
siyosati 
moliyaviy 
siyosatning 
tarkibiy 
qismlaridan 
(yо‘nalishlaridan) biri bо‘lib, u eng avvalo, mamlakat iqtisodiyotining real 
sektoriga о‘z va xorijiy investitsiyalarni jalb qilish uchun sharoitlarni yaratish 


32 
bо‘yicha tadbirlar kompleksidan iborat. Bu siyosat davlat boshqaruvi va xо‘jalik 
yurituvchi sub’ektlar moliyasini boshqarishning turli darajalarida amalga oshiriladi.
Investitsion siyosatning asosiy vazifasi mamlakat iqtisodiyotiga investorlar 
tomonidan moliyaviy resurslarni kiritish (joylashtirish), mamlakatdan kapitalning 
“qochib” ketmasligi va aksincha, mamlakatga xorijiy kapitallar oqimining kirib 
kelishi uchun sharoitlarni yaratish orqali ifodalanadi. 
Ijtimoiy moliyaviy siyosat konstitusiyaga muvofiq mamlakat aholisining 
huquqlarini moliyaviy jihatdan ta’minlash bilan bog‘liq. Hozirgi paytda bu siyosat, 
о‘z navbatida, pensiya siyosati, immigratsion siyosat, aholi ayrim ijtimoiy 
guruhlariga moliyaviy yordam kо‘rsatish siyosati va boshqa siyosatlarni о‘z ichiga 
oladi. 
Boj siyosatini moliyaviy siyosatning tarkibiy qismi (yо‘nalishi) sifatida 
qarash bilan birgalikda uni soliq va baho siyosatlarining ham bir qismi sifatida 
e’tiborga olish kerak. Chunki soliqlar va bojlar (boj yig‘imlari) tovar va 
xizmatlarning bahosiga bevosita ta’sir kо‘rsatadi. Bir vaqtning о‘zida boj siyosati 
mamlakat iqtisodiyotiga ta’sir kо‘rsatishning о‘ziga xos bо‘lgan usuliga ham egadir. 
Usulning о‘ziga xosligi shundaki, bu siyosat bir tomondan, mamlakat ichki bozoriga 
import qilinayotgan tovarlar va xizmatlarni kengaytirishi yoki cheklashi, ikkinchi 
tomondan esa, mamlakatdan tovarlar va xizmatlar eksportini rag‘batlantirishi yoki 
unga tо‘sqinlik qilishi mumkin. 
Masalan, mamlakatda о‘xshashi bо‘lmagan texnologik asbob-uskunani 
import qilishga 20 foizli boj yig‘imi о‘rnatilsa, bu narsa mamlakatdagi ishlab 
chiqaruvchilarning investitsion imkoniyatlarini kamaytiradi, ichki ishlab 
chiqarishning о‘sish sur’atlarini pasaytiradi, import qilinadigan mahsulotlarning 
salmog‘ini oshiradi. 
Har qanday mamlakatning boj siyosati bumerang harakatiga egadir. Chunki 
boj undirishning cheklovchi yoki rag‘batlantiruvchi stavkalarining joriy etilishi 
xuddi shunday javob choralarining qо‘llanilishi bilan kuzatiladi. Boj siyosati 
yо‘nalishining tanlanishi mamlakatning iqtisodiy ahvoliga mos kelishi kerak. Agar 
biz bugun oziq-ovqat va kundalik ehtiyoj tovarlarining import qilinishiga bog‘liq 
bо‘lsak, bu boj stavkalarida о‘z aksini topmog‘i lozim. Ammo boj stavkalari 
rag‘batlantiruvchi bо‘lsa, u holda mamlakatdagi tovar ishlab chiqaruvchilar xorijiy 
tovarlar bilan raqobat qila olmay qoladi. 
Umuman olganda, aksariyat hollarda mamlakatning boj siyosati bojxona 
bojlari va tо‘lovlarini oshirishga yо‘naltirilgan byudjet siyosatiga bog‘liq bо‘ladi. 
Xullas, moliyaviy siyosat va uning tarkibiy qismlari (yо‘nalishlari) ilmiy 
jihatdan asoslangan, ma’lum bir maqsadlarga erishishga yо‘naltirilgan, 
muvofiqlashtirilgan, takror ishlab chiqarish sub’ektlarining manfaatlariga zid 
bо‘lmaydigan bо‘lishi kerak. Uning muvaffaqiyatli amalga oshirilishi davlat ichki 
va tashqi qarzlarining kamayishiga, davlatning oltin-valyuta zahiralarining 
ortishiga, inflyatsiyani jilovlashga, byudjet defitsitining kamayishiga, YAlpi ichki 
mahsulot kо‘payishiga, mamlakat tovarlari raqobatbardoshligining kuchayishiga 
olib kelmog‘i lozim. 

Download 0.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling