1-Mavzu: Moliyaning mohiyati va funksiyalari Reja Moliya va davlatning vujudga kelishi, uning resurslarga bо‘lgan ehtiyojining rivojlanishi
Download 0.56 Mb. Pdf ko'rish
|
1-mavzu. sirtqi
- Bu sahifa navigatsiya:
- 5 Moliyaviy siyosatning tarkibiy qismlari. Byudjet siyosati, soliq siyosati, pul siyosati, kredit siyosati, baho siyosati, investitsion siyosat
- Moliyaviy siyosatning mazmuni va tamoyillari
Nazorat uchun savollar
1.Mamlakat iqtisodiyotini tartibga solishda moliyaning ahamiyatini tushuntirib bering. 2. Istemol fondining tarkibiy qismlari nimalardan iborat? 3.Moliyaviy siyosatning asosiy yо‘nalishlari nimalardan iborat? 4.Istemol fondining tarkibiy qismlarini sanab о‘ting. 2-Mavzu:Moliyaviy siyosat Reja 1 Moliyaviy siyosatning mazmuni va prinsiplari. 2 Moliyaviy boshqaruvning barcha tizimi davlatning moliyaviy siyosatiga asoslanishi. 3 Moliyaviy siyosatning moliyaviy boshqaruv tizimida eng asosiy element hisoblanishi. 4 Moliyaviy siyosat davlatning moliyaviy munosabatlar sohasidagi mustaqil faoliyati ekanligi. Uning davlatning u yoki bu iqtisodiy va sotsial rivojlanish dasturini amalga oshirish uchun tegishli moliyaviy resurslar bilan ta’minlashga qaratilganligi. 5 Moliyaviy siyosatning tarkibiy qismlari. Byudjet siyosati, soliq siyosati, pul siyosati, kredit siyosati, baho siyosati, investitsion siyosat, sotsial moliyaviy siyosat, boj siyosati. Byudjet siyosatini belgilovchi omillar, uning faqat byudjet jarayoniga tegishli emasligi. Moliyaviy siyosatning mazmuni va tamoyillari Moliyaviy boshqaruvning barcha tizimi davlatning moliyaviy siyosatiga 21 asoslanadi. Shuning uchun ham moliyaviy siyosat moliyaviy boshqaruv tizimida eng asosiy element hisoblanadi. Moliyaviy siyosat davlatning moliyaviy munosabatlar sohasidagi mustaqil faoliyatidir. Bu faoliyat davlatning u yoki bu iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanish dasturini amalga oshirish uchun tegishli moliyaviy resurslar bilan ta’minlashga qaratilgan. Ijtimoiy rivojlanish deyilganda faqatgina maorif, madaniyat, sog‘liqni saqlash va boshqa ijtimoiy ehtiyojlarning rivojlanishi tushunilibgina qolmasdan jamiyatning ijtimoiy tuzilmasi ham tushuniladi. Shuning uchun ham moliyaviy siyosatni faqat iqtisodiy siyosatga bog‘lab qо‘yish maqsadga muvofiq emas. Siyosat davlat faoliyatining barcha yо‘nalishlarini qamrab oladi. Siyosiy ta’sir ob’ekti hisoblangan ijtimoiy munosabatlar sohalariga bog‘liq ravishda iqtisodiy yoki ijtimoiy, madaniy yoki texnikaviy, byudjet yoki kredit, ichki yoki tashqi siyosat tо‘g‘risida gapiriladi. Moliyaviy siyosat о‘z-о‘zini bosib turuvchi mustaqil ahamiyatga ega bо‘lib, bir vaqtning о‘zida ijtimoiy faoliyatning har qanday sohasida davlat siyosatini amalga oshirishning muhim vositasi hisoblanadi. Bu erda uning iqtisodiyot, ijtimoiy soha, harbiy islohotlar yoki xalqaro munosabatlar bо‘lishi prinsipial ahamiyatga ega emas. Siyosat, siyosiy ta’sir va siyosiy rahbarlik quyidagi uch eementlardan tarkib topadi: -bosh maqsadni aniqlash va qо‘yish hamda jamiyat hayotining ma’lum bir davriga xos qо‘yilgan maqsadlarga erishish uchun yechilishi zarur bо‘lgan istiqboldagi va yaqin kunlardagi vazifalarni aniqlashtirish; -qо‘yilgan vazifalarni yechishga qodir bо‘lgan kadrlarni tanlash va joy-joyiga qо‘yish, ularning bajarilishini tashkil qilish. Demak, takror ishlab chiqarishning alohida ehtiyojlarini qondirish va uzluksiz takror ishlab chiqarish jarayonini moliyaviy resurslar bilan ta’minlash uchun ijtimoiy boylikni shakllantirish, taqsimlash va qayta taqsimlash jarayonlariga yо‘naltiriladigan maqsad va vazifalarning echilishini aniqlashga moliyaviy siyosat deyiladi. Moliyaviy siyosatga quyidagicha boshqa ta’rif ham berish mumkin: moliyadan foydalanishning metodlari, uni tashkil qilishning amaliy shakllari va metodologik prinsiplarining majmuiga (yig‘indisiga) moliyaviy siyosat deyiladi. Ayrim hollarda moliyaviy siyosat davlatning о‘z funksiyalarini bajarishi uchun moliyaviy munosabatlardan foydalanish bilan bog‘liq bо‘lgan davlat organlarining ma’lum bir faoliyati sifatida talqin qilinadi. Bunday talqin о‘zida bir necha xavfni mujassam etadi. Buning boisi shundaki, illiy xо‘jalik taraqqiyotida davlatning roli tо‘g‘risidagi jamiyatda hukmron bо‘lgan tasavvurlarga muvofiq ravishda davlatning vazifalari va funksiyalari ham о‘zgaradi, transformatsiyalanadi. Masalan, mamlakat iqtisodiyotiga davlatning aralashuvi, aholi turmush darajasi ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarini tenglashtirish va shunga о‘xshash davlatning funksiyalari va vazifalarini aniqlaydigan boshqa bir qancha masalalar hamon munozaraligicha qolmoqda. Buning ustiga, moliyaviy siyosatdan faqat davlatning funksiyalarini bajarish 22 vositasi (instrumenti) sifatida foydalanish davlat hokimiyat organlari, mahalliy о‘z- о‘zini boshqarish organlari bilan moliya tizimining boshqa sub’ektlari, ya’ni aynan mamlakatning aholisi va xо‘jalik yurituvchi sub’ektlari manfaatlari о‘rtasida qarama-qarshiliklarni keltirib chiqadi. Masalan, kо‘plab mutaxassislar, shu jumladan, davlat hokimiyat organlarining vakillari tomonidan amaldagi soliq mexanizmining nosamarali ekanligi, biznesning ayrim sohalari uchun esa uning oqibati juda yomon natijalarga olib kelishi mumkinligi ilmiy va amaliy jihatdan asoslansayu, moliyaviy siyosat uzoq vaqt davomida о‘zgarmasdan qolaversa, amalga oshiriladigan soliq islohotlari uning mohiyatini о‘zgartirmasa, bunday holda davlatning moliyaviy siyosati davlat hokimiyatining tegishli organlari tomonidan faol ravishda hayotga tadbiq etilayotgan alohida shaxslar guruhining moliyaviy siyosatiga aylanadi, qoladi. Download 0.56 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling