1-Mavzu: Moliyaning mohiyati va funksiyalari Reja Moliya va davlatning vujudga kelishi, uning resurslarga bо‘lgan ehtiyojining rivojlanishi


Download 0.56 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/22
Sana12.10.2023
Hajmi0.56 Mb.
#1700620
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   22
Bog'liq
1-mavzu. sirtqi

Taqsimlash jarayonida moliyaning roli va о‘rnini kо‘rsatish uchun JIMning 
о‘rniga YAIMdan foydalanish mumkin. Chunki har ikki kо‘rsatkichlar о‘zlarining 
afzalliklari va kamchiliklariga ega.
Masalan, YAIM tarkibiga mahsulotni ishlab chiqarish uchun zarur bо‘lgan 
moddiy xarajatlar kiritilmaydi. Bir vaqtning о‘zida esa, JIMning tarkibi noishlab 
chiqarish xizmatlarisiz bо‘lib, ularning salmog‘i yuqori darajada taraqqiy etgan 
jamiyatlarda jamiyat jarajatlarining1/3 qismini tashkil etadi. Biroq taqsimlashning 
kо‘pqadamli ekanligi inobatga olinadigan bо‘lsa, JIM kо‘rsatkichi yuqoridagi 
maqsadlar uchun ma’lum bir afzalliklarga ega ekanligi ma’lum bо‘ladi. Chunki u 
takror ishlab chiqarishning muhim sohasi bо‘lgan moddiy ishlab chiqarish sohasini 
о‘zida tо‘liqroq aks ettiradi. 
Jami ijtimoiy mahsulot quyidagi ikki asosiy qismdan iborat:
-mahsulot ishlab chiqarishga sarflangan ishlab chiqarish vositalarining 
qiymati (mehnat qurollari va mehnat predmetlari); 


18 
-milliy daromad (ishchi kuchi va qо‘shimcha mahsulotning qiymati). 
Ishlab chiqarishni tashkil etish uchun davlat subsidiyalaridan yoki bank 
kreditidan foydalanish kerak. Ularning har ikkalasi ham moddiy ishlab chiqarish 
sohasidan chetda shakllanadi. Jami ijtimoiy mahsulotning qiymatidan sarflangan 
ishlab chiqarish vositalarini tiklashni (amortizatsiya ajratmalari, materiallar, xom-
ashyo, yarim tayyor mahsulotlar sotib olish, yoqilg‘i elektroenergiyani xarib qilish 
kо‘rinishlarida va xokazo) taqsimlash jarayonlariga kiritish mumkin emas. Bu 
tiklanish takror ishlab chiqarishning uzluksiz zarurligi bilan belgilanadi. Chunki 
usiz jamiyatning bо‘lishi (amal qilishi) mumkin emas. Lekin shaklan bu jami 
ijtimoiy mahsulotni taqsimlash jarayonidir. 
Agar moddiy ishlab chiqarish sohasini yagona (alohidalashgan) tizim sifatida 
qabul qilinsa, u holda keyingi qayta taqsimlash milliy daromaddan faqat soliqlarni 
tо‘lashga borib tugar edi. Biroq taqsimlashning real sohasida faqat davlat (soliq 
tizimi orqali) ishtirok etibgina qolmasdan, balki xizmat kо‘rsatish sferasi, maorif, 
sohliqni saqlash, bank tizimi va xokazolar ham qatnashadi. 
Davlat о‘z daromadlarini shakllantirib, ular hisobidan, xususan, byudjet 
sohasining xodimlariga ish haqi tо‘laydi. Byudjet sohasida ishlaydiganlar esa, о‘z 
navbatida, davlat byudjetining daromadlarini shakllantirishga yо‘naltirilgan 
soliqlarni tо‘laydilar. Fuqarolar о‘zlarining shaxsiy daromadlari hisobidan turli 
xizmatlarning haqini tо‘laydilar, sug‘urta fondlariga ajratmalar (badallar) qiladilar, 
bank kreditidan foydalanganliklari uchun foizlarni qayta-radilar.
Korxonalar xizmat kо‘rsatib olgan daromadlari hisobidan ham soliqlar 
tо‘laydilarki, ular byudjet daromadlarini shakllantirishga yо‘naltiriladi. 
Taqsimlashning 
tarkibiga 
kiruvchi 
barcha 
munosabatlar 
ham 
moliya 
bо‘lavermaydi. Lekin taqsimlashning chegarasidan chetda moliya mavjud emas. 
Jami ijtimoiy mahsulotning ikkiga bо‘linishi bilan xarakterlanadigan 
taqsimlashning birinchi bosqichidan sо‘ng ikkinchi bosqich boshlanadiki, unga 
muvofiq milliy daromad jamg‘arish fondi va iste’mol fondiga bо‘linadi.
Jamg‘arish fondi ikki qismdan iborat bо‘lib, uning bir qismi takror ishlab 
chiqarishni kengaytirish va ikkinchi qismi esa rezerv fondlarini shakllantirishga 
mо‘ljallangandir. Taqsimlashning bu bosqichida moliyaning ishtiroki iqtisodiyotga 
davlat quyilmalarini joylashtirish (kiritish), davlat rezervlarini shakllantirish va 
sug‘urta fondlarini tashkil qilish orqali namoyon bо‘ladi.
Bunda tegishli fondlarni shakllantirish bosqichi bu bosqichdan oldinroq 
amalga oshiriladi. Lekin bu erda tegishli navbatga rioya qilinmasligi ham mumkin. 
Chunki barcha daromad va xarajatlar yil boshida tasdiqlangan byudjet doirasida 
(chegarasida) amalga oshiriladi. Barcha rivojlangan (sivilizatsiyali) mamlakatlarda 
byudjet qonun kuchiga ega bо‘lib, bu narsa taqsimlash jarayonining qonuniyatlarini 
о‘rganayotgan paytda daromad va xarajatlarning ketma-ketligiga e’tibor 
bermaslikka imkon beradi.
Kо‘pchilik hollarda amaliyotda daromadlardan xarajatlarning oldinroq amalga 
oshirilishi sodir bо‘ladi (daromadlar shakllantirilmasdanoq xarajatlarni sarflash 
zaruriyati vujudga keladi). Daromad va xarajatlarning muddatlari bо‘yicha 
nomuvofiqlikni oldini olish uchun (yoki shu muammoni hal etish uchun) davlat 


19 
krediti mexanizmidan foydalaniladi. 
Jamg‘arish fondi va iste’mol fondi о‘rtasidagi nisbat vaqt jihatidan ham, takror 
ishlab chiqarish jarayonining alohida olingan subektlari (davlat bilan ham 
birgalikda) о‘rtasida ham juda alohidadir. Iste’molning darajasiga texnologiya 
darajasi, kommunikatsiyalar, davlat tuzilmasi.
Huddi shunga о‘xshash ravishda jamg‘arish fondi va iste’mol fondi 
о‘rtasidagi nisbatlarning tendentsiyasini aniqlashning ham iloji yо‘q. Iste’mol 
fondining etarli yuqori darajadasida noishlab chiqarish sektorida jamg‘arishning 
hissasi ortadi (ya’ni, shaxsiy jamg‘armalar о‘sadi). Agar milliy daromadda 
iste’molning nisbiy hissasi kamroq bо‘lsa, korporativ jamg‘armalar о‘sadi. Chunki 
yaratilgan milliy daromad yangidan yaratilgan qiymatdan boshqa narsa emasdir. 
Butun takror ishlab chiqarish jarayonining negizida о‘ziga xos tovar bо‘lgan ishchi 
kuchi yotadi. Tovar sifatida ishchi kuchi о‘zini takror ishlab chiqarish xarajatlaridan 
ortiq bо‘lgan qiymatni yaratish xususiyatiga egadir. Bu xususiyat ishlab 
chiqarishning boshqa tarkibiy qismlariga - mehnat qurollari va mehnat predmetlari 
- xos emas. 
О‘z navbatida, istemol fondi ham quyidagi ikki tarkibiy qismdan iborat: 
-ijtimoiy iste’mol fondlari; 
-shaxsiy iste’mol fondlari. 
Alohida olingan mamlakatlar bо‘yicha ular о‘rtasidagi nisbat davlat 
tuzilmasiga, an’analarga va xokazolarga bog‘liq. Hokimiyat tepasida kommunistik 
yoki ijtimoiyistik partiyalar turgan mamlakatlarda ijtimoiy iste’mol fondlari 
iste’mol fondlarining umumiy hajmida asosiy о‘rinni egallaydi. Chunki ijtimoiy 
iste’mol fondlari orqali davlat maorif, sog‘liqni saqlash va ijtimoiy yordam 
kо‘rsatish jarayonlarini moliyalashtirishni tashkil etadi. 
Ijtimoiy iste’mol fondlarining salmog‘i boshqa mamlakatlarda ham nisbatan 
yuqori bо‘lib, bu fondlar orqali boshqaruv xarajatlari, mudofaa, sanoat, qishloq 
xо‘jaligi va hokazolarni moliyalashtirish qо‘llab-quvvatlanadi. Shuni ta’kidlash 
kerakki, ijtimoiy iste’mol fondlarini shakllantirish va ulardan foydalanishni 
moliyasiz tasavvur etib bо‘lmaydi.
Boshqa qanday iqtisodiy kategoriyalarning hech biri bu jarayonda bevosita 
ishtirok etmaydi. Ammo bu narsani sо‘zma-sо‘z tushunish kerak emas. Chunki, 
masalan, buxgalteriya hisobi tizimi soliqlar va ajratmalarning о‘lchamini 
aniqlashga sharoit yaratadi, baholar va amortizatsiya ajratmalari tizimi esa foyda 
summasiga о‘z ta’sirini kо‘rsatadi. Biroq ijtimoiy iste’mol fondlarini shakllantirish 
va ulardan foydalanishning bevosita jarayoniga faqat moliya xizmat qiladi. 
Ijtimoiy iste’mol fondlarining asosiy qismi Davlat byudjeti orqali amalga 
oshiriladi. Bu fondlarning bir qismi ijtimoiy sug‘urta va ijtimoiy ta’minot fondlarini 
shakllantirishga sarflanadi. Bozor iqtisodiyoti xos bо‘lgan dunyoning kо‘pchilik 
mamlakatlarida ijtimoiy sug‘urta va ijtimoiy ta’minot fondlarini shakllantirishda 
о‘zining tо‘lovlari bilan ham ish beruvchilar va yollanma mehnat xodimlari ishtirok 
etadilar. Oxirgi holda ijtimoiy iste’mol fondini shakllantirishga shaxsiy iste’mol 
fondining bir qismi yо‘naltiriladi.
Shaxsiy iste’mol fondining qolgan qismi quyidagi ikki qismga bо‘linadi: 


20 
-shaxsiy jamg‘arma fondlari; 
-iste’mol fondlari. 
Aynan shaxsiy iste’mol fondining ana shu ikki qismi tovar mexanizmining 
faoliyat kо‘rsatishi uchun tegishli sharoitni yaratadi. 
Iste’mol fondi va jamg‘arish fondi о‘rtasidagi nisbat hamda ularning fizik 
hajmi bozor iqtisodiyoti sharoitida davlatning rivojlanish sur’atini belgilab beradi. 
Agar davlat soliqlar kо‘rinishida birlamchi daromadlarning katta qismini olib 
qо‘ysa, u shu bilan iqtisodiyotning rivojlanishiga tо‘sqinlik qilishi mumkin.
Bu erda hamma narsa boshqaruv organi sifatida davlatning xususiyatiga borib 
taqaladi uning xarajatlari yo ortiqcha (davlat apparati xarajatlarini moliyalashtirish 
tо‘g‘risida gap ketayapti), yo nosamarali (iqtisodiyotga qilinadigan xarajatlar qismi) 
yo nooqilona (ijtimoiy soha xarajatlari haddan ziyod qimmat bо‘lib, ishchi 
kuchining takror ishlab chiqarilishini rag‘batlantirmaydi) bо‘lishi mumkin.
Agar davlat soliqlar kо‘rinishida MDning 30foiz dan ortiqrog‘ini oladigan 
bо‘lsa, u holda iqtisodiyotni о‘stirish va modernizatsiya qilish uchun ichki rezervlar 
etarli darajada bо‘lmay qolishi mumkin. Albatta, soliqli olib qо‘yish darajasi 30 
foizdan ham ortiq bо‘lishi mumkin. Biroq, bunday hollarda ishchi kuchini takror 
ishlab chiqarish xarajatlarining bir qismini davlat о‘z zimmasiga olishi kerak.

Download 0.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling