Moliyaviy hisobotdagi betaraflik – moliyaviy hisobotda beriladigan axborot ishonchli
bo‘lishi uchun taxminlardan mustaqil bo‘lishi lozim.
Hisobot davrida daromadlar bilan xarajatlarning muvofiqligi – hisobot davrida
bo‘lgan daromadlar bilan xarajatlarning muvofiqligi shuni anglatadiki, mazkur davrda ushbu
hisobot davridagi daromadlarni olishga asos bo‘lgan xarajatlargina aks ettiriladi. Agar daromadlar
bilan xarajatlarning o‘rtasida bevosita bogliqlikni o‘rnatish qiyin bo‘lsa, xarajatlar biron-bir
taqsimlash tizimiga muvofiq bir nechta hisobot davrlari o‘rtasida taqsimlanadi. Bu masalan, bir
necha yilga taqsimlanadigan amortizatsiya xarajatlariga taalluqlidir.
Aktivlar va majburiyatlarning haqiqiy bahosi – aktivlar va majburiyatlarning haqiqiy
baholash qoidasi shundan iboratki, ularning tannarxi yoki sotib olish qiymati asosiy bahodir.
Standartlarda ko‘zda tutilgan ayrim hollarda haqiqiy baho sotib olish qiymatidan farq
qilishi mumkin.
Tushunarlilik – hisob va moliyaviy hisobotlarda berilayotgan axborot foydalanuvchilarga
tushunarli bo‘lishi kerak.
Ahamiyatlilik – moliyaviy axborot foydalanuvchilar qarorlar qabul qilish jarayonida
ularning ehtiyojlarini qondirish va ularga operatsion, moliyaviy hamda xo‘jalik faoliyatiga baho
berishda ko‘maklashish uchun ahamiyatli bo‘lishi kerak.
Jiddiylik – agar axborotni kiritmaslik yoki noto‘gri taqdim etish axborotdan
foydalanuvchilarning moliyaviy hisobot asosida qabul qilingan iqtisodiy qarorlariga ta’sir etsa, u
jiddiy hisoblanadi. Axborotning ahamiyatiga uning mohiyati ham, shuningdek uning qimmati
(jiddiyligi) ham ta’sir o‘tkazishi mumkin.
Haqqoniy va xolis taqdim – moliyaviy hisobotlar foydalanuvchida xo‘jalik yurituvchi
subyektning moliyaviy ahvoli, operatsiyalar natijalari, pul mablag‘lari harakati to‘grisida
haqqoniy va xolis tasavvur yaratishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |