1-Mavzu: Moliyaning mohiyati va funksiyalari Reja Moliya va davlatning vujudga kelishi, uning resurslarga bо‘lgan ehtiyojining rivojlanishi
Yetakchi xorijiy mamlakatlarning davlat moliya tizimi
Download 0.56 Mb. Pdf ko'rish
|
1-mavzu. sirtqi
2. Yetakchi xorijiy mamlakatlarning davlat moliya tizimi
Rivojlangan xorijiy mamlakatlarning davlat moliya tizimi moliyaviy munosabatlarning quyidagi bо‘g‘inlaridan iborat: -Davlat byudjeti tizimi; -davlat krediti va mahalliy hokimiyat organlari kreditlari, federativ davlatlarda esa - federatsiya a’zolarining krediti; -maxsus maqsadli fondlar; -davlat korporatsiyalari moliyasi. Bu davlatlarda byudjet tizimining tarkibiy tuzilishi (tuzilmasi), eng avvalo, davlat tuzilishiga (qurilmasiga) bog‘liq. Unitar (yagona) davlatlarda byudjet tizimi quyidagi ikki bо‘g‘indan iborat: -Davlat byudjeti; -kо‘p sonli mahalliy byudjetlar (shaharlar, okruglar, qishloq okruglari byudjeti). Mahalliy byudjetlar unitar davlatlarda о‘zlarining daromadlari va xarajatlari bilan Davlat byudjetining tarkibiga kirmaydi. Federativ davlatlarda byudjet tizimi uch bо‘g‘indan tarkib topgan: Davlat byudjeti, yoki federalь byudjet, yoki markaziy hukumat byudjeti; - federatsiya a’zolari byudjetlari (AQShda - shtatlar byudjeti, Kanadada- provinsiyalar byudjeti, Germaniyada-erlar byudjeti, Shveysariyada-kantonlar byudjeti va xokazo); - mahalliy byudjetlar. Mahalliy byudjetlar о‘zlarining daromadlari va xarajatlari bilan federatsiya a’zolarining byudjetlariga va ular ham, о‘z navbatida, davlat federalь byudjetining tarkibiga kirmaydi. Rivojlangan etakchi xorijiy mamlakatlar moliya tizimining etakchi bо‘g‘inlaridan biri Davlat byudjetidir. U davlat va о‘z-о‘zini boshqarish hududiy organlarining funksiyalari va vazifalarini moliyaviy ta’minlashga mо‘ljallangan markazlashtirilgan pul mablag‘lari fondini shakllantirish va unday foydalanishning shaklidan iboratdir. Davlat byudjeti mamlakatning joriy yildagi asosiy moliyaviy rejasi hisoblanib, qonun kuchiga egadir. U har yili mamlakatning qonunchilik hokimiyat organi - parlament tomonidan tasdiqlanadi. Favqulodda vaziyatlarda (urushlar, iqtisodiy tanazzullar va xokazolar davrida) hukumat Davlat byudjetining mablag‘lariga tayanadi va ular yordamida о‘sib boruvchi davlat xarajatlarini qoplaydi. Yetakchi xorijiy mamlakatlarning Davlat byudjeti ular MDini qayta taqsimlashning asosiy instrumentidir. Moliya tizimining bu bо‘g‘ini orqali mamlakat milliy daromadining 40 foizgacha bо‘lgan qismi qayta taqsimlanadi. Davlat byudjetining asosiy daromadlari soliqlardan iborat bо‘lib, ular yordamida byudjet daromadlarining 70 foizdan 90 foizgacha va ayrim davrlarda undan ham kо‘proq qismi shakllantiriladi. Bozor iqtisodiyoti rivojlangan xorijiy mamlakatlarda asosiy soliqlar hisoblangan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i, korporatsiyalarning 45 foydasidan olinadigan soliq, aksizlar, qо‘shilgan qiymat solig‘i va bojxona bojlari Davlat byudjetiga biriktirilgan. Davlat byudjetidan harbiy maqsadlarga mо‘ljallangan xarajatlar, iqtisodiyotga aralashuv xarajatlari, davlat apparatini saqlash xarajatlari, ijtimoiy xarajatlar, subsidiyalar amalga oshiriladi va rivojlanayotgan mamlakatlarga kreditlar taqdim etiladi. Bir vaqtning о‘zida, davlat byudjeti mahalliy hokimiyat organlariga, hukumat maxsus fondlariga va davlat korxonalariga subsidiyalar va kreditlar berish orqali mamlakat moliya tizimining barcha bо‘g‘inlariga о‘z ta’sirini kо‘rsatadi. Yetakchi xorijiy mamlakatlar kо‘pchiligining davlat byudjetlari uchun doimiy ravishdagi byudjet defitsiti xos bо‘lib, u davlat zayomlari hisobidan qoplanadi. Davlat zayomlarining muomalaga chiqarilishi davlat qarzining о‘sishiga olib keladi. Davlat qarzi oldin chiqarilgan va hozirgi paytga qadar qaytarilmagan (uzilmagan) barcha davlat zayomlarining foizlari bilan qо‘shib hisoblagandagi umumiy summasidan iborat. Hududiy moliya etakchi xorijiy mamlakatlar moliya tizimining ikkinchi bо‘g‘inidir. Bu federativ davlatlarda federatsiya a’zolarining moliyasi va federatsiya a’zolari hamda munitsipalitetlarga tegishli bо‘lgan mahalliy byudjetlar, korxonalar moliyasidan iborat. Federatsiya a’zolarining daromadlari tо‘g‘risidagi masala har bir mamlakatda о‘ziga xos tarzda echiladi. Masalan, AQShda shtatlar byudjetlariga egri (bilvosita) soliqlar va eng avvalo, sotuvdan olinadigan soliqlar biriktirilgan bо‘lsa, Germaniyada asosiy tо‘g‘ri (bevosita) soliqlar bо‘yicha tushumlar - aholidan olinadigan daromad solig‘i va korporatsiyalardan olinadigan foyda solig‘i 50 foiz: 50 foiz nisbatda federal byudjet va erlarning byudjeti о‘rtasida bо‘linadi. Yetakchi xorijiy mamlakatlar moliya tizimining uchinchi bо‘g‘ini davlat krediti hisoblanadi. Bu bir tomondan, davlat va ikkinchi tomondan, yuridik va jismoniy shaxslar о‘rtasidagi kredit munosabatlaridan iborat bо‘lib, unga kо‘ra davlat va boshqaruvning mahalliy organlari, asosan, mablag‘larni qarzga oluvchilar sifatida maydonga chiqadi. Davlat zayomlari va mahalliy zayomlar, odatda, byudjet defitsiti mavjud bо‘lsa, ya’ni odatdagi daromadlar davlatning xarajatlarini qoplamasa muomalaga chiqariladi. Mahalliy byudjetlarga ikkinchi darajali ahamiyat kasb etuvchi soliqlar (asosan, mulkiy soliqlar) biriktirilgan. Ijtimoiy maqsadlarga yо‘naltiriladigan mablag‘larning salmog‘i mahalliy byudjetlarda davlat byudjetiga nisbatan ancha yuqori. Bu byudjetlar ham doimiy ravishda defitsitli bо‘lib, ular davlat byudjetidan hukumat kafolati ostida subsidiya va kreditlar yо‘li bilan kerakli mablag‘larni oladi. Yetakchi xorijiy mamlakatlar davlat moliyasining muhim bо‘g‘inlaridan yana biri bu maxsus maqsadli fondlardir. Bozor iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarda eng yiirik maxsus maqsadli fondlarning orasida milliy mug‘urta fondlari alohida о‘rinni egallaydi. Bu fondlar korxona ishchilari va tadbirkorlarning sug‘urta badallari hamda davlat byudjetidan beriladigan dotatsiyalar hisobidan tashkil topadi. Milliy sug‘urta fondlarining mablag‘lari yosh, nogironlik va boquvchisini yuqotgan hollar bо‘yicha pensiyalarni tо‘lashga, vaqtinchalik mehnat qobiliyatini yuqotgani, homiladorligi, ishsizligi va xokazolar bо‘yicha nafaqalar berishga sarflanadi. Bunda mablag‘larning asosiy qismi yosh bо‘yicha pensiyalarni tо‘lashga 46 yо‘naltiriladi. Barcha rivojlangan xorijiy mamlakatlarda pensiyaning miqdori ish haqi va tо‘langan sug‘urta badallarining miqdoriga nisbatan belgilanadi. Masalan, AQShda pensiya ta’minoti tizimi 1935 qabul qilingan qonunga binoan joriy etilgan va bu tizim ba’zi bir о‘zgarishlar bilan hozirgacha amal qilib kelayapti. Pensiya ta’minoti tizimi doimiy band bо‘lgan yollanma ishchilar va о‘z- о‘zi bilan band bо‘lgan shaxslarga nisbatan qо‘llaniladi. Temir yо‘l tizimida, federal xizmatda, shtatlar va mahalliy hokimiyat organlarida xizmat qilganlar uchun pensiya ta’minotining maxsus tizimi amal qiladi. Pensiya ta’minoti tizimini moliyalashtirish manbai milliy sug‘urta fondi bо‘lib, bu fond AQSH federal byudjetining tarkibiga kiradi. Qarilik bо‘yicha pensiya 65 yoshdan (qisqartirilgan miqdorda – 62-64 yoshdan) boshlab tо‘lanadi. Pensiyani olish uchun minimal darajadagi sug‘urta stajiga ega bо‘lmoq lozim, ya’ni 40 chorak 10 yil davomida sug‘urta badallarini tо‘lash kerak. Pensiyaning miqdori 22 yoshdan 62 yoshgacha sug‘urta qilingan shaxs tomonidan olingan ish haqining о‘rtacha miqdoriga nisbatan hisoblanadi (eng kam ish haqi olingan 5 yilni chegirgan holda). Pensiyaning о‘rtacha miqdori о‘rtacha maoshning 40 foizini, past darajadagi daromadga ega bо‘lgan shaxslar uchun esa 60 foiz ni tashkil etadi. 65-69 yoshlarda pensiya uchun murojaat qilinganda, ana shu narsani rag‘batlantirish uchun, pensiyaning miqdori har oyiga 0,5 foizga, ya’ni yiliga 6 foizga oshiriladi. Hayot qiymatining darajasiga muvofiq ravishda pensiya avtomatik ravishda indensatsiya qilinadi. Pensionerning qaramog‘idagilar uchun qarilik pensiyasining 50 foizi miqdorida qо‘shimcha tо‘lanadi. AQShda pensionerlar tekin tibbiy yordam, tekin dori-darmon, oziq-ovqatning yirik paketi, 100 dollar chegarasigacha past kvartira haqi kabi qо‘shimcha imtiyozlarga ega. Germaniyada yangi pensiya tizimi 1992 yilning 1 yanvaridan joriy etilgan. Boshqa etakchi xorijiy mamlakatlar singari bu yerda ham pensiyaning miqdori о‘rtacha ish haqi va tо‘langan sug‘urta badallarning miqdoriga bog‘liq. Bu erda davlat pensiya ta’minoti tizimi etakchi rol о‘ynaydi. Italiyada pensiya islohoti 1995 yilda о‘tkazilgan. Unga muvofiq о‘zgaruvchan pensiya yoshi joriy etilgan. Ispaniyada rasmiy ravishdagi pensiya yoshi 65 yil bо‘lsa-da, haqiqatda uning darajasi 63 yilga teng. Chunki ispanlarning 70 foizi qonunda kо‘zda tutilgan muddatdan oldinroq pensiyaga chiqadi. Pensiya ta’minoti xarajatlari YAIMga nisbatan Ispaniyada-7,5 foiz, Avstriyada-14,8 foiz, Fransiyada -11,8foiz, Germaniyada - 10,8 foiz, Buyuk Britaniyada-9,5 foizni tashkil etadi. Davlat korxonalari moliyasi etakchi xorijiy davlatlar moliya tizimining bо‘g‘inlaridan biri hisoblanadi. Bu korxonalar G‘arbiy Evropa mamlakatlarida Ikkinchi jahon urushidan sо‘ng va 1945-1950 yillarda temir yо‘l va havo transporti, energetika tarmog‘i va boshqa tarmoqlar korxonalarining milliylashtirilishi munosabati bilan ancha rivojlana boshladi. О‘sha paytlarda bu tarmoqlar texnikaviy jihatdan о‘ta qoloq va noraqobatbardoshli edi. Ularni qayta qurollantirish juda katta miqdordagi mablag‘larni talab etdiki, bu mablag‘lar Davlat byudjeti, ya’ni soliq tо‘lovchilar hisobidan ajratildi. Bu tarmoqlar modernizatsiya qilinganligi va texnikaviy jihatdan ilg‘or bо‘lishiga qaramasdan, moliyaviy jihatdan, ular hamon past rentabelli yoki zararga (ziyonga) ishlaydigan Download 0.56 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling