1-Mavzu: Moliyaning mohiyati va funksiyalari Reja Moliya va davlatning vujudga kelishi, uning resurslarga bо‘lgan ehtiyojining rivojlanishi
Download 0.56 Mb. Pdf ko'rish
|
1-mavzu. sirtqi
Moliyaviy siyosatni amalga oshirishning (о‘tkazishning, hayotga tatbiq
etishning) asosiy metodologik prinsiplari quyidagilardan iborat: -pirovard maqsadga bog‘liqlik; -xо‘jalik barcha tarmoqlarining makroiqtisodiy balanslashtirilganligi (muvozanatliligi, mutanosibligi); -jamiyat barcha a’zolarining manfatlariga muvofiqligi (mos kelishi); -real (haqiqiy) imkoniyatlar asosida ichki va tashqi iqtisodiy sharoitlarni hisobga olish. Moliyaviy siyosatning amalga oshirilishini davlat tomonidan о‘z funksiyalari va dasturlarini (uzoq, о‘rta va qisqa muddatli) bajarish uchun moliyaviy resurslarni mobilizatsiya qilish (jalb qilish), ularni taqsimlash va qayta taqsimlashga yо‘naltirilgan davlat tadbirlarining majmui ta’minlaydi. Bu tadbirlarning orasida moliyaviy munosabatlarning shakllari va normalarini huquqiy reglamentatsiya qilish (tartibga solish) muhim о‘rin egallaydi. О‘z-о‘zidan moliyaviy siyosat yaxshi yoki yomon bо‘lishi mumkin emas. Uning yaxshi yoki yomon ekanligi jamiyatning (yoki uning ma’lum bir qismining) manfaatlariga qanchalik muvofiqligi va quyilgan maqsadlarga erishish hamda aniq vazifalarning echilishiga qanchalik ta’sir kо‘rsatganligi bilan belgilanadi. Hukumatning moliyaviy siyosatiga baho berish uchun va uni о‘zgartirish (korrektirovka qilish) bо‘yicha tavsiya berish uchun, birinchi navbatda, butun jamiyat manfaatlari va aholining alohida guruhlari manfaatlarini ajratgan (taqsimlagan) holda jamiyat taraqqiyotining aniq dasturiga, echilishi lozim bо‘lgan 24 masalalarning muddatlari va metodlarini aniqlagan holda istiqboldagi va yaqin yillardagi vazifalarning tavsifiga ega bо‘lmoq lozim. Faqat ana shunday sharoitdagina moliyaviy siyosatni amalga oshirishning aniq mexanizmini ishlab chiqish va unga ob’ektiv (xolisona) baho berish mumkin. Agar moliyaviy siyosat ijtimoiy taraqqiyotning ehtiyojlarini, jamiyat butun qatlamlarining va alohida guruhlarining manfaatlarini, aniq tarixiy sharoitni va hayotning о‘ziga xos xususiyatlarini qanchalik kо‘p (yuqori darajada) hisobga oladigan bо‘lsa, uning natijaliligi shuncha yuqori bо‘ladi. Bir vaqtning о‘zida, moliyaviy siyosatning muvaffaqiyatliligi (muvaffaqiyati) muvofiqlashtirish mexanizmining sifatli ishlab chiqarilishiga va jamiyat turli qatlamlari manfaatlarining amalga oshirilishiga hamda davlatning ixtiyorida bо‘lgan ob’ektiv imkoniyatlarning mavjudligiga, ya’ni jamiyat ijtimoiy tuzilmasidagi hamda ijtimoiy ong va psixologiya holatidagi о‘zgarishlarni hisobga olgan holda moliyaviy siyosatning amalga oshirilishiga, ayrim hollarda, bir-biriga qarama-qarshi ta’sir kо‘rsatuvchi omillarning ta’siridan har tomonlama foydalanish mexanizmining ishlab chiqilishiga bevosita bog‘liq. Moliyaviy siyosat, eng avvalo, moliyaviy resurslarning maksimal hajmini shakllantirishga yо‘naltirilgan (qaratilgan) bо‘lishi kerak. Chunki aynan moliyaviy resurslar har qanday о‘zgarishlarning moddiy asosini tashkil etadi. SHunga muvofiq ravishda moliyaviy siyosatni aniqlash va uni shakllantirish uchun davlatning moliyaviy ahvoli tо‘g‘risida ishonchli ma’lumotlar zarurdir. Huquqiy demokratik davlatda moliyaviy statistikaning kо‘rsatkichlari keng jamoatchilikka ham tegishli bо‘lishi kerak. Moliyaviy hisobotlar esa doimiy, о‘z vaqtida beriladigan, hamma olishi mumkin bо‘lgan va eng asosiysi ishonchli bо‘lmog‘i lozim. Moliyaviy siyosatning mazmuni u qamrab olishi mumkin bо‘lgan moliyaviy munosabatlar rivojlanishi yо‘nalishlarining umumiy kompleksi bilan belgilanadi. Ularning tarkibiga quyidagilar kirishi mumkin: -moliyaviy siyosatning umumiy konsepsiyasini (uning maqsadlarini, prinsiplarini, vazifalarini, amalga oshirish bosqichlarini va eng samarali Download 0.56 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling