1-Mavzu: Moliyaning mohiyati va funksiyalari Reja Moliya va davlatning vujudga kelishi, uning resurslarga bо‘lgan ehtiyojining rivojlanishi
Download 0.56 Mb. Pdf ko'rish
|
1-mavzu. sirtqi
sohasining alohida bо‘g‘ini sifatida Davlat byudjeti о‘z ichiga quyidagilarni oladi:
-respublika byudjeti; -Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjeti va mahalliy byudjetlar. Moliya tizimi Xо‘jalik yurituvchi subyektlar moliyasi Davlat moliyasi va mahalliy moliya Tijorat korxonalari va tashkilotlari moliyasi Moliyaviy vositachilar moliyasi Notijorat tashkilotlar moliyasi Davlat byudjeti Davlat maqsadli fondlari Davlat krediti 39 Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjeti Qoraqalpog‘iston Respublikasining respublika byudjetini hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasiga bо‘ysunuvchi tumanlar va shaharlar byudjetlaridan tarkib topadi. Viloyatning byudjeti esa viloyat byudjetini va viloyatga bо‘ysunuvchi tumanlar va shaharlar byudjetlarini о‘z ichiga oladi. Shuningdek, tumanlarga bо‘linadigan shaharning byudjeti shahar byudjeti va shahar tarkibiga kiruvchi tumanlar byudjetlaridan iborat. Va nihoyat, tumanga bо‘ysunadigan shaharlari bо‘lgan tumanning byudjeti tuman byudjetidan va tuman bо‘ysunuvidagi shaharlar byudjetidan tashkil topadi. Hozirgi sharoitda davlat byudjeti о‘z oldida turgan quyidagi muammolarni hal etishi kerak: -daromadlar bazasini (asosini) mustahkamlash asosida byudjet defitining darajasini kamaytirish; -mamlakat taraqqiyotining ustuvor yо‘nalishlari bо‘yicha byudjet xarajatlarini restrukturizatsiya qilish; -byudjet yordamida tartibga solish mexanizmini takomillashtirish; -byudjet ajratmalaridan samarali foydalanish ustidan nazoratni kuchaytirish. Davlat maqsadli oldindan belgilangan ma’lum muddatlarda tuzilishi yoki doimiy ravishda mavjud bо‘lishi mumkin. Bu fondlarning vujudga kelishi Davlat byudjetining qabul qilinishi yoki qabul qilinmasligidan qat’iy nazar mablag‘lar maqsadli manbaining zarurligi bilan belgilanadi. Birinchi navbatda, bu ijtimoiy ta’minot, tekin sog‘liqni saqlash, ishsizlikni kamaytirish va boshqa xuddi shunday bir qancha muhim ijtimoiy ehtiyojlarni qondirishga tegishlidir. Bu fondlar mablag‘larini shakllantirish va ulardan foydalanish davlat tomonidan о‘ziga xos bо‘lgan shakllar va metodlar yordamida amalga oshiriladi. Shuning uchun ham ularni moliya tizimining “Davlat moliyasi va mahalliy moliya” sohasining alohida bо‘g‘ini sifatida ajratilishi maqsadga muvofiqdir. Mablag‘lardan foydalanishning maqsadli yо‘naltiril-ganligi belgisi bо‘yicha davlat maqsadli fondlarini quyidagi ikki guruhga birlashtirish mumkin: -ijtimoiy mо‘ljallangan (yо‘nalishga ega bо‘lgan) davlat maqsadli fondlari (maqsadli fondlar yoki byudjetdan tashqari fondlar); -tarmoqlararo va tarmoq xarakteriga ega bо‘lgan davlat maqsadli fondlari (maqsadli fondlar yoki byudjetdan tashqari fondlar). Ayrim holatlarda (hollarda) hududiy yо‘naltirilgan (mо‘ljallangan) davlat maqsadli fondlari (maqsadli fondlar yoki byudjetdan tashqari fondlar) tashkil qilinishi (shakllantirilishi) mumkin. Davlat maqsadli fondlari moliya tizimi “Davlat moliyasi va mahalliy moliya” sohasining alohida bо‘g‘ini sifatida quyidagilardan iborat bо‘lishi mumkin: - Respublika yо‘l fondi; - О‘zbekiston respublikasi davlat mulkini boshqarish va tadbirkorlikni qо‘llab-quvvatlash davlat qо‘mitasining maxsus hisob varag‘i; - Ish bilan ta’minlashga kо‘maklashuvchi davlat fondi; -О‘zbekiston respublikasi byudjetdan tashqari pensiya fondi. 40 Davlat maqsadli fondlarida katta miqdordagi mablag‘larning tо‘planganligi sharoitida davlat moliyaviy nazoratining susayishi bu mablag‘lardan samarasiz foydalanishga va turli-tuman su’istemol qilish holatlarining sodir etilishiga olib kelishi mumkin. Shuning uchun ham davlat moliyaviy resurslaridan foydalanish ustidan nazoratni kuchaytirish maqsadida ularni Davlat byudjetiga jamlash (konsolidatsiya qilish) maqsadga muvofiqdir. Bunda jamlangan (konsolidatsiya qilingan) fondlarning maqsadli yо‘nalishi о‘zgartirilmasdan saqlanib qolishi ta’minlanishi lozim. Davlat krediti moliya tizimi “Davlat moliyasi va mahalliy moliya” sohasining о‘ziga xos bо‘g‘ini hisoblanadi. Uning о‘ziga xosligi davlatning markazlashtirilgan fondlariga mablag‘larni jalb qilish bо‘yicha moliya-kredit munosabatlarining alohida shakllari bilan belgilanadi. Davlat krediti davlat, yuridik va jismoniy shaxslar о‘rtasidagi pul munosabatlarining о‘ziga xos alohida shaklidan iboratdir. Bunda davlat , asosan, mablag‘larni qarzga oluvchi va shuningdek, kreditor va garant (kafil) sifatida ham maydonga chiqadi. Davlat kreditida miqdoriy jihatdan mablag‘larni qarz oluvchi sifatida davlatning faoliyati ustunlik qiladi. Davlatning kreditor sifatidagi operatsiyalari, ya’ni davlat yuridik va jismoniy shaxslarga ssudalar taqdim qilganda yoki garant (kafil) bо‘lganda, ancha torroqdir (tor doiradadir). Shunday bо‘lishiga qaramasdan, bozor iqtisodiyoti sharoitida byudjetdan moliyalashtirish ham qaytariluvchanlik va tо‘lovlilik (haq asosida) sharti bilan amalga oshirilsa, keng rivoj topishi mumkin. Hozirgi sharoitda davlat kreditining zarurligi davlat xarajatlarining davlat о‘z daromadlari bazasini kengaytirish imkoniyatlariga nisbatan yuqori sur’atlarda о‘sishi bilan bog‘liq bо‘lib, bu narsa byudjet defitsiti sharoitida rejalashtirilgan byudjet xarajatlarining qoplanishini ta’minlaydi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida pul-kredit va moliyaviy siyosatlarning bir-biri bilan о‘zaro bog‘liq holda amalga oshirilishi moliya tizimining “Davlat moliyasi va mahalliy moliya” bо‘g‘ini tо‘g‘risidagi an’anaviy tasavvurlar kengayishi va keng mo’noda hamda uni zamonaviy tushunishga muvofiq ravishda Markaziy bank tizimini ham о‘z tarkibiga qо‘shmog‘i lozim. Xо‘jalik yurituvchi sub’ektlar moliyasi moliya tizimining mustaqil sohasidir. Uni boshqacha nomda mulkchilikning turli shaklidagi korxona va tashkilotlar moliyasi deb ham atash mumkin. Moliya tizimining ana shu sohasida daromadlarning asosiy qismi shakllanadi va ular, oxir oqibatda davlat tomonidan о‘rnatilgan qoidalarga muvofiq ravishda qayta taqsimlanib, barcha darajadagi byudjetlar va maqsadli fondlarining daromadlarini shakllantiradi. Bir vaqtning о‘zida byudjet (moliyaviy) mablag‘lar(i)ning katta qismi tо‘g‘ridan-tо‘g‘ri byudjetdan moliyalashtirish, byudjet ssudalari va davlat kafolatlari shaklida korxonalarning joriy va investitsion faoliyatlarini moliyalashtirishga yо‘naltirilishi mumkin. Yuqorida qayd etilganidek, moliya tizimining bu sohasi tijorat korxonalari va tashkilotlari moliyasi, moliyaviy vositachilar moliyasi va notijorat tashkilotlar moliyasi kabi bо‘g‘inlardan tashkil topadi. Bu guruhga kiruvchi xо‘jalik yurituvchi sub’ektlarning moliyaviy munosabatlari tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish, 41 daromadlar va xarajatlarni shaklantirish, mulkka egalik qilish, о‘z zimmalariga olgan majburiyatlarini bajarish shakllariga bog‘liq ravishda о‘ziga xos bо‘lgan xususiyatlarga egadir. Bir vaqtning о‘zida, tijorat korxonalari va tashkilotlari moliyasi muhim ahamiyat kasb etib, aynan shu erda moliyaviy resurslarning asosiy qismi shakllantiriladi. Mamlakatning umumiy moliyaviy ahvoli ana shu korxonalar moliyasining ahvoli bilan belgilanadi. Bozor munosabatlari sharoitida korxonalar о‘zlarining faoliyatlarini tijorat asosida amalga oshiradilar. Unga muvofiq ravishda ularning xarajatlari о‘z daromadlari hisobidan qoplanishi kerak. Mehnat jamoalari ishlab chiqarish va ijtimoiy rivojlanishining asosiy manbai foyda hisoblanadi. Bu soha korxonalari real ravishda moliyaviy mustaqillikka ega, mahsulotni sotishdan olingan tushumni ularning о‘zi mustaqil ravishda taqsimlaydi, о‘zlarining ixtiyoriga kо‘ra foydadan foydalanadilar, ishlab chiqarish va ijtimoiy fondlarni shakllantiradilar, moliyaviy bozorning resurslaridan - bank kreditlari, obligatsiyalar emissiyasi, depozit sertifikatlari va moliyaviy bozorning boshqa instrumentlari - foydalangan holda investitsiyalashtirish uchun zarur bо‘lgan mablag‘larni qidirib topadilar. Korxonalar davlatning mayda - chuyda aralashuvidan ozod bо‘lib, shu bilan birgalikda, ishning iqtisodiy va moliyaviy natijalari uchun ularning mas’uliyati ham keskin oshirilgan. Bir vaqtning о‘zida mamlakatning xо‘jalik tizimi murakkab tuzilmadan iborat bо‘lib, aralash iqtisodiyot sifatida faoliyat kо‘rsatadi. Uning tarkibida foyda olishga qaratilgan biznes-sohasi bilan bir qatorda iqtisodiyotning boshqa sektorlari ham mavjudki, ularning faoliyati ijtimoiy farovonlikka erishishga yо‘naltirilgan. Bularning tarkibiga davlat sektoridan tashqari ba’zi mamlakatlarda katta masshtablarga ega bо‘lgan va nisbatan yuqori sur’atlarda о‘sib borayotgan notijorat sektori ham kiradi. Download 0.56 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling