1-Mavzu: Moliyaning mohiyati va funksiyalari Reja Moliya va davlatning vujudga kelishi, uning resurslarga bо‘lgan ehtiyojining rivojlanishi
Download 0.56 Mb. Pdf ko'rish
|
1-mavzu. sirtqi
-iste’mol fondi;
-jamg‘arish fondi. Lekin bu bosqichga qadar taqsimlash jarayoniga davlat aralashib, soliqlar, qarzlar, sug‘urta tо‘lovlari (badallari) kabi iqtisodiy instrumentlardan foydalangan holda individual va jamoa daromadlaridan о‘zining hissasini (о‘ziga tegishli bо‘lgan qismni) ajratib oladi. Qayd etish joizki, daromadlar qancha qismini olishning “ostonasi”ni aniqlashda jamiyat ishtirok etadi. U jamoatchilik tashkilotlari, partiyalar va shunga о‘xshashlar orqali, qonunchilik va ijroiya hokimiyatini shakllantirish yо‘li bilan davlat faoliyatining chegarasini aniqlashga harakat qiladi. О‘z navbatida, davlat ham о‘zining harakat doirasini (sohasini) kengaytirishga harakat qiladi. Uning funksiyalari qancha keng bо‘lsa, jamiyat a’zolari daromadlarining shuncha katta summalariga davlat da’vogarlik qiladi. SHu munosabat bilan iste’mol proporsiyalari (nisbatlari) ham о‘zgaradi. Masalan, agar davlat maorif, sog‘liqni saqlash, ijtimoiy ta’minot xarajatlarining bir qismini о‘z zimmasiga olsa, bu narsa ishchi kuchining bahosida va demak, mehnat haqining darajasida о‘z aksini topadi. Bu erda ijtimoiy iste’mol fondlarining hissasi qancha yuqori bо‘lsa, shaxsiy iste’mol fondlarining hissasi shuncha past bо‘lishi bilan xarakterlanadigan tendensiyani tushunish juda muhimdir. Moliya nazariyasida takror ishlab chiqarish jarayonida davlat ishtirokining qiyosiy samaradorligi xususidagi bahslar hali-hamon tо‘xtaganicha yо‘q. Har bir davlat uchun ma’lum bir davrda mamlakat aholisi (alohida shaxslar e mas, balki aholining keng qatlami) qancha boy bо‘lsa, davlatning о‘zi ham shuncha boy bо‘ladi, degan tushunchadan kelib chiqib, aniq tavsiyalar ishlab chiqmoq maqsadga muvofiq. 17 Chunki daromadning yuqori darajasi yuqori iste’mol talabini, sog‘lomlashib borayotgan iqtisodiyotni vujudga keltiradi. SHunga mos ravishda soliqqa tortiladigan baza (asos) о‘sadi va jamg‘armalar hissasi oshadi. Jamg‘armalar ssuda kapitalining asosini tashkil etib, о‘z navbatida, ular kengaytirilgan takror ishlab chiqarishga va ilmiy-texnika taraqqiyotiga о‘z ijobiy ta’sirini kо‘rsatadi. Hukumatlari soliqlar orqali shaxsiy daromadlarni chegaralab (cheklab) qо‘ygan mamlakatlarda iqtisodiyot о‘sish bazasiga (asosiga) ega emasdir. Bunday mamlakatlar ma’lum bir vaqt о‘tganidan sо‘ng nisbatan boyroq bо‘lgan mamlakatlarning ta’siri ostida bо‘lib qoladi. Chunki mamlakat ichki manbalarining qisqarishi tashqi qarzga olishlar evaziga qoplanadi. О‘z navbatida, tashqi qarzlarni qaytarishning manbai bо‘lib faqat soliqlar va davlat mulki xizmat qilishi mumkin. Taqsimlash jarayoniga davlat aralashuvining balanslashtirilgan chegaralari buzilsa, butun takror ishlab chiqarish jarayoni buziladi (izdan chiqadi). Bularning barchasini iqtisodiyotni tarkibiy jihatdan qayta qurish va mehnat bozorini yaratish deb atash mumkin. Agar ijtimoiy portlashlarning oldini olish maqsadida davlat aholi kambag‘al qatlamlarini qо‘llab-quvvatlash bо‘yicha qо‘shimcha ravishda majburiyatlarni о‘z zimmasiga olsa, bu ham sog‘lom takror ishlab chiqarish jarayonlarining buzilganligidan darak beradi. Markazlashtirilgan rejali tizimni bozor mexanizmi bilan tо‘liq almashtirilganligi sharoitida eski taqsimlash tizimining saqlanib qolishi mumkin emas. Biroq yangi tizimni yaratishda sanoat texnologiyasining holati, sanoatning tarkibiy tuzilishi, raqobatbardoshlik va boshqa omillar inobatga olinishi kerak. Boshqa mamlakatlarning bu boradagi tizimidan nusxa olish о‘z davlatchiligiga va faniga ega bо‘lmagan kuchsiz rivojlangan mamlakatlargagina xosdir. Takror ishlab chiqarish jarayonining taqsimlanishini tahlil qilishni tanlab, kapitalning real harakatida faqat moddiy ishlab chiqarish sohasi bilan chegaralanish kerak emas. Bundan tashqari, kapitalning milliy chegaralarni tan olmasligini ham e’tirof etmoq lozim. Chunki bunga faqat birja va bank sohalarining о‘ziga xos xususiyatlari emas, balki transmilliy kompaniyalarning keng rivojlanishi ham о‘z ta’sirini kо‘rsatadi. Download 0.56 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling