1-Mavzu: Moliyaning mohiyati va funksiyalari Reja Moliya va davlatning vujudga kelishi, uning resurslarga bо‘lgan ehtiyojining rivojlanishi


Download 0.56 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/22
Sana12.10.2023
Hajmi0.56 Mb.
#1700620
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   22
Bog'liq
1-mavzu. sirtqi

Yuqorida bayon qilinganlardan quyidagi uch mantiqiy xulosa kelib chiqadi: 
-birinchidan, moliyaviy siyosat faqat о‘z manfaatlarini kо‘zda tutadigan 
hokimiyat organlarining u yoki bu maqsadlarga erishishining instrumenti emas, 
balki jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy vazifalarini yechish vositasi bо‘lishi kerak; 
-ikkinchidan, davlatning moliyaviy siyosati faqat davlat hokimiyat organlarining 
emas, balki moliya tizimi barcha sub’ektlarining manfaatlarini hisobga olishi lozim; 
-uchinchidan, davlat moliyaviy siyosati va davlat hokimiyat organlarining 
moliyaviy siyosatini farqlash zarur. 
Shunday qilib, davlat moliyaviy siyosatini mamlakat moliya tizimining 
barcha bо‘g‘inlarida moliyaviy resurslarning о‘sishini balanslashtirilgan 
(mutanosiblashtirilgan) holda ta’minlash bо‘yicha davlat ijtimoiy-iqtisodiy 
siyosatining bir qismi sifatida qarash kerak.
Xorijiy 
tajribalarning 
kо‘rsatishicha, 
moliyaviy 
resurslarning 
balanslashtirilgan (mutanosiblashtirilgan) holda о‘sishining zarurligini inkor etish 
mamlakat moliya tizimining о‘zini degradatsiyalashuviga, iqtisodiyotning emirilishi 
va vayron bо‘lishiga olib keladi. 
Moliyaviy siyosatning о‘ziga xos bо‘lgan eng asosiy xususiyati shundan 
iboratki, bu siyosat mamlakat ishlab chiqaruvchi kuchlarining rivojlanishiga va 
iqtisodiy muvaffaqiyatlarga uzluksiz ravishda ta’sir kо‘rsatib turishga yо‘naltirilgan 
bо‘lishi kerak. Bunday siyosat aholining turmush farovonligi ta’minlab va davlat 
daromadlarining manbaini kо‘paytirib, moliyaviy xо‘jalikka nisbatan eng yuqori 
natijalarni berishi mumkin.
Moliyaviy siyosatning ana shunga yо‘naltirilganligi orqali uning quyidagi eng 
asosiy maqsadini aniqlash mumkin: jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti, aholi 
turmushining darajasi va sifatini oshirish uchun moliyaviy sharoitlarni yaratish 
moliyaviy siyosatning eng asosiy maqsadidir. 
Agar gap korxonalarning moliyaviy siyosati xususida ketadigan bо‘lsa, bu 
narsa korxona moliyaviy menejerlarining biznesni yuritish maqsadlariga erishish 
borasidagi maqsadga yо‘naltirilgan faoliyatini anglatadi. Korxona moliyaviy 
siyosatining maqsadi quyidagilardan iborat bо‘lishi mumkin: 
-raqobat kurashi sharoitida korxonaning sog‘lom hayot kechirishiga (faoliyat 
kо‘rsatishiga) erishish; 
-yirik moliyaviy muvaffaqiyatsizliklardan va bankrotga (kasodga) uchrashdan 


23 
qochib qutilish; 
-raqobatchilar bilan kurashda yetakchilikka (lider bо‘lishga) erishish; 
-korxonaning bozor qiymatini maksimallashtirish; 
-korxona iqtisodiy salohiyatining о‘sish sur’atlarini barqaror о‘stirish; 
-ishlab chiqarish va realizatsiya hajmini oshirish; 
-foydani maksimallashtirish; 
-xarajatlarni minimallashtirish; 
-rentabelli faoliyatni ta’minlash; 
-va boshqalar. 
Korxona moliyaviy siyosatining u yoki bu maqsadlaridagi ustuvorlik, eng 
avvalo, biznesni yuritishning maqsadlariga muvofiq ravishda aniqlanadi. Qо‘yilgan 
maqsadlarga erishish uchun tegishli moliyaviy mexanizmdan foydalaniladi. 
Moliyaviy siyosat moliyaning о‘zida (boshqaruv ob’ektlarida) bevosita 
mujassam bо‘lgan boshqaruvning salohiyatli imkoniyatlarini, ishning aniq 
metodlari, moliya tizimining (boshqaruv sub’yektlari) organlarini tashkil qilish 
bilan yagona joyga bog‘lashga imkon beradi. Dunyoning barcha mamlakatlarida 
moliyaviy siyosat moliya tizimi orqali amalga oshirilib, uning faoliyati quyidagi 
prinsiplar asosida quriladi: 
-moliya tizimi bо‘g‘inlarining о‘ziga xos bо‘lgan xususiyatlarini inobatga olib 
moliyaviy boshqaruvni amalga oshirish; 
-barcha moliyaviy muassasalar funksiyalarining umumiyligi; 
-barcha quyi boshqaruv organlarining faol ishtirokida markazdan umumiy 
boshqarish. 

Download 0.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling