1-Mavzu: Moliyaning mohiyati va funksiyalari Reja Moliya va davlatning vujudga kelishi, uning resurslarga bо‘lgan ehtiyojining rivojlanishi


Download 0.56 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/22
Sana12.10.2023
Hajmi0.56 Mb.
#1700620
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   22
Bog'liq
1-mavzu. sirtqi

quyidagilardan tashkil topadi:
-soliqlarsiz davlatning faoliyat kо‘satishi mumkin emas; 
-soliqli undirish qat’iy о‘sish tendensiyasiga ega; 
-oqilona soliq ostonasidan о‘tilganidan sо‘ng tabiiy takror ishlab chiqarish 
jarayoni buziladi-iqtisodiyotning о‘z-о‘zidan buzilishi (emirilishi) sodir bо‘ladi; 
-tanazzul davrida soliqlar mumkin qadar minimal darajada о‘rnatilmog‘i 
lozim. Buning natijasida mamlakatning iqtisodiy mexanizmi ichki investitsion 
salohiyatni safarbar etish hisobidan tiklanadi; 
-soliqning yuqori ostonasi kapitalning chetga chiqib ketishiga olib keladi; 
-iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish kerak, albatta. Biroq, summar 
о‘lchovlarda sof daromadning 30 foizdan ortiq qismining undirilishida 
mamlakatning iqtisodiy о‘sishi tо‘xtaydi; 
-soliq imtiyozlari ochiqlik xarakteriga ega bо‘lishi va barcha takror ishlab 
chiqarish sub’ektlari uchun teng bо‘lishi kerak; 
-soliq tizimi konfiskatsion xarakterga ega bо‘lmasligi lozim. Faqat, jumladan, 
individual daromadlarning о‘sishida ifodalangan milliy boylikning о‘sishi soliqqa 
tortiladigan bazaning (asosning) barqaror о‘sishini ta’minlashi mumkin; 
-qonunlar va qoidalarning barqarorligini davlat kafolatlagan iqtisodiy tizimda 
soliqlarning summar о‘lchovi barqaror о‘sish tendensiyasiga ega bо‘ladi. 
Barqarorlik kafolati sifatida davlat о‘zining majburiyatlarini buzishni boshladimi, 
kapital xufyona iqtisodiyotga yoki xorijga о‘tishni boshlab, byudjetning daromadlar 
bazasini (asosini) qisqartiraveradi; 


30 
-soliq tizimi oddiy, ochiq va samarali bо‘lmog‘i lozim. Soliqlar sonini, soliqqa 
tortish ob’ektlarini kо‘paytirish, kо‘p bosqichli soliqlarni joriy etish soliqlarni 
undirish bо‘yicha xarajatlarning ortishiga, boqimanda va jarimalarning о‘sishiga va 
pirovardida, mulkni qamoqqa olish, soliq tо‘lovchini kasod deb e’lon qilish va 
xokazo yо‘llar orqali iqtisodiyotning emirilishiga olib keladi; 
-soliqqa tortish egri (bilvosita) tizimining ustuvorligi byudjet daromadlarini 
shakllantirish nuqtai-nazaridan qulay hisoblanadi. Lekin bu narsa, oxir oqibatda, 
mamlakat aholisi asosiy qismining qashshoqlanishiga olib keladi. Chunki bunday 
soliqlarning yuki tovarlar va xizmatlarning yakuniy (oxirgi) iste’molchisi gardaniga 
(zimmasiga), ya’ni yashash minimumi darajasida yoki ijtimoiy tirikchilik darajasida 
daromadga ega bо‘lgan aholining 80-90 foiz qismiga yuklanadi. Bu paradoks 
daromadlarning turli darajalarida iste’molning nisbatan bir xil darajasiga 
asoslangan; 
-egri (bilvosita) soliqlar tizimining xavfliligi shundaki, bu tizimda aholining 
asosiy qismidan jamg‘armalar olib qо‘yiladi va bu, о‘z navbatida, kredit tizimi va 
ikkilamchi moliyaviy bozor tizimining asoslarini buzadi. Egri (bilvosita) soliqlardan 
voz kechgan AQSH tajribasi bunga yaqqol tasdiqdir; 
-egri (bilvosita) soliqlarni sog‘liq uchun zararli bо‘lgan tovarlar, zebu-ziynat 
buyumlari, ayrim hollarda import qilinadigan tovarlar va xizmatlar va boshqa bir 
qancha о‘ziga xos bо‘lgan maxsus holatlarga nisbatan joriy etish zarur; 
-daromad va mol-mulkdan olinadigan soliqlar soliq bazasining asosiysi bо‘lib 
hisoblanishi (xizmat qilishi) kerak. Ularni proporsional soliqqa tortish prinsiplariga 
asosan qurmoq lozim. 
Bozor iqtisodiyoti sharoitida shaxsiy tashabbussiz va jamiyat barcha 
a’zolarining samarali mehnatisiz iqtisodiyotni tiklash murakkabligicha qolaveradi. 
Soliqlar bozor iqtisodiyotida mehnatning asosiy rag‘batlantirilishini (motivatsiya 
qilinishini) olib qо‘yadi, ya’ni mehnat daromad keltirishi lozim.
Mamlakat iqtisodiyotiga soliq siyosatining ta’siri bevosita namoyon bо‘ladi-
yuqori soliq ostonasi takror ishlab chiqarish jarayonining investitsion 
imkoniyatlarini qisqartiradi (toraytiradi), jamiyatda iste’mol darajasi pasayadi va bu 
narsa, о‘z navbatida, ishlab chiqarish va xizmat sektorlarining о‘sish bazalarining 
(asoslarining) pasayishiga olib keladi. 
Moliyaviy siyosatning tarkibiy qismlaridan (yо‘nalishlaridan) yana biri pul 
siyosatidir. Agar muomaladagi pul miqdori tovarlar massasi miqdoriga (pulning 
aylanish tezligini hisobga olgan holda) mos kelmasa, pul massasining yetmagan 
qismi qog‘oz pullar (pullarning surrogati) hisobidan yoki xorijiy valyuta hisobidan 
tо‘ldiriladi (tiklanadi). 
Va aksincha, agar pul massasi unga bо‘lgan talabdan ortiq bо‘lsa, yo pul 
massasining mamlakatdan chetga chiqishi (oqishi) yoki milliy valyutaning 
qadrsizlanishi sodir bо‘ladi. Tabiiy ravishda, bu variantlarning barchasi 
mamlakatning qonunchiligiga ham bevosita bog‘liq-mamlakatda xorijiy valyutaning 
muomalada bо‘lishiga ruxsat beriladimi yoki yо‘qmi, milliy valyuta konvertatsiya 
qilinadimi yoki yо‘qmi? va xokazo. 
Tovarlar massasi cheklanganda pul emissiyasi boshqa mamlakatlarning pul 
birligiga nisbatan milliy pul birligining qadrsizlanishiga olib keladi. 


31 

Download 0.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling