Ikki yoqlama yozuv usulida hisob-kitobni yuritish – bitta operatsiya bo‘yicha bitta
summaning o‘zi buxgalteriya hisobining ikkita hisobvaraqlarida - bittasining debetida va
boshqasining kreditida aks ettiriladi.
Uzluksizlik – xo‘jalik yurituvchi subyekt uzluksiz ishlaydigan, ya’ni belgilangan
kelajakda ishlashni davom ettiradigan subyekt deb hisoblanadi. Uning o‘z faoliyatini tugatish yoki
faoliyat ko‘lamini ancha qisqartirish niyati ham, zarurati ham yo‘q deb taxmin qilinadi.
Xo‘jalik operatsiyalarini, aktivlar va passivlarni pul bilan baholash – barcha
operatsiyalar va voqealar moliyaviy hisobotlardagi axborotlarni umumlashtirish maqsadida pul
bilan baholanadi.
Ishonchlilik – axborot, unda jiddiy xatolar va taxminlar bo‘lmasa va unga
foydalanuvchilar asoslanishsa, ishonchli bo‘ladi.
Operatsiyalar yoki voqealarning ishonchliligi boshlang‘ich hisob-kitob hujjatlari bilan
tasdiqlanishi kerak.
Ehtiyotkorlik – qarorlar qabul qilishda ehtiyotkorlik qoidasiga rioya qilish aktivlar va
daromad qaytadan baholanmasligi, majburiyatlar yoki xarajatlar esa etarlicha baholanmasligiga
yo‘l qo‘ymaslik maqsadida noaniqlik sharoitida baho chiqarish uchun zarurdir.
Mazmunining shakldan ustunligi – agar hisob-kitob hujjatlarida va moliyaviy hisobotda
axborot operatsiyalar hamda voqealarning mazmunini ishonchli darajada aks ettirsa, bunday
axborot uning huquqiy shakli bilangina emas, balki mohiyati va iqtisodiy realligi bilan muvofiq
holda hisobga olinishi hamda taqdim etilishi zarur.
Ko‘rsatkichlarning qiyosiyligi – moliyaviy axborot foydali va mazmunli bo‘lishi uchun,
bir hisobot davridagi axborot boshqa hisobot davridagisi bilan qiyoslanadigan bo‘lishi kerak.
Foydalanuvchilar xo‘jalik yurituvchi subyekt moliyaviy hisobotni tayyorlashda foydalanadigan
hisob siyosatidan, ana shu siyosatdagi barcha o‘zgarishlardan va shunday o‘zgarishlarning
natijalaridan xabardor bo‘lishlari lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |